Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BOKS BO’YIChA XALQARO TURNIR

×

 2017-08-26 16:39:48    102

PDF yuklash
Chop etish


5-10 avgust kunlari  Beshariq tumani bolalar-o’smirlar sport maktabiga qarashli Rapqon sport majmuasida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan 2003-2004 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida  “Biz-buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida an’anaviy USh xalqaro turnir o’tkazildi.                             

Unda  Qirg’iziston, Qozog’iston Respublikalari va respublikamizning barcha viloyatlaridan 250 nafardan ziyod sportchilar qatnashdi.

Qizg’in va murosasiz o’tgan bellashuvlarda viloyatimizning o’n bir nafar vakili o’z vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o’rinni egalladi. Andijon viloyati vakillariga 2-, Qirg’iziston Respublikasi sportchilariga 3- va Qozog’iston Respublikasi vakillariga to’rtinchi o’rin nasib etdi.

O’ZBEKISTON ChEMPIONATI


Shu yilning 15-20 avgust kunlari  Olimpiya zaxiralari sport kollejida 1999-2000  yillarda  tug’ilgan  qizlar va undan  katta yoshdagi  ayollar o’rtasida boks bo’yicha respublika chempionati bo’lib o’tdi.

Qizlar o’rtasidagi bahslarda Farg’ona shahrilik  Xursanoy  Xolmatova, Nodira Saminjonova, Durdona Rahmatova, Surayyo To’xtasinovalar 51,54,57 kg. vazn  toifalarida  faxrli 1-o’rinni, Muslima  Sobirova  2-o’rinni  zabt etishdi. Ayollar o’rtasidagi  bellashuvlarda  64 va 81 kg. vazn toifalarida Hayotxon Jarmatova va Mohira Abdullaevalar ikkinchi o’rinni egallashdi.

G’oliblarga O’zbekiston Boks federatsiyasining diplom va medallari  hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.