Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ENG YAXSHI AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI

×

 2017-08-21 12:03:20    119

PDF yuklash
Chop etish


Ahmad al-Farg’oniy nomidagi  viloyat axborot kutubxona markazida   “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi” va “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog’iston   Respublikasining 14 ta jamoalari ishtirok etdi.

–    Kutubxonamiz fondida 300 mingga yaqin  adabiy-badiiy, ilmiy  adabiyotlar mavjud, – deydi   Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro  axborot-kutubxona markazi direktori  Zevar Salimova. –  Kutubxonamizda joriy yil davomida kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko’rsatish, ijtimoiy ta’minotga muxtoj 100 nafardan ziyod a’zolarimizga markaz xodimlari tomonidan uyiga etkazib berish  singari qulayliklar yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish  va tarqatish tizimini  rivojlantirish,  kitob mutolaasi  va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risidagi”gi  farmoyishi  bizlarni yanada mas’uliyat bilan izlanishga undadi, – deydi Alisher Navoiy nomidagi   Sirdaryo  AKM   mutaxassisi  Surayyo Ermanova. –  Farmoyish doirasida  “Kitob insoniyatni qutqaradi” aktsiyasi, “Kitobxon shou”  o’tkazildi. 100 nafardan ziyod uyushmagan yoshlar o’rtasida tushuntirish targ’ibot tadbirlari  o’tkazilib, ularga kitoblar tarqatildi, kutubxona a’zoligiga qabul qilindi. 

Tanlov yakunida shartlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan g’oliblar aniqlandi.  Birinchi o’rin  Farg’ona viloyat, ikkinchi va uchinchi o’rinlar Andijon viloyati va Toshkent shahri axborot-kutubxona markazi jamoalariga nasib qildi.

Shu bilan birga, “Axborot–kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik-tanlovida  Ahmad al-Farg’oniy nomidagi  AKM mutaxassisi Diyora Dadajonova taqdirlandi.                                                                                                                                                                           Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy  kutubxona  direktor o’rinbosari  Umida Teshaboeva,  Respublika axborot kutubxona markazi  direktori Alisher Otaqo’ziev ishtirok etdi.