Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAVSUM MAS’ULIYATI VA SHARAFLI YUMUSHLARI

×

 2017-06-05 15:36:54    63

PDF yuklash
Chop etish


Shu yilning 2 iyun kuni Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo’jaligida joriy yilgi g’alla mavsumini uyushqoqlik va o’zaro hamjihatlik bilan o’tkazishga bag’ishlangan amaliy-seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar, qishloq xo’jaligi korxonalari, viloyat va shahar-tumanlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralari rahbarlari, shahar-tumanlar hokimlari, fermer xo’jaliklari rahbarlari, otryadlar rahbarlari va o’rinbosarlari, davlat va jamoat idoralari vakillari ishtirok etishdi.

Seminar ishini viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev boshqardi.

Bu yilgi mavsumni har tomonlama namunali tashkil etish va shartnoma rejasida belgilangan hosilni o’z vaqtida yig’ib olish maqsadida hududlarda amaliy-seminarlar o’tkazilib, barcha agrotexnik tadbirlar sifatli bajarildi, tayyorgarlik ishlari to’liq nihoyasiga etkazildi,-dedi viloyat rahbari. – Bugundan boshlab elimizning rizq-nasibasini yig’ib-terishga kirishadigan fermer xo’jaliklari oldida turgan eng mas’uliyatli va sharafli vazifa – hosilning bir misqolini ham nest-nobud qilmay davlat omborlariga etkazib berishdan iboratdir.

Bugungi seminarni o’tkazish uchun bejizga “Nurli obod” fermer xo’jaligi tanlangani yo’q. Fermer xo’jaligi rahbari Lolaxon Murotova muhtaram Prezidentimiz, xalqimizning doimiy e’tibori, mehriga sazovor bo’lib kelmoqda. Mehnatkash fermer opa erishayotgan yutuqlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. 

Ta’kidlash o’rinliki, joriy yilgi mavsumni xavfsiz va betalofot o’tkazish uchun jalb etiladigan barcha texnika vositalari sifatli ta’mirlandi, eng so’nggi rusumdagi zamonaviy kombaynlar sotib olindi. Otryadlar rahbarlari, otryadlar rahbarlari o’rinbosarlari – viloyat hokimi nazoratchilari aloqa vositalari bilan ta’minlandi, moddiy-ma’naviy jihatdan rag’batlantirildi.

Yo’l harakati va yong’in xavfsizligi, talon-tarojlikka yo’l qo’ymaslik maqsadida “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi,-deydi viloyat IIB boshlig’i, polkovnik Aloviddin Sultanov. – Bu borada mavsumning har bir ishtirokchisi mas’uliyati va javobgarligi tushuntirilib, keng ko’lamli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ayni kunlarda viloyat hokimi rahbarligida har bir shahar-tumanda fermer xo’jaliklari, otryadlar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilib, mavsum qatnashchilarining jarayondagi daxldorlik va mas’uliyat tuyg’usini yanada kuchaytirish rejalashtirilgan.