Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MA’NAVIYAT – ENG TA’SIRCHAN VA QUDRATLI QUROLIMIZ

 2017-07-17 12:05:03    213

PDF yuklash
Chop etish


Ma’naviyat insonni jaholatdan qaytaruvchi,  o’sib kelayotgan yosh avlodni inson va Vatan qadrini anglash, unga sadoqatli bo’lish, istiqbol uchun ulug’vor maqsadlar qo’yishga undovchi engilmas kuchdir.   Bugungi shiddatli zamon, tobora rivojlanib borayotgan axborot asri, yangi va izchil islohotlar jarayonida ma’naviyat va uning targ’iboti ahamiyati haqida Respublika  Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi rahbari Xursanoy Islomova bilan suhbatlashdik.

-Xursanoy Nizamovna, xalqimiz azaldan ma’naviyat tushunchasini o’ta muhim va toabad qadrli tamoyil sifatida baholaydi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ma’naviyat masalasi millat va xalq rivojlanishi, kamolotga erishishining birdan bir to’g’ri yo’li deb tanlanishi zamirida buyuk kelajakni mustahkam asos bilan yaratish orzusi mujassam edi va biz bu borada kutilgan natijalarga erishdik. Ayting-chi,  bugungi har tomonlama murakkab, insoniyat, ayniqsa, yoshlar ongi-tafakkuriga jiddiy tahdidlar solinayotgan  bir davrda Ma’naviyat targ’ibot markazlari zimmasidagi vazifalar nimalardan iborat?

-Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” tamoyili ostida amalga oshirilgan ezgu islohotlar chindan ham o’zining munosib samaralarini berdi. Bugun ma’naviyat, ma’rifat mayog’i ostida tarbiyalangan elimiz farzandlari turli sohalarda dunyoni lol qoldirayotgani ham ayni haqiqat.

Ma’naviyat yo’lini tanlash, mana chorak asrdan ziyod vaqt mobaynida eng to’g’ri qaror ekanligi amalda isbotlandi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatidagi Sulton Uvays yodgorlik majmuasiga qilgan tashrifi chog’ida ajdodlarimizning ma’naviy va ma’rifiy me’rosi mavzusida so’z yuritgani ham bejiz emas. Zero, ma’naviyati tiklangan, qadr topgan xalqning o’z kelajagiga bo’lgan ishonchi va qat’iyati ham mustahkam bo’ladi.

Hozirda respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining viloyat bo’limi aholi va yoshlar hayotidagi muhim masalalar – xalq bilan o’tkazilayotgan ochiq muloqotlarning ma’naviy-axloqiy asoslarini keng targ’ibot qilish, yosh avlod ongi va tafakkuriga jiddiy xavf solayotgan ma’naviy tahdidlarga qarshi faol kurashish, ularning iste’dodini qo’llab-quvvatlash maqsadidagi ko’rik-tanlovlar tashkil etish, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga ko’maklashish, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash kabi ishlarga e’tibor qaratmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni asosida tayyorlangan Davlat dasturida belgilangan ustuvor yo’nalishlardan kelib chiqqan vazifalarimiz ham ancha salmoqli. Masalan, “Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish”, “Sharq ayolining kechagi va bugungi qiyofasi”, “To’ylarimiz, urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz”, “To’y madaniyati va yoshlar barkamolligi” mavzularida davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etish orqali oila ma’naviyatini yanada yuksaltirishni maqsad qilganmiz. Qolaversa, Ma’naviyat targ’ibot markazi o’z zimmasidagi vazifalar ko’lamidan kelib chiqib, “Har bir oila – ma’naviyat qo’rg’oni”, “Kitobxonlik – ma’naviyat sari qo’yilgan qutlug’ qadam”, “Ma’naviyat – diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi qudratli g’oyaviy qurol”, “Ma’naviyat va ma’rifat – har bir ta’lim bitiruvchisining qo’sh qanoti” singari targ’ibot loyihalari ustida ish olib bormoqda.

-Ma’lumki, kitob o’qish ma’naviy yuksalishning birinchi va asosiy shartidir. Bu masala markaz faoliyatida qanchalik ustuvor?

-Shubhasiz, faoliyatimizning eng qaynoq pallasi kitobxonlik tadbirlarida kechadi. Bugun yoshlarimiz Ma’naviyat targ’ibot markaziga, avvalo, kitob va kitobsevarlik targ’ibotchisi sifatida qaraydilar. Bizning talabimiz ham, rag’batimiz ham kitob bilan. Birgina misol, joriy yilda o’tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining viloyat bosqichida 11 ta yo’nalishda 900 nafarga yaqin kitobsevar, ijodkor yigit-qizlar ishtirok etgan bo’lsa, festivalning respublika bosqichiga yo’llanma olgan 70 ga yaqin g’olib va sovrindorlarga  eng qimmatli sovg’a – kitoblar jamlanmasi topshirildi.  “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostidagi an’anaviy kitob bayramlari, uning doirasida  tashkil etilgan  “Eng jajji kitobxon”, “Eng keksa kitobxon”, “Eng ko’p kitob o’qiydigan maktab”, “Eng ko’p kitob o’qiydigan oila” nominatsiyalarining g’oliblari aniqlanib, rag’batlantirilayotgani kitobga xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishning asosi sifatida qaralayotganidan dalolatdir va bu ezgu, samarali an’ana doimiy amalda.

Yaqinda muhtaram Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvi va yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha bildirgan keskin va tahliliy fikrlari yoshlarning barcha qatlamlari bilan tizimli ishlar tashkil qilishga da’vat etayotir. Va biz yoshlarning barcha qatlamlari, ayniqsa, nofaol va uyushmagan o’g’il-qizlarga birdek e’tibor qaratish lozimligini angladik. Bu borada “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ijodiy ishlar ko’rik-tanlovi, “Din va ma’naviyat”, “Odam savdosi -davr muammosi”, “Chekmasdan yoshlik gashtini sur”, “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir loyihalari o’zining ommaviyligi va ta’sirchanligi bilan keng yoshlar ommasini qamrab olayotgani quvonarli.

-Ayni kunlarda respublikamiz bo’ylab eng ulug’ va eng aziz bayram -istiqlolimizning 26 yillik tantanalari o’zgacha ruh va ko’tarinkilik bilan o’tkazilishiga qizg’in tayyorgarliklar ketmoqda. Bu oliy tadbirda Ma’naviyat-targ’ibot markazi ham o’z o’rnini ko’rsatishi va qutlug’ kunga munosib ulush qo’shishi kerak.

– Albatta. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida o’tkaziladigan keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot tadbirlari rejasini ishlab chiqdik. Unda istiqlolimiz tantanalarini milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizga mos ravishda, yuqori saviyada tashkil etish hamda aholining barcha qatlami vakillari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar o’tkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat targ’ibot guruhlarini shakllantirish, shuningdek, “Eng katta boyligimiz – tinchlik va barqarorlik”, “O’zbekiston dunyo nigohida”, “Qudratimiz – birlik va hamjihatlikda”, “Mustaqillik – bu huquqdir” shiorlari ostida joylarda targ’ibot-tashviqot tadbirlarini o’tkazish kabi ezgu ishlar ko’zda tutilgan. Mustaqillik bayrami doirasida viloyatimizdagi yolg’iz, nogiron keksalar va kam ta’minlangan oilalar, urush va mehnat faxriylari holidan xabar olish hamda ular ishtirokida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, viloyatimizning chegara hududlaridagi mahallalarda yoshlarga o’zining ibratli hayot yo’li, ish faoliyati bilan namuna bo’ladigan keksa avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”ning o’tkazilishi ham mustaqillik farzandlari qalbida shu muqaddas vatanga muhabbat, tinch va baxtli hayot uchun shukronalik hissini jo’sh urdirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Mustaqilligimiz me’mori Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan Birinchi Prezidentimizning “O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” shiorining mazmun-mohiyati keng targ’ib qilish, “Islom Karimov – millatlararo totuvlik g’oyasi tashabbuskori”, “Taraqqiyotning O’zbek modeli – farovon hayotimiz dasturi”, “Islom Karimov – ma’naviy jasorat sohibi”, “Islom Karimov va yoshlar” mavzularida davra suhbatlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish orqali u zot ruhi oldida hurmat bajo keltirish, ozodlik ham, obodlik ham o’z-o’zidan kelmagani,  hur va farovon kunlar uchun minnatdorlik tuyg’usini anglashga intilamiz.

Xulosa qilib aytganda, buyuk istiqbolga intilgan, shaxdi baland xalq uchun eng ta’sirchan va qudratli qurol -ma’naviyatning faol targ’ibotchilari istiqlolimizning yigirma olti yillik to’yiga munosib tuhfalar hozirlashga shay.