Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK FERMERLAR YUKSAK MARRADA

×

 2017-07-25 18:39:47    99

PDF yuklash
Chop etish


Bu yilgi g’alla mavsumi ham viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida o’zaro uyushqoqlik bilan o’tkazildi. Mavsumni har jihatdan namunali tashkil etish maqsadida viloyatimizda 325 ta o’rim otryadlari shakllantirilib, mavsumning barcha ishtirokchilari moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirildi.

Mavsum yumushlari doirasida bevosita viloyat hokimligi tashabbusi bilan joylarda amaliy seminarlar bo’lib o’tdi. Belgilangan barcha vazifalar sifatli bajarilib, o’rim otryadlariga qishloq xo’jaligi sohasining eng malakali va tajribali mutaxassislari biriktirildi.

Ayni jarayonda viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat Fermerlar kengashi, don mahsulotlari korxonalari, “O’zagroservis MTP” viloyat filiali, “Davtexnazorat” inspektsiyasi, viloyat “Agrokimyohimoya” hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari xodimlari alohida fidoyilik namunalarini ko’rsatishdi.

2017 yilda viloyatimizda boshoqli don etishtirish bo’yicha belgilangan davlat shartnoma rejasini bajarishda Uchko’prik, Buvayda, Toshloq tumanlari fermer xo’jaliklari barchaga ibrat bo’lishdi. Shu tariqa joriy yilda viloyatimizda boshoqli don ekinlaridan 795,2 ming tonna hosil etishtirildi. Shuning 323 ming tonnadan ziyodi davlat qabul punktlariga etkazib berildi. Bu borada joriy dehqonchilik yilida viloyatimiz qishloq xo’jaligi korxonalari va fermer xo’jaliklari boshoqli don ekinlaridan 582,3 milliard so’m yalpi daromad olishi kutilmoqda.

Shu fursatdan foydalanib, viloyatimiz g’alla xirmonini bunyod etish va belgilangan davlat shartnoma rejasini uddalashda faollik va fidoyilik ko’rsatgan mavsumning barcha-barcha ishtirokchilari, fermer xo’jaliklari rahbarlari va a’zolarining ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz.