Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI O’ZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI

×

 2021-01-25 17:39:32    141

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g’oyani ilgari surib, 2021 - “Yoshlarni qo’llab - quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da barcha yo’nalishlar bo’yicha olib boriladigan islohotlar va ustuvor vazifalar belgilab berildi.

 Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov viloyatning Qo’qon shahrida bo’lib, mazkur yil munosabati bilan qabul qilinadigan Davlat dasturida amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalarni belgilashda eng avvalo, e'tibor qaratiladigan ob'ektlarga tashrif buyurdi.

Shahar xalq ta'limi tasarrufidagi 25-umumta'lim maktabi “qizil” hududga tushgan. Viloyat hokimi bilim dargohida bo’lib, sinf xonalarini birma-bir ko’zdan kechirdi, yosh texniklar, yog’och o’ymakorlik, qizlar uchun pazandachilik, tikuvchilik to’garaklarida ishtirok etayotgan o’quvchilar bilan yuzma-yuz suhbatda bo’ldi. 

- Zamon bilan hamnafas va hamqadam bo’laman, degan farzandlarimiz albatta yaxshi o’qishi, bilimli bo’lishi, qaysi sohaga qiziqishi bo’lsa sohaga tegishli bo’lgan fanlarni chuqurroq o’rganishi zarur bo’ladi, - dedi viloyat rahbari yoshlar bilan suhbat so’nggida.

Shu kuni mazkur maktabda viloyatdagi shahar-tuman xalq ta'limi bo’limi mudirlari hamda shahardagi mavjud umumta'lim maktablari direktorlari ishtirokida seminar o’tkazildi. 

Seminar avvalida viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich barcha pedagog rahbarlarga murojaat qilar ekan, eng avvalo kelajak avlodni milliy qadriyat va urf-odatlar ruhida tarbiyalash, o’quvchilarni bo’sh vaqtlarida turli xil to’garaklarga jalb etish, el -yurt o’rtasida hurmat qozongan ziyoli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, maktab oshxonalarini qayta tiklash, maktab-oila-mahalla tizimini shakllantirish kabi eng muhim masalalarga e'tibor qaratishlari haqida zaruriy yo’l-yo’riqlarni berdi.

Shu o’rinda aytish kerakki, viloyatda ilk marta Qo’qon shahridagi maktablar raqamlashtirilib, elektron davomat orqali maktabga kelgan bolalar yuz tuzilishidan tanib olinadi va o’qishga kelgan-ketgan vakti qayd etiladi. Bu haqdagi ma'lumot ularning ota-onalariga (sms) xabarnoma tarzida yuboriladi. Shuningdek, elektron kundalik ham bugun amaliyotga tadbiq etildi. Uning afzalligi shundaki, ota-ona yoki o’quvchining istagan boshqa yaqin qarindoshlari bir kalendar yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega bo’ladi. Ko’p yillar davomida elektron jurnal va kundalik qo’llanilayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, o’qituvchi uning yordami bilan har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaydi. Mazkur tejalgan vaqtni esa o’qituvchi bolalar bilan ijodiy shug’ullanishga yoki qo’shimcha o’quv materiallarini o’zlashtirishga sarflashi mumkin bo’ladi.

Seminarda uning ishtirokchilari tomonidan ta'lim tizimiga innovatsion g’oyalarni tadbiq etishga qaratilgan fikr va mulohazalar bildirildi. Zero, jamiyatning oltin zahirasi bo’lgan yosh avlodni ertangi kunimizning bilimli, hunarli va ma'naviyati yuksak inson etib tarbiyalash bugunning eng dolzarb vazifasi ekanligi e'tirof etildi.

Farg’ona viloyati hokimligi