Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SAFAR OLDIDAN ShUKRONA DUOLAR

×

 2017-08-26 16:45:21    102

PDF yuklash
Chop etish


Ilgari xabar berganimizdek, bu yil viloyatimizdan 950 nafar farg’onaliklar haj ziyoratini ado etadilar. Mustaqilligimizning 26 yilligi bayrami arafasida, Qurbon hayiti yaqinlashib kelayotgan qutlug’ kunlarda ziyoratchilarning oxirgi guruhi haj amallarini bajarish uchun jo’nab ketdi.

Marg’ilon shahridagi “Tantanalar uyi”da 79 nafar farg’onaliklarni kuzatish marosimi bo’lib o’tdi. Ziyoratchilar orasida 20 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo’lib, ular uchun hamma shart-sharoitlar muhayyo etildi.

Bu e’zoz-ehtirom uchun davlatimizga, Prezidentimizga, haj mavsumi tashkilotchilariga mingdan-ming tashakkur aytamiz, – deydi Oltiariq tumani Jo’rak MFY da yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Patiddin Temirov. –  Safar oldidan bizga beminnat xizmat ko’rsatayotganlarni shukronalik bilan duo qilmoqdamiz. Ilohim yurtimizga ko’z tegmasin, bag’rikeng xalqimizning osmoni tinch, oilasi farovon bo’lsin.

Otaxon bilan birga safarga yo’l olgan nuroniylarning ham dil izhorlari ko’p, ko’z yoshlarining cheki yo’q. Bu ko’z yoshlarda olam-olam ma’no mujassam. Zero, ota-bobolarimizga armon bo’lgan  ulug’ safarga muyassar bo’lganlar shukronasi bu.

Kuzatish marosimida viloyat hokimligi, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi, Yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.