Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


INSON HAQ-HUQUQI VA MANFAATLARI OLIY QADRIYAT

 2017-08-26 16:42:27    138

PDF yuklash
Chop etish


Qaerda qonun hukmronlik qilsa,

shu erda erkinlik bo’ladi.

Sohibqiron Amir Temur

 

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida mustaqil davlatimizning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Asosiy Qonunimizda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi.

2017 yil 8 dekabrda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligiga 25 yil to’ladi.Tarixan bu qisqa davrni milliy qonunchiligimiz  tarixida o’ziga xos qonunchilik tizimi shakllangan va yanada mukammallashayotgan davr bo’ldi, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Bugun Konstitutsiya to’g’risida, uning ma’no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida so’z yuritar ekanmiz, Asosiy Qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo’yilganligi, O’zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq bo’lib, davlat xalqning irodasini ifodalashi, uning manfaatlariga xizmat qilishini, muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan siyosatida va chiqishlaridagi quyidagi so’zlarida yaqqol ifodasini topmoqda:

... El-yurtga sadoqat bilan xizmat qilish –  asosiy burchimizdir;

... Asosiy maqsad – odamlarning roziligi, yurtimiz obodligi;

... Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi;

...Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo uning huquq va erkinliklari, osuda va farovon hayoti himoya qilinmog’i kerak;

... Xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan muloqot qilish – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omili;

... Inson manfaatlari hamma narsadan ustun;

... Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir, kabi bugungi kunimizning shioriga aylanib borayotgan so’zlari, hamda ... “Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo’lsa, chekka-chekka qishloq va ovullarga chakirib boramiz. U erda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz” degan ta’kidlari hayotda o’z aksini topayotganligi, Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosi sifatida har qanday fuqaroni faxrlantiradi.

Haqiqatan ham Asosiy Qonunimizdan o’rin olgan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, ularning manfaatlari himoyasi 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfatlari yilida muhtaram Prezidentimizning tashabbusi va sa’y-harakati bilan o’zining yaqqol ijobatini topdi.

Bugun biz Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va uning ahamiyatini nafaqat Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana arafasida, balki butun yil davomida o’rgansak ham kamlik qiladi. Shu sababdan ham viloyatimizda Konstitutsiyamizning ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ’ib va tashviq qilish maqsadida har yili qator tadbirlar belgilab olinmoqda va izchillik bilan muntazam ravishda amalga oshirib borilmoqda.

Fikrimizning dalili sifatida Qo’qon Davlat pedagogika institutida o’tgan yili amalga oshirilgan tadbirlar mavzusiga e’tibor qarataylik.

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Konstitutsiya va xuquqiy madaniyat”, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida demokratik huquq va erkinliklar”, “Konstitutsiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori”, “Konstitutsiya –mening taqdirimda”, “Insonuning qadr-qimmati, xaq huquqi – oliy qadriyat”, “Har kim bilim olish huquqiga ega”, “Biz ozod va obod yurt farzandlarimiz”, “Konstitutsiya, demokratiya va milliy ma’naviyat”, “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati”, “Konstitutsiya demokratik jamiyatning huquqiy negizidir” kabi mavzulardagi ma’ruzalar, davra suhbatlari va yozma ishlar har bir fakultetda taxsil olayotgan talabalar o’rtasida albatta chuqur iz qoldirdi. Bunday tadbirlar bu yilgi Konstitutsiyamizning 25 yillik bayramida yanada mukammal rejalar asosida amalga oshirilishi kundalik harakatimizda ko’rinib turibdi.

Bu yilgi rejadagi tadbirlarning ayrim jihatlariga to’xtaladigan bo’lsak, “Targ’ibot guruhlari” tomonidan “Baxtimiz Qomusi va obodlik dasturi” hamda “Konstitutsiya — mening taqdirimda” mavzulari bo’yicha barcha tuman va shaharlardagi mahalla, korxona, muassasa va idoralarda anjumanlar o’tkazish, davra suhbatlari uyushtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Konstitutsiya targ’iboti yuzasidan “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokida o’tkaziladigan “Ertamiz bugundan boshlanadi” mavzuidagi uchrashuvlar, albatta, yig’ilish ishtirokchilarini befarq qoldirmaydi. Bosh Qomusimizning bag’rikenglik tamoyillaridan kelib chiqib, “Muruvvat” uylarida “Xayr-saxovat o’zbekona fazilat” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda Konstitutsiya normalarini keng targ’ib etish maqsadida OAVda “Farovon hayotimizning mukammal dasturi” mavzuida soha mutaxassislari hamda huquqshunos olimlarning chiqishlari uyushtiriladiki, bu targ’ibot tadbirlari keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmaydi, deb o’ylaymiz. Albatta tadbirlar ijrosi davomida rejalarimiz yanada mukammallashadi va xalqchil tadbirlar izchil amalga oshiriladi.

Bayon etilgan fikrlarga yakun yasar ekanman, muhtaram Prezidentimizning Konstitutsiyaning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bayon etilgan so’zlariga e’tibor qaratmoqchiman.

... Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. 

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo’g’indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur.