Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SURATLARGA MUHRLANGAN TARIX

×

 2017-06-29 17:27:29    98

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’ona haqiqati” (sobiq “Kommuna”) gazetasi ko’plab jurnalist, yozuvchi, shoir, olimlar, jamoatchi muxbirlarga ustozlik qilgan.

Butun mehnat faoliyatini gazeta ishiga bag’ishlaganlardan biri, samimiy inson Mashrab aka Sarimsoqovdir.

Gazetani suratsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu sohaga qiziqish ustozimizda maktabda o’qigan yillari paydo bo’lgan bo’lsa ajabmas.

Keyinchalik o’qituvchilik faoliyati bilan birga gazetalarda o’z suratlari bilan qatnashib, ijodning eng qiyin, mashaqqatli yo’llari dunyoqarashini yanada o’stirdi. Haqiqatparvar, adolatli bo’lish, doimo to’g’ri so’zlash kabi ota-onasidan olgan fazilatlari, ilg’or fikrlashi, har bir insonga e’tiborda bo’lishi, qiynalganlarga yordam qo’lini cho’zishi, to’g’ri so’zlashi bilan hurmat-e’tibor qozondi.

Fotojurnalistlar ko’pchilikning esida qoladi desam xato bo’lmaydi. Xizmat yuzasidan Bag’dod tumanidan kelayotganimizda Azimobod qishlog’ida bir to’xtab dam olmoqchi bo’ldik. Shunda ustozimiz fotomuxbir Shuhrat aka Olimov yo’l chetida turgan oshqovoqlardan olaylik deb qoldi. Shuhrat aka ziyrak, foydali narsaga tez ko’zi tushadiganlardan. Hamkorimiz Rasuljon Kamolov esa oshqovoqning shifobaxshligi, har qanday dardga davoligini maqtab, uning gapini ma’qulladi. Oshqovoqlarni ajratib tanlay boshladik. Kichik o’g’ilchasimi, nabirasimi bilan turgan o’rta yoshdagi ayoldan narxini surishtirsak, “suratchi muxbirga bepul” deb qoldi. Shunda biz unday bo’lsa, 4-5 tadan olamiz deb hazillashdik. Haligi ayol Mashrab akaga qarab, “paxta terayotganimda rasmimni olib gazetaga chiqargansiz, 20 yildan oshdi, o’shandayam mo’ylabiz bor edi” dedi. Hammamiz kulishdik.

Mashrab aka har qanday masalada faqat to’g’ri, bori-rostini gapirar, ayab o’tirmasdi. Ba’zan undan xafa bo’lishardi. O’zim guvohman. Gohida menga “akangiz” haddidan oshirib yubordi” deyishardi.

“Ustoz o’zi shunaqa” maqtovmi, tanqidmi hech qachon yashirmay haqiqatni ochiq aytib o’rgangan, deb qo’ya qolardim.

Korxonadami, maktabdami, zavoddami, majlislardami, qaerda bo’lmasin, ustoz emin-erkin ishlardi. Butun diqqat e’tiborini eng jonli, go’zal tasvirlar olishga qaratardi. Erta yo indinga gazetada “yonib” turgan surat ostiga qo’yilgan “M.Sarimsoqov olgan surat” yozuvini ko’rganlar “Mashrabjon boplabdi”, deb qo’yishardi.

Mashrab aka surat jonli bo’lishi kerak degan gapni ko’p bora takrorlardi. Bir kuni mashhur xonanda o’z kontsertida mikrofon orqali tezroq o’rtani bo’shatib qo’yishni so’radi. Ustozimiz esa unga bir qarab qo’yib, o’z ishini davom ettirdi. U so’zsiz “gapirish” san’atini ham egallagan edi.

Ayrimlar, ba’zi rahbarlar gazetadagi o’zi haqidagi maqolalarni, fotosuratlarni ham ko’rmaydi. Hatto, rasmni oladi-yu, hech gazetaga chiqarmaydi deb tanbeh ham berib qo’yishadi. Bir safar Qo’qon shahrida shunday holat yuz berdi. Hurmat-e’tibori baland bir rahbar huzuriga kirganimizda hol-ahvol so’rashib bo’lgach, hazil-huzul bilan askiya qilishdik.

– Mayli, gazetaga chiqarmasalaring ham “suratga olaveringlar, biz rozimiz” – deb tanbeh bergan bo’ldi.

Navro’z bayramida o’sha rahbarni xodimlari qurshovida olgan ekan. Tasodifni qarangki, rahbar stoli ustida aynan o’sha rasmli gazeta turganini payqab qolgan Rasuljon: – Mana bu suratdagi odamni taniysizmi, deb qoldi. Rahbar beihtiyor “ie, men-ku” deb yubordi. O’rtada rosa kulgu ko’tarildi.

Ayni paytda umrining qariyb 45 yilini gazeta ishiga bag’ishlagan Mashrab aka Sarimsoqov oilasi, farzandlari, nabiralari, yaqinlari qurshovida umrguzaronlik qilmoqda. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ustozimizni tabriklab, doimo salomat bo’ling Mashrab aka, deymiz.