Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSHLAR - BUYUK ISTIQBOL BUNYODKORLARI

×

 2017-07-17 12:04:11    129

PDF yuklash
Chop etish


ularni Vatan manfaatlari yo’lida birlashtirish, yuksak marralar sari ruhlantirish Vatan kelajagini bunyod etishdek oliy maqsad bilan mushtarakdir

 

Mamlakatimizda O’zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi yurtimiz yoshlari hayotida ulkan burilish  yasaydigan, ularning qalbiga yangicha ruh, shijoat va intiluvchanlik hissini baxsh etadigan muhim voqelik sifatida e’tirof etilayotir.

Ittifoqning munosib etakchilarini tanlab olish, ertamiz egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilishiga ko’maklashish esa davlatimiz va keng jamoatchilik oldidagi g’oyat muhim vazifalardan biridir.

Viloyat Tadbirkorlar markazining majlislar zalida bo’lib o’tgan O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig’ilishida ayni shu masala kun tartibiga qo’yildi.

Unda viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev ishtirok etdi va nutq so’zladi.

-Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, yoshlar masalasi, bu hayot-mamot masalasidir, – dedi viloyat rahbari o’z nutqida. – Bugun O’zbekiston yoshlar ittifoqiga juda katta imtiyozlar berilib, ulkan ishonch  bilan qaralayotgan davrda uning oldida turgan muhim vazifalarni ado etishda bee’tiborlik va sustkashlik qilishga hech kimning haqqi yo’q. Viloyatimizda o’tgan yillar davomida yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, kamchilik va muammolarni bartaraf etish, yoshlar qalbiga kirib borish, ularning orzu-intilishlariga keng yo’l ochish, bir so’z bilan aytganda, muhtaram Prezidentimiz umid qilgan, Vatanning chinakam tayanchi va suyanchi bo’la oladigan navqiron avlodni kamolga etkazish har qachongidan dolzarb vazifa ekanligini unutmasligimiz darkor. 

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o’rinbosari Dilnoza Kattaxonova barchani o’n milliondan ortiq o’g’il-qizlarni ezgu va ulug’vor maqsadlar yo’lida birlashtiradigan, yoshlar taqdiri va kelajagi uchun mas’ul bo’lgan yangi tashkilot – O’zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilganligi bilan qutlab, Yurtboshimizning joriy yil 5 iyul kuni qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni yurtimizda hech kimdan kam bo’lmagan etuk va barkamol avlodni tarbiyalash yo’lidagi islohotlarni yangi bosqichga ko’targani, unda ko’zda tutilgan har bir imtiyoz va yaratilgan sharoitlar zamirida davlatimiz va Prezidentimizning katta ishonchi yotganligini ta’kidladi.

Farg’ona Davlat universiteti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Zulfiya Mamajonova, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabasi Muhammadbobur Manasovlar bildirilgan yuksak ishonchga munosib bo’lishga yoshlar nomidan so’z berishdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi etib Adham Ahmedov saylandi. 

Farg’onalik yoshlar qalbidagi jo’shqinlik, shijoat va dadillik ularning o’z taqdiri, ertangi kuniga bo’lgan umidi, baland orzulari ro’yobi, muzaffar qadamlaridan nishona berib turibdi. Zero, yoshlar – buyuk istiqbolimizning bunyodkorlari. Ularni, avvalo, Vatan manfaatlari yo’lida birlashtirish, yuksak maqsadlar sari ruhlantirish esa O’zbekistonning  yorqin kelajagini qurishdek oliy maqsad bilan mushtarakdir.