Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSH OILALAR UCHUN YANGI UYLAR

×

 2017-05-29 19:26:14    96

PDF yuklash
Chop etish


tashabbuskor, iste’dodli va faol yoshlarga imtiyozli kredit evaziga topshiriladi

 

Yurtimizda yosh oilalarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifalardan biridir.

Bunda 2014 yil 6 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat  siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi «Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori muhim o’rin tutmoqda.

Ushbu qarorlar ijrosi asosida yosh oilalarga «Kamolot» uylarining taqdim etilayotgani ham yoshlarga oid davlat siyosatining uzviy qismidir. Marg’ilon shahrida 2015 yilda 48 ta, jumladan, 36 ta 2 xonali, 4 ta 4 xonali, 8 ta 3 xonali uylar barpo etilib, iqtidorli va tashabbuskor oila vakillariga topshirilgan edi.

Ezgu harakatlar ko’lami ayni vaqtda ham to’xtagani yo’q. Shaharning “Vatan” mahalla fuqarolar yig’ini hududida loyiha qiymati 3 milliard so’mdan ziyod bo’lgan bino qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda. Binoning puxta poydevorini yaratgan “Farg’ona Zulfizar omadi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 118 nafar quruvchilari “Kamolot” uylarining pishiq va soz bo’lishi uchun astoydil intilishmoqda. Qurilish materiallarining mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan etkazib berilayotgani muhim o’rin tutmoqda.

32 xonadondan iborat yangi uyga hozirgacha 60 dan ziyod talabgor yoshlardan arizalar kelib tushgan. Aytish joizki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko’ra, «Kamolot» uylari yigirma yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti evaziga berilishi, uning dastlabki besh yili imtiyozli davr hisoblanib, boshlang’ich badal to’lovi talab qilinmasligi fan, san’at, adabiyot, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yosh oila sohiblariga qulay imkoniyatlarni yaratayotir. “Kamolot” YoIH shahar Kengashi mutaxassislari tomonidan yoshlarga ushbu yo’nalishda tegishli ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

– Yoshlarga tuhfa etilayotgan shinam va zamonaviy uylar chin ma’noda baxt-saodat oshyoniga aylanmoqda, – deydi “Kamolot” YoIH shahar Kengashi raisi Ulug’bek Fozilov. – Shahrimizda ham ana shunday uylarni olish istagida bo’lgan, turli yutuqlarga erishgan yoshlar ko’pchilikni tashkil etmoqda. Bu kabi shart-sharoitlar yoshlarga g’amxo’rlikning yorqin namunasi bo’lishi bilan birga ularni yangi maqsadlarga, ulkan ishlarga chorlashi aniq.