Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KO’NGILLARNI OBODLIKKA ETAKLAR

 2017-06-29 09:36:19    87

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon oyi  o’zining muborak nasimlari bilan ko’ngillarni ezgu amallarga oshno qiladi. Keksalarning duosini olib, savobli ishni har kunlik  yumushga aylantirish  ishtiyoqini armug’on etadi. 

 Prezidentimizning joriy yil 19 mayda  qabul qilingan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o’tkazish to’g’risida”gi qarori  xalqimizning diniy-ma’rifiy qadriyatlarini yanada ulug’lash, bu borada   jamoatchilik o’rtasida  keng tushuntirish ishlarini olib borishga zamin yaratdi.

Ramazon oyi – mehr-oqibat timsoli sifatida insonlarga, qo’shni va qarindoshlarga g’amxo’r bo’lish,  bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko’rsatish, sidqidildan  yordam berishga undaydi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov “Yuksak ma’naviyat  – engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz  va ularning zamirida mujassam bo’lgan  mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot,  do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalikda hal qilish  kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etadi”.

 Shu kunlarga etkazganiga shukur, – deydi  Bag’dod tumanida yashovchi 65 yoshli otaxon G’anijon Ergashev. – Ramazon oyining muborak kunlarida ro’za tutish amallarini bajarib kelyapmiz. Xalqimiz bu oyni har yili intiqlik bilan kutadi.  Sabr va shukrona oyida  ezgu amallar ko’ngillarni yanada obod qiladi. Quvonarlisi, har kuni o’zbek xonadonlarida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. 

  Muborak oy davomida gina-kudurat unutilib, kechirimlilik, bag’rikenglik muhiti yaratiladi. O’zaro hamjihatlik, do’stlik rishtalari mustahkam bog’lanadi. Mahallarda hashar yo’li bilan muqaddas qadamjolar, qabristonlar obodonlashtirilib, ariq va zovurlar tozalanadi. Bemorlar holidan xabar olinib, sihat-salomatlik, tinchlik-totuvlik bo’lishi tilanadi.

Shu kunlarda Farg’ona viloyatining 1028 ta mahallalarrida  shahar, tuman bosh imom xatiblari, otinoyilari ishtirokida muqaddas ramazon oyining mazmun-mohiyati, shukronalik fazilatlari, insonparvarlikni  da’vat etishga qaratilgan tushuntirish targ’ibot tadbirlari o’tkazilyapti,  – deydi  viloyat “Mahalla”  xayriya jamoat fondi bosh mutaxassisi Dilorom G’ofurova. – Shu kunga qadar 3 mingdan ziyod yakka-yolg’iz, boquvchisini yo’qotgan, ehtiyojmand oilalar yo’qlanib, xondonlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.  Homiylar, mutasaddi tashkilotlar tomonidan  ularga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari va sovg’alar topshirildi.