Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OROMGOHLARDA MAVSUM TARADDUDI

 2017-06-02 10:29:25    103

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 martdagi “2017 yilning yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirishga tayyorgarlik ko’rish hamda mavsumni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida”gi yig’ilish bayoni qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyatimizda ham chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Quvasoy shahridagi “Kimyogar” bolalar oromgohida o’quvchilarning yozgi ta’til mavsumini har tomonlama namunali tashkil etish mavzusiga bag’ishlangan amaliy seminarda bu boradagi tayyorgarlik jarayonining yakuni sarhisob etildi.

Seminarda viloyatdagi oromgohlar rahbarlari, bosh tarbiyachi va oshpazlar, tibbiyot sohasiga mas’ul xodimlar ishtirok etib, viloyat muvofiqlashtiruvchi guruhlari tomonidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi, mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

O’tgan yilgi mavvsumni har tomonlama yaxshi tashkil etgan “Kimyogar” bolalar oromgohi respublika miqyosidagi tanlovning “Eng namunali bolalar sog’lomlashtirish oromgohi” nominatsiyasi g’olibi sifatida e’tirof etildi, – dedi viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi T.Sarimsoqov. – Bu yil ham viloyatimizdagi barcha oromgohlar o’z ish faoliyatini ana shu mezon asosida olib borishi zarur. Shu bois joriy yilda viloyatimizdagi 19 ta sog’lomlashtirish oromgohlarida bolalarga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari to’liq sanitariya-gigiena talablariga javob berishini nazorat qilish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik choralarini ko’rish, malakali pedagog kadrlarni jalb etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.    

       Yuzma-yuz muloqotlarda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi, viloyat sog’liqni saqlash, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, viloyat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi tomonidan tayyorgarlik jarayoni va mavsum davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar xususida tahliliy va tanqidiy xulosalar bildirildi. Mavsum taraddudi borasida sustkashlikka yo’l qo’yayotgan mahalliy hokimliklar, oromgohlar mutasaddilariga kamchiliklarni bartaraf etish uchun kerakli tavsiyalar berildi. Shundan so’ng oromgoh rahbarlari, hisobchilar, tarbiyachilar, etakchilar, sport yo’riqchilari va bosh oshpazlar uchun alohida-alohida guruhlarda mashg’ulotlar o’tkazildi.

Shu bilan birga seminarda ko’rgazmalar tashkil etilib, ularda ishchi guruhlari tomonidan oromgohlarga tarqatiladigan qo’llanmalar, targ’ibot vositalari, tarqatma materiallar, faoliyat yuritishi rejalashtirilgan to’garaklar va kutubxonalarning namunaviy faoliyati namoyish etildi. 

Seminar ishida viloyat hokimi o’rinbosari I. Nosirov ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqdi.