Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YO’L QOIDALARI KENG TARG’IB QILINMOQDA

×

 2017-07-10 10:56:05    78

PDF yuklash
Chop etish


Avtomobillar sonining ko’payib borayotgani yo’llarda harakat xavfsizligi ta’minlash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bu boradagi tadbirlar samaradorligini oshirishda har payshanba kuni o’tkazilayotgan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» muhim ahamiyatga egadir.

Shu kuni viloyat hududida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, yo’llarda harakatlanish qoidalarini keng ommaga targ’ib maqsadida viloyat IIB yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ham bir qator targ’ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Farg’ona shahridagi  harbiy qism shaxsiy tarkibi o’rtasida yo’l-transport hodisalarining oldini olish, yo’llarda harakatlanish qoidalariga rioya etish yuzasidan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda mavzuga oid ma’ruzalar bilan birga yo’l-transport hodisalari to’g’risida tayyorlangan maxsus videolavha ham namoyish etildi.

Quva  tumanidagi «Javohir omad trans» MChJ yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanadi. Shu kuni mazkur jamiyatda ham rahbarlar, texnik xodimlari va haydovchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Unda yo’lovchi tashish sohasini tartibga solishga oid O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar muhokamasi va ularni bartaraf etish choralari haqida so’z bordi.

Xuddi shu kuni soha xodimlari tomonidan Marg’ilon shahridagi “Marg’ilonavtoustoz”, Bag’dod tumanidagi “Bag’dodavtoustoz”, Dang’ara tumanidagi “Dang’araavtoustoz” tashkilotida haydovchilik guvohnomasi olish uchun tahsil olayotgan o’quvchilar bilan ham yo’l harakati qoidalari, bolalar o’rtasida sodir bo’layotgan yo’l-transport hodisalarining oldini olish mavzularida suhbat o’tkazildi.

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» doirasida viloyatning barcha shahar-tumanlarida o’tkazilgan reydlar davomida 1462 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ularning  17 tasi mast holda transportni boshqarish, 82 tasi tezlikni me’yordan oshirish, 9 tasi svetofor qoidalariga amal qilmaslik, 196 tasi odam tashish qoidasini buzish, 7 tasi telefondan foydalanish qoidalarini buzish, 4 tasi oynani qoraytirish, 372 tasi xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik bilan bog’liq bo’lib, 385 ta qoidabuzar haydovchilarning transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonlariga olib kirildi.