Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIKLARNING “BARKAMOL AVLOD–2017” SPORT MUSOBAQALARIDAGI NATIJALARI

×

 2017-06-05 15:31:22    77

PDF yuklash
Chop etish


24-28 may kunlari Jizzax shahrida “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda  viloyatimizdan 15 ta sport turi bo’yicha jami 75 nafar (24 nafari qizlar) o’quvchi-sportchilar qatnashdi.

Musobaqalar yakuniga ko’ra sportning tennis turi bo’yicha Farg’ona sanoat kasb-xunar kolleji 2-bosqich o’quvchisi Azizxon Turg’unov, boks bo’yicha Farg’ona olimpiya zahiralari kolleji o’quvchisi ikki karra Osiyo chempioni Bilolbek Mirzarahimov, taekvando VTF bo’yicha Farg’ona pedagogika kolleji o’quvchisi Nafisaxon Qamchibekova, engil atletika bo’yicha  Marg’ilon iqtisodiyot kolleji o’quvchisi Temurbek Musaev, Toshloq transport va qurilish kasb-xunar kolleji o’quvchisi Davlatbek Halilov, Dang’ara qishloq xo’jalik kasb-xunar kolleji o’quvchisi Sardor Turg’unov, shaxmat bo’yicha O’zbekiston maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o’quvchisi, xalqaro grostmeyser, to’rt karra Osiyo chempioni Gulruhbegim Tohirjonova oltin medalni qo’lga kiritdilar.

Viloyatimizning etti nafar sportchisi –  taekvando VTF turi bo’yicha Farg’ona olimpiya zahiralari kolleji o’quvchisi Dilyora Bahriddinova, tennis bo’yicha Farg’ona sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchisi Shahnoza Hatamova, badiiy gimnastika turi bo’yicha Farg’ona olimpiya zahiralari kolleji o’quvchisi Durdona Olimjonova, 400 metrga estafetali yugurish bo’yicha Farg’ona olimpiya zahiralari kolleji 3-bosqich o’quvchisi Umidjon Mamasodiqov, Marg’ilon iqsodiyot kolleji o’quvchisi Temurbek Musaev, Toshloq transport va qurilish kasb-hunar kolleji o’quvchisi Davlatbek Xalilov, Dang’ara qishloq xo’jalik kasb-xunar kolleji o’quvchisi Sardor Turg’unovlar  “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining kumush medali sohibi bo’ldilar.

Musobaqaning bronza medali ham etti nafar sportchilarimiz –  Buvayda avtomobil yo’llari kasb-hunar kolleji o’kuvchisi Manguberdi Abdurasulovga sportning boks turi bo’yicha, Margilon pedagogika kolleji o’kuvchisi O’g’iloy Abdulazizova, Dangara agrosanoat kasb xunar kolleji o’kuvchilari Umida Turg’unboeva, Dinara Ochilova, Sanoat Nomonjonovalarga engil atletika turi bo’yicha, Farg’ona olimpiya zahiralari kolleji o’kuvchisi Feruza Rasulovaga suzish turi bo’yicha, O’zbekiston qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji o’kuvchisi Umidjon Salimovga taekvando BTF bo’yicha nasib etdi.

Yakunda 21 medalni qo’lga kiritib, tennis bo’yicha birinchi, futbol va voleybol bo’yicha ikkinchi, taekvando VTF turi bo’yicha uchinchi o’rinni egallagan viloyatimiz sportchilari“Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining Respublika final bosqichida umumjamoa hisobida sakkizinchi o’rin bilan kifoyalanishdi.

Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating