Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUSTAQILLIK SHUKRONASI – SHOD ELNING TARONASI

×

 2017-07-25 18:33:12    116

PDF yuklash
Chop etish


O’tayotgan har bir kun Ozod Vatan tarixi sahifalariga bunyodkor elimizning orzu-intilishlari, ezgu-maqsadlarini zarhal harflar bilan muhrlamoqda. Zotan, tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan yurtda mard, bag’rikeng, olijanob xalqning hayoti ham  shukronalik tuyg’ulari bilan yo’g’rilgandir.

Viloyatimizning barcha hududlarida o’tkazilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar doirasidagi “Mustaqillik shukronasi” shodiyonalari xalqimizning ulug’ va ardoqli ayyomi-Istiqlol bayramiga tayyorgarlikning eng munosib va betakror ifodasidir. Uch yildan buyon ana’anaviy tus olgan mazkur madaniy tadbir respublikamiz viloyatlari ichida birinchi tashabbusning amaliy ifodasi bo’lib, unga aholiniing keng qatlami jalb etilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentiniing “O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib shahar va tumanlardagi madaniyat bo’limlari, madaniyat va aholi dam olish markazlariga etkazildi.

Bugungi kunda viloyatimizda 48 ta namunali xalq ansamblari faoliyat ko’rsatadi. Ushbu ansambllarda 1500 nafardan ziyod havaskor xonanda, sozanda, raqqosalar ijodiy repertuarlari bilan madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishadi.  O’tgan yillar mobaynida Quva tumanidagi “Quva anori” va “Zebo”, Qo’shtepa tumanidagi “Kabutar”, Oltiariq tumanidagi “Zilol”ashula va raqs dastalari,  “Qo’qon yor-yori”, “Chodirjamol” folklor etnografik  ansambllari ijrochilarining mahorati respublika miqyosida tanlovlarda yuqori baholandi va ular oliy o’rinlarga sazovor bo’lishdi. Ayni paytda viloyatimizning shahar-tumanlarida bo’lib o’tayotgan “Mustaqillik shukronasi”, “Mustaqillik oqshomlari” kontsert dasturlarida ana shu havaskor ijrochilarning chiqishlari elimiz tomonidan olqishlar bilan kutib olinmoqda.

Viloyatimiz bo’ylab etti kun davom etgan “Mening O’zbekistonim” festival “O’zbekkontsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda tashkillandi. Ayniqsa Beshariq, Farg’ona, Qo’shtepa, Yozyovon tumanlari madaniyat va istirohat bog’larida  o’tkazilgan festival minglab tomoshabinlarni qamrab oldi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar To’lqin Haydarov, Abdulhay Karimov, “Nihol” mukofoti sovrindori Shahlo Rustamova, taniqli xonandalar Otabek Muhammadzohid, Shohruh Mirzo, Rahmatilla Yusupov, kulgi ustalari, raqqosalarning ijrolari barchaga zavqu shavq ulashdi.

Festival doirasida Farg’ona shahridagi Ahmad Farg’oniy nomidagi bog’ majmuasidagi alloma haykali joylashgan maydonda Farg’onada ijod qilayotgan shoirlar va sport yulduzlari bilan yoshlarning uchrashuvi juda hayajonli kechdi. Shoir Rustam Iskandarning vatan, ona-yurt haqidagi she’rlari, boks bo’yicha Osiyo chempioni Lazizbek Mullajonovning yoshlar bilan qizg’in muloqoti, uning  shu yurt farzandi bo’lganligidan faxr va iftixor qilishi yuzlab tengdoshlari qalbini to’lqinlantirdi.

Kuni kecha Islom Karimov nomidagi Teatr-kontsert saroyida namoyish etilgan kontsert dasturida 20 nafar estrada xonandalarining chiqishlarini 2000 nafardan ziyod farg’onaliklar zo’r ishtiyoq bilan qarshi oldilar. Qo’shiq va raqs taronalari avjiga chiqdi. San’atsevar yoshlar xonandalarga jo’rovoz bo’ldilar.

“Mustaqillik shukronasi” madaniy tadbirlari shahar va tumanlarning madaniyat va istirohat bog’larida, shuningdek chekka hududlarda, qishloq markazlarida ham tantana bilan o’tkazilmoqda. Dang’ara sanoat kasb-hunar kollejida o’ninchi marotaba tashkil etilgan shukronalik shodiyonalarida kattayu kichik, mahallaning kayvoni onaxonlari, nuroniylari,  faollari, el ishiga kamarbasta insonlar qatorida tarbiyasi og’ir bolalar, to’g’ri yo’ldan adashgan yoshlarning oilalari a’zolari ham qatnashdilar. Zero, xalqimiz qadriyatida bir-biriga suyanchiq, elkadosh bo’lib yashash, taqdirdan toyilganni suyashdek insoniy xislat keng tomir yoygan. Har bir tadbirda 200 nafardan ziyod aholi turli qatlamlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.

Madaniy  tadbirlarda vodiyda yagona sanalgan “Sharq” xalq tsirk guruhining chiqishlari alohida e’tiborga loyiqdir, – deydi  Dang’ara tumani madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy rahbari Zamiraxon Turonova. – Guruh ijrosidagi janglerlik san’ati, muvozanat saqlash, narvonga chiqish o’yinlarini hayrat va maroq bilan tomosha qilishmoqda. Yaqinda “Dilnavoz” ashula va raqs dastasi qoshida “Doni g’aram” folklor jamoasini tashkil etdik. 22 nafar folklor qo’shiqchilarimiz marhum ustozimiz O’zbekiston xalq artisti Rahimaxon Mazohidova qo’shiqchilik an’anasini davom ettirib, viloyatimizning nufuzli tadbirlari, bayram tantanalarida ijrochilik mahoratlarini namoyon etmoqdalar. Ular kuylagan xalq laparlari, alyorlar hademay Mustaqillik bayramimizda ham baralla yangraydi.

Darhaqiqat, Istiqlol bayrami shukuhi kezayotgan har bir go’shada ijodiy mehnat, izlanish va intilish bor. Mustaqillik shukronasi esa hamisha, hamroz bo’lib elimiz izhorlarida yangrayveradi.