Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“ISTE’DOD VA E’TIQOD” TANTANASI

 2017-07-25 18:34:40    78

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qarorida mamlakat teatrlarining “Seni kuylaymiz, zamondosh!” ko’rik festivalini yuksak saviyada o’tkazilishi lozimligi alohida ta’kidlangan edi.

Kuni kecha Toshkentdan xushxabar keldi. O’zbekiston teatrlarining “Seni kuylaymiz, zamondosh!” 4-respublika ko’rik-festivali o’z nihoyasiga etdi.

Festivalda Farg’ona viloyat musiqa darama teatri jamoasining “Iste’dod va e’tiqod” spektakli faxrli ikkinchi o’rinni egalladi va ikkinchi darajali diplom hamda mahsus sovg’a bilan taqdirlandi. Birinchi o’ringa respublika Milliy akademik drama teatrining “Imon” spektakli loyiq deb ko’rilganini inobatga olsak, ikkinchi o’rin naqadar katta e’tirof ekanligi namoyon bo’ladi.

Asarga marhum dramaturg Mashrab Boboevning “O’ttiz yoshlilar” pesasi asos qilib olindi. Unda shu yoshga mansub yigit qizlarning hayotga qarashlari, orzu umidlari, halollik va poklik uchun kurashlari haqida hikoya qilinadi. Bu pesa teatr jamoasining ish jarayonida obdon qayta ishlandi. Yoshlarning halollik va poklik uchun kurashlari, kasbga va burchga sodiqlik ko’rsatishi e’tiqod darajasiga ko’tarildi. Negaki gap insoniyat uchun eng zarur tibbiyot, shifokorlik burchi haqida ketayotgandi.

Asarni yosh rejissyor Obidjon Abdullaev sahnalashtirdi.

U spektaklni sahnalashtirishda asosan yoshlarni jalb qildi. Har bir aktyorning ijro mahorati va salohiyatiga qarab bitta ijrochiga ikki uchtadangacha rol berdi.

Masalan, Akmal Mirzaev takabbur, manman, o’z nafsining quli bosh hakim Muzaffar, ustamon, firibgar Holmat rollarini ijro etgan bo’lsa, Ikrom Abdullaev xarakter jihatidan bir-biriga qarama-qarshi nopok maqsadli jurnalist Tal’at va xushchaqchaq talaba Sobir obrazlarini yaratdi.

Pahlavon Toshpo’latov esa soddadil, ammo iste’dodli talaba Qilich hamda hayotdagi nohaqlik, kamsitish, xo’rliklarini ko’rgan Umrzoq otaning qiyofalarini yaratib bera oldi.

Bosh qahramon Shavkat Usmonovich obrazini sahnaga olib chiqqan Aziz Temirovning ijro mahorati esa poytaxtdagi taniqli teatr arboblari va nufuzli hakamlar hay’atining ham tahsiniga sazovor bo’ldi.

U keyingi bir yil davomida sahnaga olib chiqilgan uchta katta asar “Axmad Farg’oniy”da Asror, “Navoiy va Boyqaro”da Badiuzamon, “Iste’dod va e’tiqod”da Shavkat Usmonovich rollarini katta ishonch va mahorat bilan ijro etgani o’z sohasining ustasi bo’lib etishganidan darak berib turibdi.

Azizning “Iste’dod va e’tiqod”dagi Shavkt Usmonovichi yosh bo’lishiga qaramay fan nomzodi, murakkab jarrohlik amaliyotlarini yuksak bilimdonlik va mahorat bilan bajarayotgani tufayli tanilib borayotgan iste’dod egasi. Iste’dodning tabiiyki ko’rolmaslari, hasadgo’ylari, g’animlari ham topiladi. O’zlari poraxo’r, laganbardor ammo qo’llari uzun kimsalar. Har qanday yo’l bilan Shavkatni boshi berk ko’chaga olib kirishga urinadi. Turli bo’xton, malomatlar yog’diradi. U esa eng tushkun tang vaziyatda ham o’z e’tiqodi, ishonchidan voz kechmaydi. Yaxshiki baxtiga ko’pni ko’rgan, sofdil ustozi Said Aliev (artist Kimsanboy Sobirov), Yusuf ota (artist Foziljon Akbarov) kabilar ruhan bo’lsa ham madadga keladilar.

Pok niyatli, ammo soddadil Zarina (artist Dildora Mirzaeva), hamshira Mamlakat (artist Mushtariy Hasanova), soqoli oqargan talaba, ammo tibbiyotning kelajagi Qilichlar bor ekan, poklik va adolat, halollik va haqiqat hamisha tantana qiladi.

Bir so’z bilan aytganda Farg’ona viloyat musiqali drama teatrining Mustaqilligimizning yigirma olti yilligi sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondon!” Respublika teatrlari ko’rik-festivaliga taqdim etgan “Iste’dod va e’tiqod” spektakli mana shuning uchun ham tantana qildi.

Bu muvaffaqiyat bilan teatr jamoasini qizg’in qutlaymiz.