Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OROMGOHLAR MAVSUMGA TAYYORMI?

 2017-06-05 15:33:56    78

PDF yuklash
Chop etish


O’quv yilini tamomlab, yozgi ta’tilga chiqqan bolalar kutgan lahzalar ham etib keldi.  Endilikda ular ta’tilni maroqli o’tkazish va miriqib hordiq chiqarish uchun  oromgohlarga yo’l oladilar.

  Joriy yilda 138 ta oromgohlarda 32 ming 100 nafar  bolalar sog’lomlashtirilishi rejalashtirilgan.  Buning uchun  4 mlrd 989,3 mln so’m mablag’ sarflanishi  belgilangan. 

 Oromgohlar mavsum davomida  yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida 18 mingdan ziyod ilmiy-badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. “O’zbekkino” milliy agentligi  viloyat bo’limi tomonidan bolalar uchun yaratilgan kinofilmlar  ro’yxati shakllantirilib, taqdim qilindi.

 Mavsumni ko’ngilli o’tkazish, har bir oromgohda xavfsizlik, yo’l harakati  va yong’in xavfsizligini  ta’minlash  hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida  viloyat  IIB tomonidan  2 nafardan  ichki ishlar idoralari xodimlari biriktirilib, nazoratga olindi.  Oromgohlar talabidan kelib chiqib, hududlar va smenalar kesimida  tibbiyot xodimlari, shifokorlar  ro’yxati shakllantirildi. 50 mln so’mlik dori-darmon zahirasi yaratildi. 

“Nafosat”, “Nihol”, “Koinot”, “Rohat”, “Kimyogar”  singari bolalar oromgohlarida  mavsumga  jiddiy hozirlik ko’rildi.   Ma’muriy bino, oshxona, kutubxona, ma’naviyat xonalari ta’mirdan chiqarilib,   zarur  jihozlar bilan ta’minlandi.

 O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  2017 yil  23 martdagi “2017 yilning  yoz mavsumida  bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirishga  tayyorgarlik ko’rish  hamda mavsumni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida”gi  yig’ilish bayoni qarori  asosida oromgohimiz mavsumga shay holga keltirildi, – deydi    Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi tasarrufidagi “Tong” oromgohi rahbari Qaxramonjon Valiev. –  Oromgohning 2 ta yotoq binosi ta’mirlandi. Ma’naviyat honasi ko’rgazmali qurollar bilan jihozlandi. Ular mavsum davomida 300 nafardan ziyod bolalarga xizmat qiladi.

   Ammo ayrim oromgohlarning hali ham mavsumga tayyor emasligi bu borada sustkashlikka yo’l qo’yilayotganligidan dalolatdir.  Jumladan, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tizimidagi  Farg’ona mexanika zavodi sho’’ba korxonasi  tasarrufidagi “Xumo” bolalar oromgohi  mavsumda 980 nafar bolalarni bag’riga oladi.  17-18 may kunlari obodonlashtirish ishlari o’tkazilgan. Hozirda oromgohda  Farg’ona mexanika zavodi ShK tomonidan  qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Ammo yuvinish xonasi, xojatxonalarda ishlar yakuniga etgani yo’q.

Oltiariq tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini  metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi “Yulduz” bolalar oromgohi bino va inshootlarini  chidamlilik holati bo’yicha  viloyat Davlat arxitektura  va qurilish nazorati  inspektsiyasi, viloyat IIB, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va viloyat DSENM mutaxassislari xulosalariga asosan  faoliyat yuritishi maqsadga muvofiq emas, deb topilgan. Shu sababli oromgoh tumanning Povulg’on qishlog’ida joylashgan 38-umumta’lim maktabida tashkil etilishi rejalashtirilgan. O’rganishlar davomida  muassasada bolalarning dam olishi uchun zarur sharoit borligi hisobga olinib,  iyun oyiga qadar  mavsumga tayyorgarlik ishlarini yakunlash belgilangan edi.  Ammo yotoqxonani jihozlash ishlari oxirgi etkazilmadi.