Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EL ROZI BO’LSA – JAMIYAT RAVNAQ TOPADI

×

 2017-07-10 10:58:15    121

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi viloyatimiz aholisi bilan yuzma-yuz muloqotlarda bo’ldi


Ma’lumki, 2016 yilning 23 dekabridan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi ishga tushdi. Aniqrog’i, “Pm.gov.uz” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga aylantirildi.

Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar, xalqning yig’ilib qolgan muammolarini inobatga olgan holda, Prezidentimiz kirib kelgan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi.

Jonli, ochiq muloqotlar, yuzma-yuz uchrashuvlar, samimiy suhbatlar, aniq takliflar. Inson manfaatlari oliy qadriyat sanalgan, kishilarning haq-huquqlari himoya qilinadigan yurtimizning har bir hududida bo’lib o’tayotgan sayyor qabullarda odamlarni qiynab kelayotgan turli muammolarga echim topilmoqda.

 Xalq bilan muloqot odamlar orasiga kirish, hamyurtlarimizning muammolarini tinglash, kishilar manfaatlarini ishonchli himoya qilish demakdir. Muloqot va manfaat tushunchasi esa  xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilga asoslanishi bilan ahamiyatlidir.

Xalq bilan muloqot qilish maqsadida joriy yilning 6-7 iyul kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a’zolari Prezidentimiz nomidan viloyatimizda sayyor qabullar o’tkazdilar.

6 iyul kuni Farg’ona tumanidagi so’lim maskan – “Chinor tagi” istirohat bog’ida boshlangan sayyor qabulda Marg’ilon va Quvasoy shahri, Farg’ona, Toshloq, Quva tumanlari aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o’rinbosari, jinoyat ishlari bo’yicha hay’at sudyasi X.Yodgorov, O.Hayitov, Bosh prokuror o’rinbosari E.Yo’ldoshev, Ichki ishlar vazirining o’rinbosari A.Mirzaev, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov Departamenti boshlig’ining o’rinbosari A.Allamuradov, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarma boshlig’ining o’rinbosari F.Tursunov, Sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari D.Kamilova, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi o’rinbosari G.Ma’rupova va boshqa vazirlik, qo’mitalari rahbariyati ishtirokidagi samimiy muloqotlarda jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’ridan-to’g’ri tinglandi.

Sayyor qabullarda viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev, viloyat hokimi o’rinbosarlari, boshqarma, korxona, tashkilot rahbarlari, joylardagi xalq qabulxonalari mudirlari ham ishtirok etdilar.  

Aholidan eng ko’p tushayotgan murojaatlar uy-joy ta’minoti, ish bilan ta’minlash, salomatlikni tiklash, kredit olish, sud masalalari, fuqarolik bog’liq muammolar, pensiya, aliment va nafaqa yuzasidan bo’layotganligini kuzatish mumkin. Soya-salqin maskanning turli joylarida yo’nalishlarga bo’lingan holda olib borilgan sayyor qabulda 60 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz bilan muloqot olib borildi.

Quva tumanidagi “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Yorqinoy Turdalieva ham sayyor qabulda mutaxassislardan o’z murojaatiga ijobiy javob oldi. Uning 13 yoshli nogiron farzandini ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasi echimini topdi.

– Qizim bilim olishga intiladi, hunarli bo’lishni juda xohlaydi. Uni o’qitish uchun maxsus maktab-internatlarga ko’p qatnadim, – deydi biz bilan suhbatda Yorqinoy Turdalieva. – Afsuski, bu maqsadim ayrim sabablar bilan amalga oshmay qolgan edi. Hozirgi qabuldan xursand bo’lib qaytyapman. Chunki poytaxtdagi maxsus maktabda ta’lim olishi uchun qizimga viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan yo’llanma berildi.

– Bizning mahallamizda istiqomat qiluvchi Tat’yana Kravchenko shahrimizdagi xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edi, – deydi Quvasoy shahar “Ziynat” MFY raisi Halima Alieva. – U o’z murojaatida Moskva viloyatida ishlayotgan qizi Elvira Hayrutdinovaning O’zbekistonga qaytarish uchun moddiy yordam so’ragan. Muloqotda uning iltimosi ijobiy hal etilib, hokimlik, mahallaning homiyligida fuqaromiz Vatanimizga, oilasi va farzandlari bag’riga qaytadi!

Muxlisa Hoshimova 1993 yilda Marg’ilon shahrida tug’ilgan. Bolaligida qarovsiz qolgan qiz shahardagi 1-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalangan. Shu erda tarbiyalangan yigit bilan oila qurib, farzandli bo’lishgan. U bugun shu muassasada mehnat qilyapti. M.Hoshimova sayyor qabulda uy-joy masalasi bilan mutasaddilarga yuzlangandi, unga ham arzon turar-joylardan biri ajratiladigan bo’ldi.

Bugun mamlakatimizda yurtimga nafim tegsin, degan odam kam bo’lmayapti. Tadbirkorlarning turli muammolari hal etilmoqda. Ayniqsa, sarmoya va ish samaradorligini oshirish borasida ishbilarmonlarimiz har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotir.

 Qabulda ayni shu yo’nalishdagi murojaatlar ham ko’rib chiqildi. Marg’ilonlik Abdupattoh Nurmatov etakchilik qilayotgan “Ziyo boqiy baraka” korxonasida 2014 yildan buyon trikotaj mahsulotlari to’qilib, ulardan sifatli mahsulotlar tayyorlanmoqda. 87 nafar ishchi faoliyat olib borayotgan korxona mahsulotlari Rossiya va boshqa xorij mamlakatlariga eksport qilinyapti. Tadbirkor o’z faoliyatini yanada kengaytirish uchun qo’shimcha joy masalasi ko’pdan buyon hal bo’lmayotganligini ta’kidladi. Uning muammosi ham o’z o’rnida echim topgani esa shu kungi sayyor qabulning natijasidir.

– Shahar hokimligi va yana bir qancha tashkilotlarga bu masala bo’yicha ko’p marta murojaat etgan bo’lsam-da, ijobiy javob ololmayotgandim,  – deydi tadbirkor A.Nurmatov. – Mana, Marg’ilon shahrida tashkillanayotgan kichik sanoat zonasidan bizning korxona uchun ham nihoyat, joy ajratiladigan bo’ldi. Bu loyiham orqali 400 ta bo’sh ish o’rni yaratishni maqsad qilganman. Shahrimiz va viloyatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirishga o’z hissamni qo’shmoqchiman.

– Ukam Ma’murjon Olimovda o’tgan yili saraton tashxisi aniqlandi. Viloyat onkologiya dispanserida ham uni davolashning imkoni yo’qligini aytishdi, – deydi Quva tumanidan kelgan yana bir yurtdoshimiz Saboxon Olimova. – Bugungi qabulda respublika tibbiyot tizimi vakillari tomonidan berilgan maslahat va amaliy yordam tufayli mamnun bo’lib qaytyapman. Ukamni poytaxtda jarrohlik yo’li orqali davolanishi mumkinligini ta’kidlashdi. Bunday samimiy, oddiy muloqot uchun, g’amu tashvishlarimizni bemalol to’kib-solishga imkoniyat yaratib bergani uchun Prezidentimizga rahmat aytaman.

– Nevaram Abdusalom Mahammadaliev 9 yoshda. Uning boshidagi neyrofibromatoz o’simtasini davolash uchun ko’p yugurganmiz. Viloyat mutaxassislari ko’ruvidan so’ng respublika onkologiya markazida jarrohlik amaliyoti o’tkaziladigan bo’ldi. Nevaram ham darddan xalos bo’lib, sog’lom bolalar qatori qo’shilishini xohlayman va bu savobli ishga hissa qo’shayotganlarning barchasidan minnatdorman, – deydi mamnuniyat bilan marg’ilonlik Mahammadjon Mirzaev.

Fuqarolikka qabul qilish, horijga chiqish, vizalarni rasmiylashtirish masalalari bo’yicha ham ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. Xususan, qabulda ishtirok etgan hududlar aholisi hayotida ham shu bilan bog’liq muammolar uchrab turadi. Quvasoy shahar, Nayman MFYda istiqomat qiluvchi Zamira Burkashevaning ham ana shu yo’nalishdagi murojaati e’tiborsiz qolmadi.    

Joylarning o’zida boshqarmalar rahbarlari, mas’ul mutasaddilar ishtirokida muammolarga echim topilib, uni bajarish muddati belgilanganligi fuqarolarda davlatimizga nisbatan ularning ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Yurtdoshlarimiz esa hech bir murojaat e’tibordan chetda emasligini dildan his etyaptilar.

–  Xalq qabulxonalariga kelayotganlarning keti uzilmaydi. Bu holat odamlarda muammolarning ko’payayotganligidan emas, balki davlatga nisbatan xalqning ishonchi ortib borayotganidan, ular bilan samimiy muloqot shakllanayotganidan darak beradi, – deydi Davlat test markazi bo’lim boshlig’i Zafarbek Olimbekov. – Murojaatlar orasida oliy ta’lim tizimiga oid ariza va shikoyatlar ham anchagina. Xorijdagi oliy ta’lim muassasi tomonidan berilgan hujjatlar ekvivalentligini tasdiqlash, ana shu tarzda olingan diplomlarni nosterifikatsiya qilish va shu kabi boshqa masalalarda 12 nafar fuqaro bilan suhbatlashdik. Ularga murojaatlarning qonuniy tartibda qanday hal etilishi haqida aytib, tegishli tavsiya va ma’lumotlarni berdik.

Fuqarolarning o’z dardini ochiq-oydin bayon eta olishi demokratiyaga asoslangan davlatning bosh tamoyili sanaladi. Xalqning dardidan xabardor bo’lib turish, yaxshi bilamizki, mamlakat hayotidagi barqarorlikni ta’minlaydigan hamda xalqning hukumatga va yurtning ertangi kuniga ishonchini mustahkamlaydigan muhim omildir.

Bu kabi uchrashuvlarda, muloqotlarda xalqning ko’nglida gaplar ko’pdan yig’ilib qolganiga qayta-qayta amin bo’lyapmiz. Xalq qabulxonalariga va sayyor qabullarga kelayotganlarning ko’pchiligi chindan ham asosli shikoyat va talablar bilan murojaat qiladi. Lekin ba’zan ular orasida noo’rin talablar, puch da’volar bilan kelayotganlar ham yo’q emas. Afsuski, shunday murojaat qiluvchilar ham borki, ularning talablarini qonun ko’tarmaydi. Shunday bo’lsa-da, xalq qabulxonalarida va sayyor qabullarda  ularning talablari amalga oshishi mumkinligi tushuntirilmoqda, zarur maslahatlar berilyapti. Fuqarolarga yangi qabul qilingan qonunlar, qaror va farmonlar mazmun-mohiyati ham tushuntirib berilmoqda.

Xa, uzoqni ko’zlagan xalqning qalbida g’ayrat va shijoat ham shunga yarasha yuksak va ulug’vor bo’ladi. Mamlakatimizda kechayotgan bugungi shiddatli jarayon, qo’lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar buyuk kelajagimiz sari yangi ufqlarni ochmoqda.

***

Sayyor qabullar kunning ikkinchi qismida viloyat Tadbirkorlar markazida davom etdi. Uni olib borgan Prezident Devoni Sho’’ba mudiri Ulug’bek Muhammedov mamlakatimizning 93 ta shahar va tumanlarida 110 ta shu kabi sayyor qabullar o’tkazigani, 10 mingdan ziyod fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib tashkil etilib, ulardan 7 mingdan ziyodining muammolari ijobiy hal qilinayotganligini aytib o’tdi. Biroq, murojjatlar asosli, qonuniy bo’lishi lozimligini ta’kidladi.

MEHNATGA YaROQSIZ, UYGA EHTIYoJMAND NOGIRONLARGA PREZIDENTIMIZ TOMONIDAN ALOHIDA IMTIYoZ YaRATILDI

Respublika ishchi guruhlari va viloyatimiz vakillari birgalikda o’rganishlar asosida, uy-joyga o’ta muhtoj bo’lgan  27 nafar nogiron  xotin-qizlarga yangi qurilayotgan uylardan turar-joy ajratishga qaror qilindi va dastlabki to’lovlari uchun ularning sharoitiga qarab 10 million so’mdan 18 million so’mgacha Prezident mablag’lari ajratib berildi. 

Yuqoridagi ayollarning maxsus kiyimlar, etaklar, qo’lqoplar, choyshablar tikib, kasanachilik qilishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi. Ularga sayyor qabulda tikuv mashinasi va nogironlik aravachalari topshirildi.

Aksariyat yurtdoshlarimizning jismoniy imkoniyat cheklanganiga qaramasdan, o’z mehnati va ishbilarmonligi bilan boshqalarga bemalol namuna bo’la oladi.

Masalan, Marg’ilon shahrining “Yovqochar” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Sohibaxon Sharopovaning tikuvchilik mahoratini barchaga ibrat qilib ko’rsatsa arziydi. Uning 3 sotixli xonadonida 7 nafar kishi yashaydi. Oilaviy sharoiti, turmush tarzi o’rganilgandan so’ng S.Sharopova Prezidentimiz tomonidan ajratilgan moliyaviy mablag’ orqali yangi uy-joyga ega bo’ldi. Shaharning “Ipak yo’li” mahallasida yashovchi Fotimaxon Muqimova ham xuddi shunday imtiyozga loyiq deb topildi.

– O’zim ikkinchi guruh nogironiman. 7 sotixli xonadonimizda 4 ta oila – 20 nafar kishi istiqomat qilamiz. Mendan tashqari ham nogiron va mehnatga layoqatsiz yaqinlarim bor. Shu sababli tikuvchilikni yo’lga qo’yganmiz. Prezidentimiz tomonidan ajratib berilayotgan uy-joylardan bizga ham nasib etganidan g’oyatda shodman, – deydi opa quvonch bilan.

Ana shunday samimiy minnatdorchiliklarni Yozyovon tumanilik Feruzaxon Hamrolieva, Zulfiyaxon Xolmatova, Otabek Nurmatov, Toshloq tumanidan Dilafruz Qambarova, Mavluda Mamasidiqovalar ham izhor etdilar.

– Yurtboshimizga rahmat, faoliyatimni rivojlantirishim uchun bugun menga tikuv mashinasi tuhfa qilindi, – deydi quvasoylik Mohigul Ermatova. – Ko’p yillardan beri parda va liboslar tikib kelaman. Bu yumushda singlim menga yaqin ko’makchi. Bunday e’tibor va g’amxo’rliklardan so’ng yurtimiz taraqqiyoti yo’lida yanada ko’proq izlanib, mehnat qilishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.

         Quvasoy shahrining “Huvaydo” mahallasida yashovchi ikkinchi guruh nogironi Masturaxon Yusufjonova ham quvonch ko’z yoshlarini yashirolmay shunday deydi:

– Ochig’i, oilaviy sharoitimiz og’irligi, tashvishlar sabab hayotdan umidimni uzib qo’ygandim. Xalqimiz manfaati yo’lida shuncha ishlar amalga oshirilayotganini his qilib, hayotiy qarashlarim umuman ijobiy tomonga o’zgardi. Bizga uy-joy ajratib berildi, tikuv mashinasiga ham ega bo’ldim. Hammasi uchun rahmat. Vatanimiz bundan ham gullab-yashnayversin!  

Yozyovon tumanida “Gaston” MFY, “Oromgoh” ko’chasi, 52-xonadonda istiqomat qiluvchi Zulfiya Xolmatova 2-guruh, turmush o’rtog’i Otabek Nurmatov esa 1-guruh nogironi. Yuqoridagi xonadonda uch oila birga yashaydi. Yozyovonlik tikuvchi Z.Xolmatovaga arzon uy-joylar ajratilib, uning boshlang’ich to’lovi uchun 10 million tushirib berildi.

Gavharoy Saydalieva qo’shtepalik. U “Xalqabod” MFYga qarashli 22-xonadon sohibasi, 3-guruh nogironi. Ammo olma pish, og’zimga tush, deydiganlardan emas. Chevarchilik qiladi, erkak va ayollar liboslari uchun tinmay buyurtmalar oladi. Uch farzandning onasi bo’lgan xonadon sohibasi bugungi kunda paxta terishga mo’ljallangan etaklarni tikmoqda. Turmush o’rtog’i 1-guruh nogironi, qaynog’asi ham mehnatga layoqatsiz, qaynonasi bir joyda yotadi. Nolishni yomon ko’radigan, boqimandalikni havas qilmaydigan bu ayolning yashash sharoiti viloyat, Respublika ishchi guruhi tomonidan o’rganilib, unga ham turar-joy uchun boshlang’ich to’lov shakllantirildi, tikuv mashinasi hadya etildi.

So’xning “Demursad” mahalla fuqarolar yig’ini, “Tabobat” ko’chasida ko’zi ojizgina 1-guruh nogironi Orastaxon Qurbonova yashaydi. Turmushidan ajralgani uchun anchadan beri 2 nafar farzandi bilan ukasining xonadonida turadi.

– Chekka bir qishloqdagi mendek bir ayolning holidan xabar olinib, uy-joy ajratilishi ko’nglimni tog’ qadar ko’tardi, – deydi Orastaxon nim tabassum bilan. – Ukamning uyida bir necha yildan buyon yashab kelmoqdaman. Lekin u ham o’g’illarini uylashi uchun men uyni bo’shatishim kerak edi. Katta muammom hal bo’ldi, Yurtboshimizga qandoq minnatdorchilikni bildirishni bilolmay, hayajondaman. Hammasi uchun rahmat!

Yillar davomida hamisha ijarada yashab kelgan, 2-guruh nogironi Umidaxon Tojiboevaning sabri va matonatiga qoyil qolsa bo’ladi. Ikki farzandni oq yuvib, oq taragan, 2-guruh nogironi bo’lgan turmush o’rtog’i Rustam Tojiboevni doimo mehr bilan parvarishlagan bu ayol hech bekor turmaydi. Pishiriq pishiradi, nevaralariga ham tarbiya beradi. Arzon turar-joylar uchun boshlang’ich to’lovning unga ham shakllantirilib berilishi odamlarni rozi qilib yashash pirovard maqsadimiz degan tushunchaning amaldagi ifodasidir.

Shundan so’ng xalq qabulxonasi va Prezidentning virtual qabulxonasiga murojaat etgan fuqarolar turli yo’nalishlar bo’yicha mutasaddi vazirliklar rahbarlari bilan uchrashdilar.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Majburiy ijro byurosi, Markaziy bank departamenti, Oliy va o’rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi vazirliklari, Davlat soliq qo’mitasi, “O’zbekeenrgo” AJ, “JM Uzbekistan”, “Mahalla fondi, “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi boshqarmalarining mansabdor shaxslari tomonidan arizalar o’rganilib, yurtdoshlarimiz murojaatlariga shu erning o’zida echim topilayotganligi ularni xursand qilmoqda.

–  Anchadan beri firibgarlar qo’liga o’tib qolgan uyimni qaytarib ololmay xunobman, – deydi Farg’ona shahridagi Sharof Rashidov nomli ko’chasida istiqomat qiluvchi O’ktamxon Abdurahimova. – Respublika Oliy sudi vakillari janjalli bu masala qonun doirasida o’rganilib, ijobiy tomonga hal bo’lishida yordam berishdi. Adolat qaror topayotganligidan judayam suyinyapman, buning uchun Prezidentimizga oilamiz nomidan tashakkurimni aytaman!

***

7 iyul kuni Buvayda tumanidagi “Nuroniylar bog’i”da Uchko’prik, Bag’dod, Buvayda, Rishton tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o’tkazildi. Prezident Devoni Sho’’ba mudiri Ulug’bek Muhammedov, vazirliklar rahbar xodimlari, viloyat hokimi Shuhrat G’aniev, viloyat hokimi o’rinbosarlari, boshqarma, tashkilot va korxonalar boshliqlari ishtirokida o’tkazilgan ochiq muloqotlarda fuqarolarning murojaatlari o’rganildi.

– Mening ish masalasidagi murojjatim bugungi qabulda ijobiy natija bilan yakunlandi, – deydi sevinch bilan bag’dodlik Latofat Nabijonova. – Tuman bandlikka ko’maklashish markaziga mehnat inspektori bo’lib ishga joylashganimdan judayam xursandman. Samarali mehnat qilib, Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga bir yosh sifatida va’da beraman!

Uchko’prik tumanidagi “Oq oltin” MFYda istiqomat qiluvchi Oltinoy Mahkamova aktsiya masalasidagi o’z murojaatiga ham qoniqarli javob oldi.

***

O’zbekiston tumanidagi “Qaynarbuloq” dam olish maskanida o’tkazilgan sayyor qabulda qo’qonlik, dang’aralik, o’zbekistonlik, beshariqlik, furqatlik fuqarolar ishtirok etdilar.

Beshariq tumanidagi “Beshkapa” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Muhammadjon Madaliev o’z murojaatida nevarasi falaj ekanligi, davolatish uchun mablag’i yo’qligini bayon etgan.

Sayyor qabulda Sog’liqni saqlash mutasaddilari va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbarlari yordami bilan M.Madalievning arizasi qondirilib, bemorning davolanishi uchun poytaxtga yo’llanma va moddiy mablag’ ajratiladigan bo’ldi.

Qo’qonlik Shahnoza Xolmirzaeva esa farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirolmay yurgan edi. Xalq ta’limi vazirligi xodimlari yordamida uning bolasi Qo’qon shahridagi 32-maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanish imkonini qo’lga kiritdi.

Maftuna Mullajonova o’zi istiqomat qilayotgan Qo’qon shahirdagi “Sarboz” ko’chasi, 16 A-uyda  tabiiy gazdan etishmovchilik bor ekanligini bildirib, xalq qabulxonasiga murojaat qilgan. Mutaxassislar ko’magi bilan alohida gaz quvuri tortilib, boshqa uylar singari Maftuna yashaydigan ko’pqavatli uy ham gaz bilan to’liq ta’minlanishidan murojaatchi xursand.

O’zbekiston tumanidagi Yaypan shaharchasida yashovchisi Nigora Shodievaning onasi nogiron. Respublika ishchi guruhi tomonidan bu xonadon o’rganilganda, tikuv mashinasi va uy-joy uchun boshlang’ich mablag’ bilan ta’minlanishga loyiq deb topildi. Kasanachilik asosida uy sohibalari ish bilan ta’minlanadigan bo’ldi.

Yana shu tumandan Enaposhsha Xolmatova, Dang’ara tumanidan Qunduzxon G’ofurova, Buvayda tumanidan Muyassar Ro’zmatova Furqat tumanidan Yoqutxon O’rinovalar ham ishchi guruhining eng nochor xonadonlar ro’yxatiga kiritilib, uy-joy uchun avans, tikuv mashinalari berilgani ularning oilalariga yangi hayot bag’ishladi.

Ha, muloqotlar, sayyor qabullarning barchasi aholining davlatimizga bo’lgan  ishonchi ortishiga xizmat qilayotganligini ta’kidlash o’rinli. Har bir murojaat ortida inson manfaati, uning taqdiri yotganligini anglash fursati allaqachon keldi!

Bu kabi ezgu sa’y-harakatlar kishilar manfaatlari ta’minlanishiga, turmushimiz, hayotimizning sifati va darajasi oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Xalq rozi bo’lsa, jamiyat ravnaq topadi degan tushuncha qalbimizga singib borsa, bunga har birimiz amal qilib yashasak ertaga nurli manzillarga birga boramiz!