Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KIShI KO’RINIShI – FE’LNING EShI

 2017-06-08 16:46:13    147

PDF yuklash
Chop etish


Moda sanoati tarixi bo’yicha ilmiy-amaliy faoliyat yuritgan olima O.Rusanova e’tirof etganidek, o’zbek qizlari xuddi dalalardagi chiroyli gullar yoki atlasli lolalarga qiyoslanadi.

Ular tashqi ko’rinishlariga mos ravishda turfa rangdagi kiyimlar kiyish san’atini puxta egallagan.  Bu esa   o’z navbatida insonning xarakterli xususiyatlarini va qalbini anglatadi. Jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini ko’rsatib turadi.

Didli inson go’zallikni chuqur qabul qilgan holda, hech qachon o’zini ko’z-ko’z qilmasdan, ichki va tashqi go’zalligini atrofdagilarga ham singdira oladi. O’zbek  yigit-qizlari azaldan did va farosati, zehni va oriyatini  liboslari orqali  namoyon qilib turadilar.

 Albatta, bu e’tirofga har bir inson, qizlar munosib.  Ammo har kim ham buni  qalban anglagan holda o’zbekona  latofati, “men”ini  saqlab qolishga urinayotgani yo’q. 

Rossiya, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi,  umuman g’arb davlatlaridagi ma’naviy evrilishlar, axloq tanazzuli zamirida ham kiyinish madaniyatining izdan chiqib ketishi mujassam.

      Tibbiyot mutaxassislarining fikridan kelib chiqib aytish mumkinki,  didsizlik bilan tanlangan libos, kiyinish istagining kuchayib borayotgani o’z iste’molchilariga ziyonini  etkazib ulguryapti. Kiyinish madaniyatini bilmaslik kishining salomatligiga, harid qilish uchun sarflanayotgan mablag’lar tashvishi ruhiyatga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida  qayta-qayta bong urilayotganligi ham bejizga emas.

Tor, kalta, bel,  ko’krak qismlari ochiq liboslar erkaklar  va ayollarda bepushtlikni yuzaga keltirishi, bo’lajak onalarda homila tushishi, bola tug’ilishida salbiy holatlarga olib kelishi haqida ko’p ogohlantirildi. Bunday ko’ngilsizliklarning oldini olish maqsadida o’zini va kelajagini  asrash, madaniyat, ma’naviyat, axloq sofligini saqlashga  qaratilgan  tushuntirish, targ’ibot tadbirlari muntazam tashkil etilyapti. 

  Viloyat xotin-qizlar qo’mitasi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda  mahallalarda, ta’lim muassasalarida “Milliy liboslar – ayollarimiz ko’rki”, “Kiyinish madaniyati”, “Liboslarda millat g’ururi”,  “Ma’naviyatimiz ko’zgusi”  mavzularida  davra suhbatlari,  uchrashuvlar, ko’rik-tanlovlar o’tkazib kelmoqda. Milliy matolardan o’ziga xos andozalar yaratgan dizaynerlar rag’batlantirilyapti.  Yoshlarga mutaxasislar tomonidan atroflicha tushunchalar berilyapti. 

Bularning barchasi yoshlar o’rtasida milliy tiynatning, salomatlik uchun foydali bo’lgan liboslarning ahamiyatini anglatishga qaratilgan. Lekin “gurunch kurmaksiz bo’lmaydi” deganlaridek,  sa’y-harakatlarga qaramay  ayrim  yigit-qizlar didsizlik ummonida o’zlarini g’arq qilyaptilar. 

 Gohida kichkinagina qizaloqning kattalar kiyimini ustiga ilib olgani yoki ukasining libosini kiygan holatini ko’rgan yaqinlari o’zingnikini, o’zingga mosini kiy, deya tanbeh berishadi.  E’tibor talab qilmaydigan bu holatning zamirida ham o’ziga xos hikmat bor. Ahamiyat beradigan bo’lsak, bugungi kunda ko’plab yoshlar bolalarcha odatini hali ham tashlagani yo’q.  Afsuslanarlisi, ularga tanbeh beradigan kattalar ham  “ommaviy madaniyat” yoki «kiyinish erkinligi» xastaligini yuqtirib olganlar.   

  ...Ikki ayol avtobusga chiqdi.  Bir-biriga o’xshash liboslarni egniga ilib olgan bu yo’lovchilar barchaning e’tiborini tortdi.  Bepisandlik bilan atrofiga qarab so’zlashayotganidan ma’lum bo’ldiki,  ular ona-bola ekan.  Pardoz qilish,  didsizlik bilan tanlangan  liboslar bilan o’ziga oro berish “mahorati”ni  puxta egallagan ikkovlon, “olmaning tagiga olma tushadi” degan maqolning yaqqol timsoli edi. Kiyinish madaniyati, did avvalo oilada shakllanadi.  Ota-onaning o’zi ibrat bo’lolmagach, jamoat fikrini albatta, yoshlar  nazariga ilishi dushvor.  Bugun aksariyat  yigit-qizlar  o’zlariga berilayotgan bahodan, tanqiddan to’g’ri xulosa chiqarmay, “men bilan nima ishingiz bor”, “pulini to’lab qo’yibsizmi?” yoki “siz menga kimsiz” degan qo’pol so’zlarni aytishadi. Andishasizlik bilan  haq-huqularini ro’kach qilishadi.

 “Bolaning begonasi bo’lmaydi”, deydi dono xalqimiz.  Nasihat bilan  yoki jamoat nazorati orqali yoshlarni tartibga chaqirish, ularni to’g’ri yo’lga solish har bir fuqaroning  vazifasi sanaladi aslida.  O’ylab ko’rilsa, bir yurtda, bir maskanda yashab turib, ma’naviyatning tanazzuliga beparvo qarashlik kim uchun foydayu kimga ziyon?!

 Libos, oddiygina yuzga did bilan pardoz berish ham insonning ichki ma’naviy dunyosi, qaysi millatning farzandi, qaysi zamonning qanday saviyali odami ekanligini ifodalashi bugun oddiygina haqiqatga aylandi.  Insonlardan olinayotgan ilk taassurot ham  shu jihatlarga borib taqaladi. Turkiy yozma adabiyotning sardaftarini yaratgan Yusuf  Xos Hojib ta’kidlaganidek,

Kishi ko’rinishi – fe’lining eshi,
Yuzi, qilig’ida teng turar kishi.
Tashini ko’rib bil uning ichini,
Tashidek ichidir, ichidek tashi.