Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OZOD VA TINCh ELNING BOLALARI

×

 2017-06-05 15:29:55    75

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbirlarida baxtiyor bolalik nashidasini surdilar

 

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 22-31 may kunlari viloyatimiz bo’ylab  “Baxtli bolalik” loyihasi amalga oshirilib, uning doirasida o’ndan ortik ko’rik-tanlov, musobaqa va ko’rgazmalar, uchrashuv va aktsiyalarni o’z ichiga ma’naviy-ma’rifiy, ko’ngilochar tadbirlar o’tkazildi.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Farg’ona shahridagi Ahmad Farg’oniy nomidagi istirohat bog’ida “Baxtli bolalik” loyihasining yakuniga bag’ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.Unda jam bo’lgan o’g’il-qizlar, ota-onalar, bobo-yu buvilar ozod va tinch elning millat davomchilariga qaratgan mehri va g’amxo’rligi namunalariga guvoh bo’ldilar.

Istirohat bog’ining maydonchalarida “Maftunkor ranglar olami” rasmlar tanlovi, “Zukko kitobxon” aktsiyasi, shaxmat-shashka, stol tennisi va kurash musobaqalari qizg’in ruhda o’tdi. Eng namunali umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlarining tasviriy va amaliy san’at, milliy o’yinchoqlar va xalq hunarmandchiligi ko’rgazmalari, “Dunyo bolalar nigohida” mavzusidagi fotosuratlar namoyishi, eng yaxshi badiiy kitoblar savdosi bayram ishtirokchilari e’tiborini jalb etdi.

– Men hozirgina chizgan suratimni “O’zbekiston – baxtli bolalar mamlakati” deb nomladim, – deydi Farg’ona tumanidagi 37-umumta’lim maktabining 6-sinf o’quvchisi Nazokatxon Qosimova. – Dunyoda mamlakatlar ko’p, bolalar ham son-sanoqsiz. Biroq O’zbekiston – yakka-yu yagona. Biz esa uning baxtiyor farzandlarimiz.

Maskanning yozgi amfiteatrida “Baxtli bolalik” loyihasi doirasida o’tkazilgan barcha ko’rik-tanlovlarning g’olib va sovrindorlari, faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.  Unda Ro’zmatjon Mallaboev, Maftunaxon Xolmuhammedova,  Dilfuza Nabijonova, Ruxshona Xatamjonova, Abdurahmon Aminov, Gulsanam Mirahmedova singari 30 dan ortiq iqtidorli o’quvchilar, shuningdek, Buvayda tumanining “Maoniy”, Farg’ona shahrining “Adolat”, O’zbekiston tumanining “Zukkolar” yosh kitobxon jamoalariga “Faxriy yorliq”, kitoblar jamlanmasi va sport anjomlari tantanali ravishda topshirildi.

Bayram loyihalarida faol ishtirok etgan bolajonlar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashining maxsus yo’llanmasi bilan shahar markazidagi “Bolajon” va “Pingvin” kafelarida bepul muzqaymoqlar bilan siylandilar, ularga barcha attraktsion va o’yin maydonlarida imtiyozli xizmatlar ko’rsatildi.

 Umidimiz yulduzlari sharafiga tashkil etilgan kontsert dasturida viloyatimizda faoliyat ko’rsatadigan bolalar  musiqa va san’at maktablari, madaniy markazlar, musiqiy dasta va to’garaklarning eng iqtidorli o’g’il-qizlari ishtirok etishdi. Ular ijrosida bolalikning beg’ubor kuy-qo’shiqlari, o’ynoqi raqslari namoyish qilindi.

Shu kuni o’z xizmat burchini o’tash chog’ida halok bo’lgan harbiylar, kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurilib, ularning farzandlariga viloyat hokimligining velosiped va sport anjomlari tuhfa qilindi.