Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TEJAMKOR LAMPALAR

 2017-05-29 19:27:42    128

PDF yuklash
Chop etish


elektr energiyani tejashi va pulni iqtisod qilishi bilan ahamiyatlidir

 

2017 yilning yanvar holatiga viloyatimiz bo’yicha 690 ming dona aholi  iste’molchi mavjud bo’lib, 5520 ming dona yoritish lampalari bor. Shu kungacha ulardan 1958 ming donasi energotejovchi lampalarga almashtirildi. Ayni jarayonda yana 3562 ming dona yoritish lampalari tejamkor lampalarga almashtirilishi lozim.

Zamonaviy tejamkor lampalar nafaqat elektr energiyasi, shu bilan birga hamyonmizdagi mablag’larning ham tejalishiga xizmat qiladi.

Bu yumush nechog’li ahamiyatga ega ekanligini anglash uchun hali almashtirishga ulgurilmagan 3562 ming dona yoritish lampasining 50 foizini 5 soat vaqt tahlilida olib ko’raylik. Bir dona cho’g’lanma lampaning quvvati 0.1(kVt) olinsa, (deylik kech choat 18.00 dan 23.00 ga qadar) 1781 ming dona lampalar uchun 890,5 ming kVt.s sarf etiladi, 170,1 mln.so’mlik elektr energiyasi iste’mol qilinadi. Bu ko’rsatgich bir oyda o’rtacha 26,7 mln. kVt.s yoki 5,1 mlrd.so’mni tashkil etadi.

1781 ming dona svetodiod lampalar esa ana shu 5 soat vaqt oralig’ida 0.025(kVt) energiya talab etadi. Demak, kech oqshomdan tunga qadar 222,6 ming kVt.s yoki 42,5 mln.so’mlik elektr energiyasi iste’mol qilinadi. Aynan shu ko’rsatgich bir oyda 6,6 mln.kVt.s yoki 1,3 mlrd. so’mdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Natijada aholi iste’molchilarining o’zida bir oyda yoritish lampasidan o’rtacha 3,8 mlrd.so’mlik yoki bir kunda 126,6 mln.so’mlik elektr energiyasini tejashga erishiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig’imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida belgilangan rejaga ko’ra, viloyatimiz shahar va tumanlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlari hamda byudjet korxonalarida mavjud cho’g’lanma lampalarni zamonaviy, tejamkor lampalarga almashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ahamiyatli tomoni shundaki, bu ishlar yakuniga etkazilgan korxonalarda  ko’zlangan natijaga erishilyapti. Ya’ni, elektr energiyasi tejalishi evaziga  katta mablag’ iqtisod qilinmoqda. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining pasayishiga xizmat qilayotir.

– Joriy yilning aprel oyida viloyatimizning shahar va tumanlarida 593 370 dona svetodiodli lampalar almashtirildi, – deydi Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ energiya sotish bo’limi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Matkarimov. – Viloyat muassasalari, sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi, kommunal soha ob’ektlarida belgilangan reja asosida ishlar bajarilyapti. Energotejovchi lampalarga o’tish foydali ekanligini korxona rahbarlari va aholi yanada teranroq anglashlari kerak.

Dang’ara tumanidagi “Real Kabel Invest” MChJda 2016 yil sentyabr oyidan boshlab svetodiodli lampalar va ko’cha chiroqlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Xitoydan keltirilgan texnologiyalarda 40 nafar ishchi tejamkor lampalar tayyorlash bilan band. Viloyatimizda o’tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida “Real Kabel Invest” korxonasi va Farg’ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi o’rtasida 1 mlrd.770 mln.so’mlik shartnoma imzolandi.

–Mahsulotlarimiz buyurtmachiga etkazib berishga tayyor, – deydi korxona rahbari Mirzohid Egamberdiev. – Korxonamiz 300 000 dona svetodiodli lampalar, 50 000 dona ko’cha chiroqlari yillik ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligini faxr bilan ayta olamiz. Ko’cha chiroqlarini tejamkoriga almashtirish istagida bo’lgan buyurtmachilarga sifatli mahsulotlarimizni taklif etamiz.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  2016 yil 4 martdagi ko’cha chiroqlarini tejamkor lampalarga almashtirishga qaratilgan  qarori ijrosi yuzasidan muayyan ishlar tashkil qilish juda muhim.

2016 yilda Farg’ona shahridagi “Murabbiylar” ko’chasida  pudratchi  Farg’ona YMFUK tomonidan 0,9 km  uzunlikdagi svetodiod qurilmali  91 dona  ko’cha  chiroqlari o’rnatilgan. O’tgan yili Toshloq tumani markazidan o’tuvchi “Marg’ilon-Quva-Marxamat” avtomobil yo’lida joylashgan aylanma harakatni yoritish uchun 16 dona svetodiodli yoritish qurilmalari o’rnatilib ishga tushirildi.   

 2016-2017 yillarda Oltiariq tumani markazida  obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish jarayonida Oltiariq TYXPTFK tomonidan 4R-148 va 4R-147 avtomobil yo’llariga 1,4 km  uzunlikda 94 dona zamonaviy svetodiodli yoritish moslamalari o’rnatildi.