Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SADAKONING BAXT QUShLARI

 2017-06-02 10:33:24    79

PDF yuklash
Chop etish


Qadimda musavvirlar farishtani go’dak qiyofasida tasvirlagan ekanlar. Naqadar, beqiyos topilma! Ezgulikning eng go’zal xislatlari bolalar tabassumida aks etgan bo’lsa ne ajab. Go’daklarga muhabbat har bir inson qalbida bir umr yashaydigan tuyg’u bo’lsa kerak. Negaki, inson o’z kelajagini, hayotining butun go’zalliklarini farzandlari taqdirida ko’radi.

Jahonda biror-bir millat, xalq yo’qki, u o’z zurriyodi to’g’risida qayg’urmasin. Biroq, hech mubolag’asiz aytish mumkinki, o’zbeklardek bolajon millat er yuzida kamdan kam topiladi. Farzand oilaning chirog’i, deganlarida ajdodlarimiz ulug’ hikmatni bizga o’rgatib ketishganini bot-bot anglayveramiz. Bolani aziz, deb e’zozlaguvchi xalqimiz ularning ulg’ayishi yo’lida qayg’urishni kechagina o’rganib olgani yo’q.

Turli millat farzandlarini ham o’z bag’riga olib, ulardan bor-budini ayamagan ota-bobolarimiz urush yillarida o’zlarining so’nggi rizqlarini ham dilbandlariga tutqazishgan. Qo’lidagi pattasi bilan navbat kutib turgan yurtdoshlarimiz ba’zan non hammaga etmay qolgan pallalarda oilasi rizqini begona go’daklar qo’liga ulashib bergan ekanlar. Ammo ana shu ayanchli yillarda ham bolalarga beshafqatlarcha munosabatda bo’lgan qirg’inbarot qurollar go’zal bolalikni yanchib tashladi.

1945 yilning avgust oyida AQShning harbiy samolyotlari Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga dunyoda birinchi marotaba atom bombasini tashladi.

Xirosima shahridan uncha uzoq bo’lmagan joyda Sadako ismli qizcha yashardi. Bomba portlagan paytda Sadakoning yuzi ham, tanasi ham kuymagan. Biroq Xirosima shahri tiklanganidan so’ng, oradan 10 yil o’tgach, Sadako kasallikka chalinadi. Shifokorlar uning qon raki kasali bilan og’riganligini aniqlaydilar. Bu kasallik – 1945 yilda Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi nurlanishining asorati edi.

Sadako o’zini o’lim kutayotganligini bilar edi. Tidzuko ismli dugonasi undan doimo xabar olib turardi. Bir kuni Tidzuko dugonasiga Yaponiyada muqaddas hisoblanuvchi turna qushi haqida so’zlab berdi. Yaponlar turna ming yil yashaydi, agar kasal odam qog’ozdan 1000 dona turna yasasa, tuzalib ketadi, deb ishonar edilar.

Sadako shu kundan boshlab qog’ozdan 1000 dona turna yasashga kirishadi. Biroq u 644 donasini yasashga ulguradi xolos. Sadako vafot etadi. Qizchaning sinfdoshlari qolgan 365 dona qog’oz turnani yasab tugatadilar. Qog’oz turnalarni Sadako bilan birga dafn etadilar.

Atom bombasining qurboni yagona Sadako emas edi. Yaponiya bolalari Sadako xotirasiga yodgorlik o’rnatish uchun klub tuzganlar. Klub a’zolari soni doimo o’sib borgan, uch yildan so’ng ular yodgorlik uchun zarur pulni yig’ishga muvaffaq bo’lganlar. Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik “Bolalar tinchlik yodgorligi” deb ataladi. Bu yodgorlik Xirosimadagi “Tinchlik xiyoboni”ga o’rnatiladi. “Bu bizning ko’z yoshimiz, Bu bizning dunyomiz, Dinyoga – tinchlik” degan bitiklar yodgorlik toshiga o’yib yoziladi. Sadako xotirasining bu bitiklari dunyo bolalarining hayqirig’iga o’xshaydi go’yo.

Ha, dunyoga tinchlik kerak. Shundagina Sadakolar fojiasi takrorlanmaydi. Shundagina odamlar boshpanasiz, farzandlar ota-onasiz, etim bo’lib qolmaydi. Ota-onalar o’z farzandlaridan ayrilib qolmaydilar. Er yuzi bolalari ochlikdan, kasallikdan nobud bo’lmaydi.

Bugun ham Sadakoga taqdirdosh bolalar dunyoda kammi? Oyinayi jahonda namoyish etilgan film hammani yig’latdi. Suriyaning bir chekkasidagi g’orli hovlilardan birida yashovchi, alifbeni o’qishga zor bo’lgan qizaloq Baxtay yohud dengiz bo’yida mangu uyquga ketgan Aylonning umriga ham yovuz odamlar, dahshatli urushlar yakun yasamadimi? Terrorizm va ekstremizmdek jirkanch illatlar, narkobiznes va siyosiy to’qnashuvlar ham jahonning har erida esini tanimagan, beg’ubor go’daklarni o’z iskanjasiga olayotgani kishini tashvishlantiradi.

Ayni vaqtda dunyo miqyosida bolalarni himoya qiluvchi tashkilot – YuNISEF faoliyat ko’rsatmoqda. Bolalar o’rtasida ochlik va savodsizlikka qarshi kurashish, bolalarning ko’r bo’lib qolishiga sabab bo’luvchi “A” vitamini etishmasligining oldini olish, “Bola huquqlari to’g’risida”gi xalqaro Konventsiyaning barcha davlatlar tomonidan tasdiqlanishiga erishish yo’lida ish olib borayotgan tashkilot tomonidan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan dunyoda bolalarning hayoti va tinchligiga xavf solayotgan illatlar tamomila bartaraf etilganicha yo’q. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konventsiyasi 1992 yildayoq O’zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilindi. Har bir bolaning oilada yashashi va tarbiyalanishi, o’z ota-onasini bilishi, ularning g’amxo’rligi, ular bilan birga yashash huquqiga egaligi, shuningdek, har qanday sud yoki ma’muriy muhokama vaqtida uning manfaatlariga daxl­dor masalalar bo’yicha tinglanishga haqli ekanligi bir qator huquqiy hujjatlarda aks etdi. Mamlakatimizda o’tgan yillarda bir qator davlat dasturlarining bolalar baxtu iqbolini ko’zlab qabul qilingani va amalga tatbiq etilgani dilbandlar himoyasining yorqin namunasidir.

Baxtli bolalikni asrab qolmoq bugun har jihatdan muhim ahamiyatga ega. Zotan, Sadakolar taqdiri endi hech qachon takrorlanmasin. Tinchlik osmonida ularning baxt qushlar parvoz qilsin...