Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YUKSAK MAQSADLARGA CHORLAR QO’NG’IROQ

×

 2017-05-29 19:32:01    78

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida bo’lib o’tgan “Xayr, maktab – salom kollej!” shiori ostidagi tadbirlar bitiruvchilar uchun yangi va sururli davrning o’ziga xos debochasi bo’ldi


25 may. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i sanalmish maktab o’zining ilmu ma’rifat nurlaridan bahramand etgan yigit-qizlarini bugun yuksak hayot, katta maqsadlar sari yo’llamoqda. So’nggi qo’ng’iroq baland parvozlarga shaylangan yoshlar uchun kelajak bongi bo’lib jarangladi.

Joriy o’quv yilida viloyatimizdagi 915 ta umumta’lim maktablarini 46069 nafar o’quvchilar tamomlab, ta’limning keyingi muhim bosqichi –o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga yo’l olishayotir. Ularni 9 ta akademik litsey, 147 ta kasb-hunar kollejlariga to’liq qamrab olishga  erishish orqali yoshlarni kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini puxta o’rganishlariga keng yo’l ochilishi muqarrardir.

Ustoz va murabbiylar, faxriylar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi bitiruv tadbirlarida o’quv yillari davomida samarali yutuqlarga erishgan, tanlov va sport musobaqalari, fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan, faol va intiluvchan o’quvchilarga “Faxriy yorliq”lar, ularning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar taqdim etildi.

Marosimdan so’ng bitiruvchilar viloyatimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurib, o’zlari qiziqqan mutaxissisliklar bo’yicha tanlovlarini belgilab oldilar.

Shu kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tomonidan Farg’ona shahridagi Al-Farg’oniy nomli istirohat bog’ida barcha bitiruvchilar sharafiga tantanali tadbir o’tkazildi.

Mazkur bayram viloyatimizning 76 ta ta’lim muassasida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yakuni sifatida o’quvchilarga  yoshlikka xos shijoat va jo’shqinlik kayfiyatini ulashdi. Istirohat bog’ining yozgi amfiteatrida musiqiy-madaniy dastur namoyish etilib, joriy o’quv yilini muvaffaqiyatli tamomlayotgan o’quvchilar, “Kamolot”dan so’nggi qo’ng’iroq” loyihasida faol ishtirok etgan bitiruvchilar munosib taqdirlanishdi.

Qalbiga ilm chirog’ini yoqqan ustozlaridan minnatdorlik, ta’lim va tarbiyaning muqaddas koshonasi – ona maktabiga bir umrlik ehtirom va’dasi bilan xayrlashayotgan o’g’il-qizlarga Vatan va istiqlol berajak imkonlar bisyordir.  So’nggi qo’ng’iroq jarangi bilan katta  maqsad va yuksak orzular sari qo’yilgan qadam o’z egalarini barkamollik va porloq istiqbol tomon etaklayversin!