Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ODIL SUDLOV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

 2017-06-29 09:43:06    97

PDF yuklash
Chop etish


sayyor sud va ochiq muloqotlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda

 

Ilgari xabar qilganimizdek, shahar va tumanlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi hamda viloyat sudlari vakillarining fuqarolar bilan uchrashuvlari, sayyor qabul va sudlar davom etmoqda.

QUVASOY shahrida o’tkazilgan ana shunday uchrashuv va muloqotlarda yurtdoshlarimiz odil sudlov tizimi va huquqiy madaniyat haqida keng tushunchalarga ega bo’lishdi.

“Kvarts” aktsionerlik jamiyatida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda mahalliy Kengash deputatlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, ta’lim muassasalari rahbarlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Muloqotda dastlab O’zbekiston Respublikasi Oliy sud rahbariyatining joylarda aholi bilan uchrashuvlari, xalq bilan muloqot, sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar to’g’risida so’z yuritildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o’rinbosari B.Dehqonov, viloyat ma’muriy sud raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.Maraximovlar yuqoridagi mavzular yuzasidan ma’ruza qildilar.

Shahardagi “Bog’bon” mahalla fuqarolar yig’inida shu kuni sayyor sud majlisi ham bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Rsepublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimi B.Yusupov, yig’in faollari, viloyat va shahar ichki ishlar tizimi vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Sayyor sud majlisida fuqarolar tomonidan mamlakat chegarasini noqonuniy buzib o’tish bilan bog’liq ish muhokama qilindi. Ushbu aybni sodir etgan shaxsga nisbatan chora ko’rildi.

Chegara hududida joylashgan mazkur mahalla fuqarolariga shu kuni davlat chegarasi to’g’risidagi qonunchilik va mamlakat sarhadlariga hurmat, hushyorlik va ogohlikni oshirish zarurligi haqida tushunchalar berildi.

 

***

BAG’DOD tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o’rinbosari Bahodir Dehqonov bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. 

Unda jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyati sudi raisi Mirodil Mirzajonov, Bag’dod tumani hokimi Saidjon Zokirov va aholi vakillari ishtirok etdi.

Bahodir Dehqonov sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ta’kidlangan masalalarga alohida to’xtaldi.

Joriy yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga jinoyat ishlari bo’yicha Bag’dod tumani sudi faoliyati bilan bog’liq 27 ta murojaat kelib tushgan.

Ochiq muloqot chog’ida jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi raisi Olimjon Tog’aev so’z olib, sudyalar oldiga qo’yilgan eng ustuvor vazifalar hususida  fikr-mulohazalarini bildirdi.

***

YoZYoVON tumanidagi 28-sonli musiqa va san’at maktabida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o’rinbosari X.Yodgorov maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari vakillari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, mahalla raislari va maslahatchilari bilan  ochiq muloqot o’tkazdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais o’rinbosari tadbir ishtirokchilariga sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar va yoshlar tarbiyasiga to’xtalib, yaxshi oilada kamol topgan farzandgina Vataniga, oilasiga sodiq bo’lishi, ota-ona mas’uliyatini oshirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini ta’kidladi.

***

Jinoyat ishlari bo’yicha QO’QON ShAHAR sudi sudyasi A.Sheraliev raisligida o’tkazilgan sayyor sud majlisida giyohvandlik moddasini sotish va iste’mol qilish bilan shug’ullangan shaxslar bilan bog’liq ish ko’rib chiqildi.

Sayyor sud majlisida ayblanuvchilarning ko’rsatmalari tinglandi. Mazkur jinoyat ishi bo’yicha ayblov xulosasi o’qib eshittirildi.

– Bularning jinoyat ko’chasiga kirishida mahallaning ham aybi bor, - dedi sud majlisida ishtirok etgan MFY faollaridan biri. – Suddan ularning qilmishi avf etilishini so’raymiz. Mahallamiz fuqarosi Zafarjon Mamayusupovning bu yo’ldan qaytishiga kafillik beramiz. Uni nazoratga olamiz, toki farzandlariga “otasi sudlangan” degan tamg’ani olib bermasin.

Sud majlisida, shuningdek, yig’ilganlarga giyohvandlik illatining zararli oqibatlari, bunday yo’lga kirib qolganlarga beriladigan qonuniy jazo turlari haqida ham tushuncha berildi.