Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


INSON MANFAATI HAR NEDAN ULUG’

 2017-08-26 16:44:24    78

PDF yuklash
Chop etish


Ajdodlarimizni xotirlash, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ularning iste’dodini qo’llab-quvvatlash Prezidentimiz  ta’biri bilan aytganda, odamiylikning eng oliy mezonidir. Ushbu azaliy qadriyatlar viloyatimiz tuman va shaharlarining turli hududlarida bo’lib o’tayotgan saxovat tadbirlari, samimiy muloqot va uchrashuvlarda yana bir karra namoyon bo’layotir.

Viloyat hokimligi hamda O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining “Farg’ona viloyatida yoshlar bilan ishlash, ular o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oilalardagi ahillik va tinch, osoyishta, shukronalik bilan hayot kechirishni ta’minlashda “Nuroniy” jamg’armasining faolligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qo’shma qarori bu borada muhim o’rin tutmoqda.

Qaror ijrosiga muvofiq viloyat “Nuroniy” jamg’armasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari yaqinda urush faxriylarining xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, guruh faollari o’zi bilib-bilmay xato qilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatda bo’ldilar.

Beshariq tumanidagi “Dala – Hamid Olimjon” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Nishonboy ota Qodirov 33 nabira, 45 chevaraning bobosi. Ishchi guruh faollari va tuman hokimligi vakillari hamrohligida otaxonga haj ziyoratida bemalol ishtirok etishi uchun nogironlik aravachasi topshirilgani oila a’zolarining barchasini mamnun etdi.

– Bu yilgi e’zoz-ehtirom juda-juda boshqacha bo’ldi, – deydi Nishonboy ota quvonch bilan. – Mahalliy hokimiyat, jamoat tashkilotlari vakillari hovlimizga tashrif buyurib, Prezidentimiz nomidan bir martalik pul mukofoti hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan engil avtomashinani navbatsiz sotib olish huquqini beruvchi sertifikatni tantanali topshirishdi. Prezidentimizga rahmat, bugungi yo’qlovdan ham juda shodlandim. Bu e’tiborning hammasi tinchlik tufayli. Shu tinchligimizga ko’z tegmasin, farzandlarimiz baxtiyor yashasin, ilohim.

Insonparvarlik xalqimizga xos fazilatlardan biri. Ushbu jihat fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishda ham o’z ifodasini topayotir. Ishchi guruh vakillari shu kuni tumanning “Obod” mahallasidagi bir qator xonadonlarga ham tashrif buyurib, shu xususiyatlarni alohida tilga oldilar. Birinchi marotaba jinoyat sodir etgan yoshlar, o’z xatosini anglab etgan hamyurtlarimizning qiziqishlari va faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularning murojaatlarini tingladilar.

Hayotiy tajribasi etarli bo’lmagani sabab ilk marotaba xatoga yo’l qo’yib, afsus chekkan voyaga etmagan yoshlar Shohrux Qoraboev, Nodirbek Ahadjonov va ularning oila a’zolari Prezidentimizning g’amxo’rligi, hukumatimizning avfi uchun minnatdorchilik bildirdilar. Tumanning Beshsari qishlog’ida istiqomat qilayotgan Izzatillo No’’monov diniy ektremistik oqimlar ta’siriga tushib adashganlardan. Bu yo’ldan o’z vaqtida qaytib, Vatan ishonchiga munosib bo’lishni ahd qilgan. Hozirda xonadonida asalarichilik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun astoydil intilyapti. Qilmishlaridan to’g’ri xulosa olgan I.No’’monov kabi vatandoshlarimiz kelgusida o’z salohiyat va iqtidorlari bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlarini ta’kidladilar.

***

Marg’ilon shahrilik 5 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari muborak haj safarlariga jo’nash oldidan yana bir e’zoz-ehtirom bilan yo’qlandilar. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi tomonidan to’tkazilayotgan tadbirlar doirasida haj safariga otlanayotgan nuroniylarimizga ehrom liboslari, haj arkonlarini ado etishlari uchun nogironlik aravachalari  taqdim etildi.

– Bugun ulug’ safarga jo’nash arafasida umid va minnatdorlik bilan duoga qo’l ochyapmiz, – deydi urush qatnashchisi, “Nadirmat” MFY, Maktab ko’chasi 134-uyda istiqomat qiluvchi Akramjon ota Hoshimov. – Davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan bu g’amxo’rlik butun oila a’zolarim, farzandlarim, nevara, chevaralarimning yodidan chiqmaydigan voqea bo’ldi. Bepul haj safari, biz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar aslida tinchlik-xotirjamligimiz, farovonligimiz tufayli amalga oshdi. Bunday tinch yurtning tuprog’ini ko’zlarimizga surtishimiz kerak. Davlatimizga, Prezidentimizga, xayrli ishlarga bosh-qosh bo’lganlarga ming rahmat.

Bunday ezgu izhorlarni “Miltiqsoz” mahallasilik Muxtorjon ota O’rinboev, “Baxrin” mahallasidan Dadaboy ota Ahmadalievlar ham aytishdi.

***

Qo’qon shahrining Qalandarxona mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilayotgan 95 yoshli Solijon Sodiqov  xonadoni mehmonlar tashrifi bilan yanada fayzli bo’ldi. Nabiralari qurshovida  otaxonga uzoq-umr, sixat-salomatlik tilandi. 31-Islomobod mahalla fuqarolar yig’inining   keksa a’zosi va faxriy oqsoqoli  98 yoshli Ro’zimat Rashidov  qo’llarini duoga ochib, yurtimizga tinchlik, qalblarga xotirjamlik so’radilar. Ularga nogironlik aravachalari topshirildi.  

Davlatimiz e’tibor va g’amg’o’rligi, yaqinlarim mehri-muhabbati bilan yashayapman, – deydi otaxon. –   5 nafar o’g’lim 2 nafar qizim bor.  Ularning kamolini ko’rib, xursand bo’laman.  Vatan tinchligi uchun kurashish har bir yigitning burchi. Uni asrash ham yoshlarga sharaf bo’lsin. Bu keksalar ko’nglidagi eng katta niyat.

Viloyat ishchi guruhi a’zolari diniy ekastremistik oqimga qo’shilib qolgan,  shahar ichki ishlar bo’limining ro’yxatida turuvchi voyaga etmagan yoshlar xonadonida bo’lib, ularning yashash tarzi, oila a’zolari bilan suhbatlashdilar. Xalqimizning bag’rikengligi, Yurtboshimiz tashabbusi bilan ularning nomi oqlanib, mahallada, tengdoshlari, kasbdoshlari orasida hurmat-e’tiborga ega bo’lishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. O’z o’rnida mahallalarda ular tadbirkorlik bilan shug’ullanishga, o’qishga, ishga, kasb-hunar, sportga yo’naltirilib,  oilada ma’naviy  sog’lom muhit qaror topishiga  ko’maklashilmoqda. 

Avvallari 9-Qalandarxona mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli  10 xonadonga mahalla faollari, profilaktika inspektorlari tez-tez kelib turardilar. 17 yashar  Fotimaxon Usmonovaning xatti-harakatlari  doimiy nazorat ostida bo’lardi.  Sodda, hali hayotning baland pastini anglamagan  qiz diniy ekstremistik oqim targ’ibotchilari qarmog’iga ilinadi. Oqim ta’siriga tushib qoladi.  Tengdoshlariga o’xshab, hayotdan quvonish, beg’ubor bolalagi zavqini tuyish o’rniga boshiga ro’mol tashlaydi. Turli  kitoblarni mutolaa qila boshlaydi.  Fotimadagi o’zgarishlarni o’z vaqtida payqagan mahalla faollari, mutasaddi tashkilot vakillari,  yaqinlarining harakati bilan o’spirinni jaholat bag’ridan chiqarib oladilar.  Tushuntirish  ishlarini olib borib, kasb-hunar kollejida ta’lim olishga, hunar o’rganishga  chaqiradilar.  Fotima o’z xatosini anglab etadi.   

Hech kimning farzandi yo’ldan adashmasin ekan, – deydi  otasi Abdulvosit Usmonov. – Hali-hanuz o’zimni kechira olmayman.   Beparvoligimi qimmatga tushdi. Farzandlarim taqdiriga mas’ulligimni kuchliroq his qildim. Endi bu xatoni takrorlamayman. Otalik nasihatim,   o’gitlarim bilan   qizimni   to’g’ri yo’lga solishga harakat qildim. Shukrki, hammasi yana izga tushdi. Prezidentimiz ham  mening  otalik, qizimning yoshlik xatosini kechirdi. 4 nafar farzandim bor.  Ularning har  biri  Vatan rivoji uchun  hissa qo’shishini, halqi uchun  mehnat qilib, hurmatiga sazovor bo’lishini istayman. 

Shunday  jaholat ko’chasiga qadam bosganidan pushaymon bo’lib,  hozirda  dehqonchilik bilan shug’ullanayotgan nafaqadagi Ibrohimjon Azimov bilan ham  tushuntirish ishlari olib borildi.

***

Yoshlarga madaniyat, ta’lim-tarbiya berish, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan voyaga etmagan yoshlar, shu bilan birga  diniy  ekstremistik oqimlar ta’siriga tushgan shaxslar va ularning oilalari holidan xabar olish, janjalkash va notinch oilalar bilan yakka tartibda  ishlash, muammolarini  hal etish, jamiyatda o’z o’rnini topishiga qaratilgan targ’ibot va tashviqot ishlarini amalga oshiruvchi guruh 20 avgust kuni Yozyovon tumanida bo’ldi.

Tuman ichki ishlar bo’limi tomonidan profilaktik ro’yxatga olingan va jinoyat sodir etgan voyaga etmagan yoshlar soni joriy yilning avgust oyiga qadar to’rttani tashkil etgan.  Shu kuni olib borilgan targ’ibot-tashviqot ishlari  natijasida  “Yoshlik” MFYda yashovchi  fuqarolar Rashidxon Valiev va Shohruh Azimovlar IIB ro’yxatidan chiqarildi.

Ishchi guruhi tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limlari vakillari hamkorlikda IIB profilaktik ro’yxatida turgan “Bahor” MFY, Ogahiy ko’chasida  istiqomat  qiluvchi  Mashhurbek  Karimov hamda “Markaziy Farg’ona” MFYda yashovchi Kamoliddin Abdullaev xonadonlariga tashrif buyurib, ularni  qayta jinoyat sodir etmaslikka chaqirib, tushunchalar berildi.

Ishchi guruhi mahallalardagi notinch, janjalkash oilalarni, huquqbuzarlik, jinoyat sodir etgan voyaga etmaganlarni, diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolganlarni sog’lom turmush tarziga qaytarish bo’yicha olib borilgan ishlari  natijasiga ko’ra, ushbu oilalarni yaxshi, o’rta va og’ir  oilalarga ajratildi hamda birinchi navbatda og’ir sharoitli oilalarga tashrif buyurildi. “Toshhovuz” MFYda yashovchi Mirojovlar oilasiga kirib, bugungi kunda jazo muddatini o’tayotgan Hasanboy Mirojonovning otasi bilan muloqot o’tkazildi.

Bundan tashqari tumandagi “Bahor” MFY hududida yashovchi kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan Plotnikovlar xonadonida bo’lib, holidan xabar olindi.  “Markaziy Farg’ona” MFYda istiqomat qiluvchi diniy oqimga qo’shilgani uchun jazo muddatini o’tab, bugungi kunda IIB  ro’yxatidan  chiqarilgan  Ulug’bek Alijonov bilan uchrashib, samimiy  suhbat o’tkazildi. U.Alijonov qilgan ishidan qattiq pushaymonligini, o’z xonadonida duradgorlik bilan shug’ullanib kelayotganligi,  oilaviy  tadbirkorlik orqali 3 nafar kollej bitiruvchisiga yangi ish o’rinlari yaratib berganini aytdi. Shuningdek, u oilaviy tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  joy so’rab, tuman hokimligiga murojaat qilganini ta’kidladi.

Ishchi guruhi a’zolari  tashrif buyurgan har bir xonadonga esdalik sovg’alari topshirildi. Bunday xayrli ishlar davom etmoqda.