Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“ENG ULUG’, ENG AZIZ” TANLOVI: ISTIQLOL MADHINING MUNOSIB E’TIROFI

×

 2017-08-26 16:43:30    123

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik, tinchlik, bunyodkorlik, shukronalik... . Bu muqaddas tushunchalar bugungi hur va dorilomon, inson qadri ulug’lanib, xalq ko’ngli obod qilinayotgan nurafshon kunlarda ijodkor qalamiga kuch, tafakkuriga qanot berayotir.

Davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq vatanimiz mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Eng ulug’, eng aziz” an’anaviy tanloviga taqdim etilgan ijodiy ishlar, avvalo, istiqlol ilhomi bilan yaratilganligi uchun ham qadrlidir.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan  mazkur tanlovda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, xususan, tele va radio ijodkorlar, tasviriy san’at namoyandalari, foto va dizayn ustalari tomonidan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan, mustaqilligimiz mazmun­mohiyatini ochib beruvchi, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijobiy samaralarini targ’ib etuvchi eng yaxshi asarlar, ijod namunalari  saralab olindi. “Yozuvchi va shoirlarning adabiy-badiiy ijod namunalari”, “Ommaviy axborot vositalari orqali jurnalistik targ’ibot ishlari”, “Tasviriy san’at asarlari, foto va dizayn ishlari” nominatsiyalariga umumlashtirilgan 10 ta yo’nalish bo’yicha g’oliblar e’tirof etildi.

Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-kontsert saroyida tanlov g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirni Farg’ona shahar hokimi Shavkat Erkaboev ochdi.

Shu kuni har bir qirrasida Vatan va Erk timsoli o’ziga xos ifoda topgan, yuksak vatanparvarlik tuyg’usi bilan sug’orilgan ijod namunalari mualliflari nomi tantanali e’lon qilindi. Ularga diplom va esdalik sovg’alari Respublika ma’naviyat targ’ibot guruhi a’zolari - O’zbekiston Fanlar akademiyasi dotsenti Ne’mat Valiev, taniqli aktyor Mehriddin Rahmatov, “Yosh tomoshabinlar” teatri aktyori Akrom Ismoilov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Lutfullo Valiev, O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Muhammadjon Obidov, Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi rahbari Xursanoy Islomovalar tomonidan topshirildi.

Matbuot yo’nalishi bo’yicha g’oliblik “Vodil yog’dusi” gazetasi bosh muharriri Sobirjon Dadaxo’jaev, rag’batlantiruvchi mukofot “Farg’ona nihol” gazetasi muharriri Manzuraxon Erkaboevaga nasib etdi. Nazm yo’nalishi bo’yicha “Quva hayoti” gazetasi muharriri, shoira Zuhra Alieva mustaqillik tarannum etilgan turkum she’rlari uchun, nasr yo’nalishida taniqli adiba San’at Mahmudova “Eng chiroyli tabassum” saylanma to’plami uchun g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Turkum publitsistik asarlari uchun Gulchehra Asronova, “O’rikli hovli” she’riy to’plami uchun yosh shoira Nargiza Ortiqovalar sovrindorlar safidan o’rin olishdi. Internet jurnalistikasi yo’nalishida “Farg’ona haqiqati” gazetasi bosh muharriri Axmadali Teshaboev muallifligidagi “Mustaqillik solnomasi” veb-sayti hamda “Ma’naviyat” gazetasi bosh muharriri Ma’sudjon Sulaymonovning O’zbekiston axborot agentligi internet saytida e’lon qilingan turkum maqolalari e’tirof etilib, ularga viloyat hokimligining g’oliblik diplomlari topshirildi.  Televidenie yo’nalishida “Farg’ona” televideniesi muharriri Dilrabo Yusupovaning mustaqillik mavzusidagi turkum ko’rsatuvlari yuqori baholandi, “Ruxsor” televideniesi muharriri Gulchehra Ahmedova xuddi shu mavzudagi ijodiy ishlari uchun rag’batlantirildi.

Tanlovning tasviriy san’at yo’nalishi g’olibligiga Otabek Shokirov, Ahadjon Azimov, foto yo’nalishida Tojiboy Alijavharov, Hasanboy Egamberdiev hamda dizayn yo’nalishida Aleksandr Smolin, Abdumuhtor Mamajonovlarning ijodiy ishlari munosib ko’rildi. Yana bir qator qatnashchilar faol ishtiroki uchun taqdirlandi.

-Yuragida Vatan ishqi bor ijodkor uchun  shu yurtning har bir zarrasi ulkan ijodiy mavzu, aslida, – deydi tanlovning nasr  sovrindori Gulchehra Asronova. – Bugungiday e’tirof va ishonch esa xalqimizning ulug’ ayyomiga bag’ishlangan ijod namunalarimizni yanada jo’shqin ilhom bilan yaratishga, ularda istiqlol yillarida vatanimiz qo’lga kiritayotgan olamshumul g’alabalar sururini aks ettirishga katta kuch berdi.

Tadbirda ijodkorlar sharafiga dilbar kuy qo’shiqlar ijro etildi. O’zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, xonandalar Muharramoy Murodova, Shohruh Mirzo, shuningdek, Farg’ona shahridagi 4-bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o’quvchilari ishtirokidagi kontsert dasturi e’tirof va rag’bat quvonchini oshirish bilan birga qalblarga eng ulug’, eng aziz ayyom shukuhini olib kirdi.