Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT VA QO’QON SHAHAR KENGASHLARINING QO’SHMA SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-01-25 17:52:59    139

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahar Temiryo’lchilar madaniyat saroyida viloyat ishchi guruhi tomonidan Qo’qon shahrida olib borilgan mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni xonadonma-xonadon o’rganish yakunlari hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo’yicha olib borilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat va Qo’qon shahar Kengashlarining qo’shma sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda  Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiya raislari, viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Qo’shma sessiyada viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat va shahar kengashi deputatlariga hisobot berdi.

Hisobotda ta'kidlanishicha, o’rganishlar davomida shahardagi mavjud 49 814 ta aholi xonadonlari birma-bir o’rganilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan 8 016 ta muammolar aniqlangan.

Viloyat sektor rahbarlari, boshqarmalar, tashkilotlar hamda Qo’qon shahar hokimligi mutasaddilari bilan hamkorlikda ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga qadar aniqlangan 6 449 ta muammolar ijobiy hal etilgan.

Jumladan, tadbirkorlikka oid masala va takliflar bildirgan 176 nafar fuqarolar murojaati to’liq o’rganilib, barchasiga yer maydonlari ajratib berildi.

“Har bir oila tadbirkor” yo’nalishi bo’yicha 131 nafar fuqaroga 2,0 mlrd.so’m kredit mablag’lari ajratildi.

Shaharda “Qo’qon yoshlar kichik sanoat zonasi” tashkil qilinib, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash ishlariga 3,5 mlrd.so’m mablag’ ajratildi va o’rganishlar davomida 86 tadbirkorlarga yer maydoni ajratib berildi.

Aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish shu kunning muhim masalasi albatta. Ish so’rab murojaat qilgan fuqarolarning 240 nafari doimiy ish o’rinlariga joylashtirildi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan 3 183 nafar fuqarolarga 2,1 mlrd so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi, 11 nafar fuqarolarga qiymati 60,0 mln so’mlik tikuv mashinalari homiylik asosida yetkazib berildi, oliy ta'lim muassasalarida o’qiyotgan 7 nafar talabaga 42 mln.so’m kontrakt pullari to’lab berildi.

Shuningdek, 47 nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi. 11 nafar fuqarolar quloq eshitish moslamasi bilan ta'minlandi,

2 nafar fuqaroga protez-ortapediya mahsulotlari olish uchun imtiyozli talon berildi. Hamda 63 nafar fuqarolarga sog’ligini tiklashi uchun sihatgohga yo’llanma va imtiyozli order berildi. Ushbu ishlarga 65,2 mln.so’m mablag’ sarflandi.

Shu o’rinda aytish kerakki, uy-joyini ta'mirlash bo’yicha eng og’ir sharoitdagi xonadonlarning 79 tasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda, 28 tasi yangidan qurilmoqda va bu maqsadlarga 3,1 mlrd.so’m mablag’ ajratildi. Ko’p qavatli uylarda ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borishga  2,0 mlrd. so’m mablag’ sarflandi.

Aholiga kommunal xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha ya'ni, elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo’yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etishga 1,8 mlrd. so’m mablag’ sarflangan bo’lsa, gaz ta'minotini yaxshilash ishlarga 745 mln.so’m, ichimlik va oqava suv ta'minoti bo’yicha 7,1 mlrd.so’m mablag’ sarflanib, bu sohada ham natijaga erishildi.

Bularning barchasi ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlar va bank kreditlari hisobidan 30,4 mlrd. so’m mablag’lar hisobiga amalga oshirildi.

Ijtimoiy hayotning boshqa barcha yo’nalishlari bo’yicha  qo’shimcha muddat va ko’p mablag’ talab etiladigan qolgan 1 567 ta ya'ni 19,5 foiz murojaatlar viloyat va shahar darajasida hal etilishini ta'minlash bo’yicha “Yo’l xaritasi”ga kiritilib, qo’shma sessiya qarori bilan tasdiqlandi.

Qo’shma sessiya so’nggida so’zga chiqqanlar viloyat hokimligi tashabbusi bilan o’tkazilgan mazkur o’rganishlar shaharda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqaror bo’lishiga, mahalla fuqarolar yig’inlari faoliyati va moddiy-texnika bazasi qaytadan yangilanganligi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar safi yanada ortganligi, qo’yingki barcha yo’nalishlarda yangilanish va fuqarolarda kelajakka ishonch va hayotdan rozi bo’lib yashashga umid uyg’onganligini aytib, o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Farg’ona viloyati hokimligi