Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KARTOShKAChILIKDA ILMIY-AMALIY HAMKORLIK

×

 2017-06-05 15:35:26    87

PDF yuklash
Chop etish


viloyatimizda mazkur tarmoq faoliyatini xorijning eng ilg’or tajribalari asosida rivojlantirish imkonini beradi

 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar Strategiyasining beshta yo’nalishidan biri iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor vazifalariga bag’ishlangan bo’lib, bu bo’limda qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat qaratilgan.

Bu borada ekologik toza mahsulot etishtirish, agrar sohaning eksport salohiyatini oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yangi, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish kabi bir qator vazifalar belgilangan.

2017 yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish bo’yicha amalga oshiriladigan loyihalar doirasida viloyatimizda 38 ming 265 gektar erga sabzavot, 11 ming 88 gektarga kartoshka, 5 ming 534 gektarga poliz ekinlari ekish hamda 440 ming tonna kartoshka etishtirish, kartoshkachilik bo’yicha 142 ta loyihani amalga oshirish ko’zda tutilyapti. Hozirgi kunda fermer, dehqon xo’jaliklari va aholi tomonidan asosiy maydonlarda sabzavot, kartoshka ekinlarini ekish va parvarishlash ishlari sifatli bajarilyapti. O’z navbatida viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini yig’ish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash imkoniyatlariga ega bo’lgan 3 ta logistik markazlar barpo etish maqsadidagi yumushlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Bu borada keyingi yillarda viloyatimizda sabzavotchilik sohasida selektsiya ishlarining oqsayotgani, sifatli urug’lik etkazib berishda muammolar mavjudligi sir emas. Natijada kartoshka va boshqa ba’zi sabzavotlar sifati buzildi, hosildorlik kamayib ketdi. Soha mutaxassislari  tomonidan sohadagi mavjud muammolar o’rganilib, amalga oshirilishi kerak bo’lgan qator vazifalar aniqlandi.

 Shu yilning 16-23 may kunlari viloyatimiz rasmiy delegatsiyasi viloyat hokimi Shuhrat G’aniev tashabbusi bilan kartoshkachilik va meva-sabzavotchilik sohasidagi jahon tajribalarini chuqurroq o’rganish, ilmiy-amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida Belorusiya davlatida xizmat safarida bo’lib qaytdi.

Safar davomida delegatsiya a’zolari “Belorusiya Milliy Fanlar Akademiyasi kartoshkachilik va meva-sabzavotchilik ilmiy-amaliy markazi”  respublika unitar korxonasi bosh direktori Sergey Turko, korxonaning ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari Aleksandr Esman,  ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Vadim Maxanko, sabzavotchilik instituti direktori Andrey Chaykovskiy, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash bo’yicha Belorusiya Milliy Fanlar Akademiyasi ilmiy-amaliy markazi bosh direktori Sergey Yakovchik, tajriba-sinov ishlari bo’yicha o’rinbosari Dmitriy Komlach, Eksperimental-tajriba zavodi direktori Aleksandr Bliznyuk, Konservalash zavodi respublika unitar korxonasi direktori Anatoliy Anyuxovskiy, savdo-sotiq ishlari bo’yicha o’rinbosari Sergey Maslakov va boshqa ko’plab soha mutaxassislari bilan uchrashib, kartoshkachilik va meva-sabzavotchilik sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

“Belorusiya Milliy Fanlar Akademiyasi kartoshkachilik va meva-sabzavotchilik ilmiy-amaliy markazi”  respublika unitar korxonasi tarkibida sabzavotchilik va bog’dorchilik instituti, laboratoriya majmuasi hamda Eksperimental-tajriba zavodi, Konservalash zavodi sho’’ba korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Ilmiy-amaliy markaz faoliyati ko’p tarmoqli bo’lib, asosan kartoshkachilikka ixtisoslashgan. Markaz tomonidan Rossiya, Moldova, Serbiya, Makedoniya, Kavkazorti davlatlariga kartoshkaning urug’lik va oziq-ovqat turlari, kraxmal etkazib beriladi. Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida ilmiy markazning qo’shma laboratoriyasi tashkil etilgan.

Delegatsiya a’zolari 7 kun davomida urug’chilik, selektsiya, qo’shma laboratoriya tashkil etish, urug’lik sotish-olish masalalari yuzasidan batafsil suhbat o’tkazib, ilmiy laboratoriyalar, ishlab chiqarish va texnikalar, bog’dorchilik sohalarini o’rganishdi.

Sabzavotchilik instituti sabzavot ekinlarining yangi navlarini yaratish, urug’liklar etkazib berish, yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, urug’liklar va sabzavotlarni ulgurji va chakana narxlarda sotish, sabzavot etishtirish jarayonlarini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash bilan shug’ullanadi. Institutda sabzavotchilik sohasining o’zida 40 dan ortiq navlar parvarishlanadi.

Kartoshkachilik sohasi selektsiyasiga oid 22 dan ziyod navlar Belarus Respublikasi, Rossiya va boshqa mamlakatlar davlat reestrlariga kiritilgan, ayrimlarining davlat tajriba-sinovlari davom ettirilmoqda. Bu navlar kraxmal tarkibi, tezpisharligi, mevasining ko’pligi, kasalliklarga chidamliligi kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Belorusiyada kartoshkaning “Delfin”, “Zorachka”, “Lileya”, “Uladar”, “Briz”, “Manifest”, “Dubrava”, “Yanka”, “Vesnyanka”, “Zarnitsa”, “Zdabo’tak”, “Maksimum” va boshqa ko’plab navlari etishtiriladi.

Kartoshkachilik sohasidagi tajribalarni o’rganish kelgusida o’zaro hamkorlikda katta ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish zarurligini ko’rsatadi. Laboratoriya majmuasida, eng avvalo, kartoshka urug’larining kasallanmagan eng yaxshi navlarini tanlab olish jarayoni amalga oshiriladi. Laboratoriya majmuasi faoliyati kartoshka ekilmasidan oldinoq unda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan kasallikning oldini olish hamda nav yaratish va yangi navlarni ko’paytirishga qaratilgan. Sog’lom urug’lar tanlab olingach, selektsiya zallariga yuboriladi, u erda esa maxsus idishlarga ekilgan urug’lardan o’sib chiqqan niholchalar (ildizpoyalar) ustida eng yaxshi navlarni ko’paytirish borasida ish olib boriladi. Ko’paytirilgan niholchalar yaxshilab oziqlantirilgan maxsus sun’iy tuproqda o’stirilib, keyin issiqxonalarga yuboriladi. Shu yo’l bilan ko’paytirilgan ekologik toza, navi yaxshilangan, kasallikdan xoli va chidamli kartoshka urug’lari keng dala maydonlariga ekish uchun tavsiya etiladi.

– Laboratoriyamizda turli ilmiy-amaliy tahlillar o’tkaziladi, – deydi ilmiy xodim Elena Radkovich, – bu erda biz ko’plab zamonaviy asbob-uskuna va texnologiyalardan foydalangan holda ish olib boramiz. Shuning uchun ilk jarayondayoq viruslardan qutulish uchun kartoshka urug’larini saralab olamiz. Kasallangan, virus aniqlangan urug’larni tashlab yuboramiz. Chunki urug’likning kasalliklardan xoli, sof ekanligi, ekinning ham kasalliklardan xoli bo’lishini ta’minlaydi. Shu bois laboratoriyada eng yaxshi kartoshka navlarini olish uchun deyarli 10 yil davomida tinimsiz ilmiy va amaliy tajribaga asoslangan holda ish olib borish kerak bo’ladi.

Demak, Belorusiyadagi mutaxassislar bilan birga ishlash uchun qo’shma korxona tashkil qilish, mutaxassislarimizni u erga o’qishga yuborish, laboratoriyalarda etishtirilayotgan ildizpoyalarni O’zbekiston dalalariga ekib hosil olish, laboratoriyadan chiqqan birinchi yil ekiladigan urug’likni keltirish kerak. Muloqotlar jarayonida Belorusiya mutaxassislari viloyatimizda har ikkala tomon uchun ham foydali bo’lgan qo’shma korxonaning tashkil etilishiga qiziqish bildirishdi.

Delegatsiyamiz a’zolari laboratoriya majmuasi, bog’dorchilik va sabzavotchilik instituti xodimlari bilan ham suhbatlashib, ularning tajriba va ekin maydonlarida o’zaro tajriba almashdilar. Ilmiy-amaliy markaz xodimlarining ma’ruzalari, eksperimental-tajriba zavodidagi ish jarayoni ham barchamizda katta taassurot qoldirdi. Delegatsiya a’zolari bevosita ishlab chiqarishni jarayonini ko’rish uchun Tolochin rayonidagi dalalarda bo’lib, kartoshka va meva-sabzavotlar parvarishi, Konserva zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

– Ilmiy-amaliy markaz ko’p tarmoqli faoliyat olib boradi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish uchun etti ming gektar er ajratilgan. Oxirgi ikki yilda gektaridan 500 tsentner (50 tonna) kartoshka hosili oldik, – deydi A. Anyuxovskiy. – Bizning zavodimiz – eng oliy sifatli ekologik mahsulotlar etishtiruvchi Evropaning mashhur savdo brendlari kabi eng yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy korxonadir.

Bundan ko’rinadiki, viloyatimizda kartoshka etishtirish hajmini ko’paytirish, urug’chilik-selektsiya ishlarini rivojlantirish - bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash va aholini ekologik toza mahsulot bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Safar davomida hamkorlikning ilk natijasi sifatida viloyatimizdagi ayrim tadbirkorlik sub’ektlari bilan ushbu ilmiy-amaliy markazlar o’rtasida hamkorlik shartnomalari tuzishga kelishib olindi hamda viloyatimizga 20 tonna urug’lik kartoshka olib kelindi.

Umuman olganda, safarimiz mobaynida hamkorlik sohasida bir qator ishlar rejalashtirilib, birinchi navbatda, kartoshkaning eng yaxshi navlari urug’larini viloyatimizga olib kelish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Belorusiyada iqlim mos kelmaganligi uchun etilmaydigan urug’lar, xususan, oshqovoq va karam urug’larini sabzavotchilik institutiga Farg’onada etishtirib berish, Konserva zavodini sanoatbop uzum navlari bilan ta’minlash va shu orqali viloyatimiz eksport salohiyatini oshirishga hissa qo’shish mumkinligi aniqlandi.

Bu ishlarga biolog, selektsioner olimlarni keng jalb etish, ularning faoliyatini amaliy tajriba bilan o’zaro uyg’unlashtirish, tajriba almashish maqsadida Belorusiyaga mutaxassislarni yuborish juda ham muhimdir. Natijada viloyatimizda kartoshka va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, hosildor, iste’molchilarga ma’qul keladigan navlari yaratiladi. Shu bilan birga urug’lik va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati kengayadi. 

Viloyatimiz delegatsiyasi safari samarasi sifatida Farg’ona ko’mir ta’minoti korxonasi direktori Abduqahhor Ro’zaliev, Quvasoydagi “Behizor agro” agrofirmasi ta’sischisi Shavkat Salaxiddinov va Belorusiyadagi ilmiy-amaliy markaz o’rtasida bog’dorchilik va kartoshkachilik bo’yicha hamkorlik shartnomalari tuzish,  viloyatimizda qo’shma korxona tashkil etish, kelgusida ilmiy-amaliy laboratoriya faoliyatini yo’lga qo’yish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.