Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ChEMPIONNING IZDOShLARI

 2017-08-26 16:38:55    81

PDF yuklash
Chop etish


Furqat  tumanidagi  Bolalar-o’smirlar sport maktabi  2016  yilda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi  mablag’i hisobidan qaytadan qurilib, sportsevarlar ixtiyoriga topshirildi. Bu erda 8 ta sport turidan: olimpiya sport turlaridan badiiy gimnastika, boks, futbol, boks; milliy sport turlaridan belbog’li kurash, boshqa sport turlaridan qo’l jangi, shaxmat, akrobatika sport turlaridan 802 nafar o’quvchilar shug’ullanib kelishmoqda, ularning 196 nafarini qizlar tashkil etadi. Ularga 15 nafar murabbiylar bor tajriba va bilimlarini ayamay, mehnat qilishyapti. Ularning 8 nafari oliy, 6 nafari o’rta maxsus ma’lumotli, bir nafari “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi”.         

 Mashg’ulotlar sport maktabi bazasidan tashqari tumandagi sakkizta umumta’lim maktablari, Chekchuvaldoq MFY va Eski ShFYga qarashli binolarda olib borilyapti. 2017 yil  Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan va yurtimizda o’tkaziladigan barcha bayramlarda  boks va badiiy  gimnastika bo’yicha 2003-2004-2005-2006 yillarda tug’ilgan kichik-o’smirlar  Bolalar-o’smirlar sport maktabida viloyat ochiq birinchiligi musobaqasi o’tkazildi. Unda viloyatimizning Qo’qon shahri, O’zbekiston, Dang’ara, Uchko’prik,  Bag’dod, Quva, Farg’ona tumanlaridan tashqari Toshkent viloyati sportchilari ham  ishtirok etdilar.Mezbonlar - sport maktabi o’quvchilari g’olib bo’lib, ma’muriyatning esdalik va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Sport maktabida engil atletika va futbol turlaridan shug’ullanish uchun etarli sharoitlar mavjud, o’quvchi-sportchilarni yuvinishlari uchun issiq-sovuq suvlar mavjud. Sport inshootlarining ayniqsa, boks ringi, badiiy gimnastika  to’shamalari va turli mashg’ulot vositalari, totamining saqlanish holati namunali holatda. Bolalar o’z ixtiyoriga berilgan sport asbob-anjomlaridan unumli foydalanib, ularni asrab-avaylashga harakat qilishmoqda.

Joriy yil maktab tarbiyalanuvchilari uchun omadli boshlandi. 17-19 fevral kunlari Toshkent shahrida qo’l jangi sport turidan o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi chempionatida 6 nafar o’quvchi-sportchilar qatnashib, g’olib va sovrindor bo’lishdi. Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida o’tkazilgan qo’l jangi bo’yicha o’tkazilgan jahon chempionatida Ziyoda Sultonqulova, Guljahon Normatova faxrli 2-3-o’rinlarni egallashdi. Shuningdek boks, badiiy gimnastika, shaxmat sport turlaridan o’quvchi-sportchilar viloyat musobaqalarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda. Bunda  murabbiylar Ma’rufjon Ahmedov, Ahrorjon Hamidov, Jahongir Nishonov, Abdurauf Abdusattorov, Mirzaali Qodirov, Sayyora Sodiqovalarning mehnatlari katta.

–O’zbek sportchilarining 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o’yinlarida tumandoshimiz Bektemir Meliqo’zievning erishgan natijasidan so’ng boks bilan shug’ullanishni xohlovchi yoshlar va farzandini bo’sh vaqtini sport bilan band etishni istayotgan ota-onalar soni kundan-kunga ko’payib bormoqda,- deydi sport maktabi direktori vazifasini bajaruvchi Adhamjon Nishonov.- Boks sport turi singari qizlar o’rtasida badiiy gimnastika, sharq yakka kurashlari, engil atletika sport turlari bilan shug’ullanish istagini bildirishyapti.