Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 190 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“QO’QON” ERKIN IQTISODIY ZONASI

 2017-05-29 19:32:48    526

PDF yuklash
Chop etish


faoliyatida ishlar jonlanmoqda, ammo ayrim shahar va tumanlarda mutasaddilarning e’tiborsizligi oqibatida tadbirkorlardan hamon murojaatlar kelib tushmagan

 

Tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bugungi kunning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi A, B, V sanoat zonalariga bo’lindi.

Viloyat hokimining shu yil 15 maydagi “O’zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasining bosh rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

“O’zshaharsozlik “O’zGAShKLITI” DUK Farg’ona viloyati filiali tomonidan jami 709,3 gektar er maydoni tapoxaritasi tayyorlanib, geologiya xulosalari olindi.

Bugungi kunda V hududida tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati
658 mlrd.so’m va 81,2 ming dollarlik 145 ta loyihalar amalga oshirish hamda ularni 215 gektar er maydoniga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, logistika markazi, bojxona posti, kommunikatsiya tarmoqlari, ichki va tashqi yo’llar, temir yo’l hamda infratuzilma ob’ektlari uchun ham er maydoni ajratiladi. Hozirda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu loyihalarning biznes rejalarini tayyorlash ishlari yakunlanayapti.

Erkin iqtisodiy zonada Bosh rejani ishlab chiqish va infrastruktura ob’ektlarini qurish bo’yicha yagona buyurtmachi injenering kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash bo’yicha taklif yuborildi. Bu borada yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi tomonidan "UzGAShKLITI" loyiha institutiga buyurtma berildi.

Aloqa va internet tarmoqlari bo’yicha “O’ztelekom” Farg’ona filiali tomonidan hududda joylashgan mavjud “Qaqir” ATS binosini joriy ta’mirlab, mini MSAN stantsiyasi o’rnatilishi belgilangan. Hozirgacha 5  km optik tolali aloqa liniyasi “Qo’qon spirt” AJ hududiga qadar tortib kelindi.

O’zbekiston  Respublikasi Investitsiya Davlat qo’mitasiga quyidagi murojaatlar hujjatlari taqdim etildi:

Suvli buyoq va shpaklyovka ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyiha qiymati 2,5 mlrd. so’mni tashkil etadi. “Avalon prizma MChJ tomonidan amalga oshiriladigan ushbu loyiha 25 ta ish o’rni yaratilishi bilan ahamiyatli. “Atlant delta” MChJ tomonidan meva va sabzavotlarni chuqur qayta ishlab chiqarishni tashkil etishga doir qiymati 1,4 mlrd. so’mlik loyiha amalga oshirilsa, 30 ta ish o’rni yaratiladi. “Kokand Bicycles” xususiy korxonasi tomonidan esa velosiped tayyorlanadi. Bu loyihaning qiymati 2,5 mlrd. so’m, natijada 75 ta yangi ish o’rni yaratiladi. “NAMANGAN EVRO QURILISH DIZAYN” MChJ tomonidan quriq qorishma va gipsokarton ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 60 ta ish o’rni yaratilishiga erishiladi. Uning qiymati 5 mlrd. so’mni tashkil qiladi.  “Ziyodbek” xususiy korxonasida esa gul etishtirish uchun 25 ta ish o’rni yaratish barobarida issiqxona tashkil etilib, 2,8 mlrd. so’mlik loyiha ishlari amalga oshiriladi. “Ipchi ziyo baraka” MChJ shaklidagi qo’shma korxona  poliporpilen (sintetik) mahsulotlaridan ip ishlab chiqaradi. Shuningdek, bu erda  lentali to’qima matolar ham tayyorlanadi. Buning uchun 1,6 mlrd. so’m sarf qilinib, 35 ta ish o’rni  yaratiladi. “Masrur nur” MChJ tomonidan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilib, 35 nafar farg’onalik muqim ish joyiga ega bo’ladi.

–“Qo’qon” EIZ tomonidan  yana 7 ta loyiha bo’yicha hujjatlar tayyorlandi, – deydi viloyat hokimligining tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash bo’limi bosh mutaxassisi Husanboy Xoldorov. –   Ular – “Evro parket” pol parketlari, "MAXPRIME" MChJ erkaklar ko’ylagi va boshqa tikuvchilik mahsulotlari, “Mavzunim-Arus” MChJ avtomobillarga butlovchi kismlar, "Los Gigants tekstayl" MChJ to’kimachilik dastgohlari va tayyor gazlamalar, "Beton Plita" MChJ tibbiyot qo’lqoplari, "Metan" MChJning gipsokarton ishlab chiqarishiga va "Parvoz" MChJning meva-sabzavotni qayta ishlashiga doir hujjatlardir.

Shuningdek, viloyat Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi hamda viloyat “Kompyuterlashtirish markazi” DUK bilan birgalikda “Qo’qon” EIZning ingliz, rus, o’zbek tillaridagi VEB sayti loyihasi ishlab chiqildi.

Chet el investorlarini jalb etish bo’yicha ham ishlar boshlab yuborildi.  Xitoy Xalq Respublikasi “I-Yan” korporatsiyasining farmatsevtika va boshqa sohalarda xamkorlik qilish haqidagi taklifi yuzasidan ushbu yo’nalishda faoliyat yuritish istagini bildirgan mahalliy tadbirkorlarga  takliflar berilmoqda. Xitoyning “Sintszyan” kompaniyasining “Qo’qon” EIZ hududida elektr energiyasi ishlab chiqarish va uning qurilishini yo’lga qo’yish bo’yicha bergan murojaati  “O’zbekenergo” AJ tomonidan o’rganib chiqilyapti.

Hindistonning “Tritiya grupp PVT” MChJ hamkori “Sherxan” xususiy firmasi tarkibi 100 foiz tabiiy giyohlardan tayyorlanadigan 70 turdagi qadoqlangan dori vositalarini “Qo’qon” EIZ hudida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha taklif bermoqda.

Ammo “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonada tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat ko’rsatishdagi imkoniyat, imtiyoz, qulaylik va yaratib beriladigan shart- sharoitlar qanchalik keng targ’ib kilinmasin, hamon Marg’ilon shahri, Beshariq, Qo’shtepa, Rishton, Farg’ona va Quva tumanlarida mas’ullarning e’tiborsizligi oqibatida tadbirkorlardan murojaatlar kelib tushmaganligi achinarlidir.