Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLIK FAOLIYATINING QONUNIY IFODASI

 2017-09-05 09:22:01    86

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga erkinlik berish, sohadagi ortiqcha byurokratik to’siq va g’ovlarni bartaraf etishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Ularga muvofiq, davlat tuzilmalarining hususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi qisqartirildi, qo’llaniladigan sanktsiyalar tizimi qayta ko’rib chiqildi, keng ko’lamli imtiyoz va prefentsiyalar tizimi yaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etib, soha rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.

Bu borada davlatimiz rahbarining joriy yil 5 mayda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakili institutini ta’sis etish to’g’risida”gi Farmoni tizimning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashda dasturilamal bo’lmoqda.

Yaqinda parlament yalpi majlisida ko’rib chiqilgan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ishbilarmon yurtdoshlarimizni qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi bo’ldi. 28 moddadan iborat bo’lgan ushbu Qonunning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil faoliyatini tartibga solishdan iborat.

Qonunda vakil faoliyatining asosiy printsiplari, vazifa va yo’nalishlari, huquq va majburiyatlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlari hamda Vakil faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq boshqa masalalar aniq belgilab berilgan.

Qonunga ko’ra Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil mansabdor shaxs bo’lib, u tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlariga davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlaydi.

Ushbu institutning joriy etilishi tadbirkorlarning yanada samarali faoliyat olib borishlarini kafolatlash, davlat tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ortiqcha va noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Shuni alohida qayd etish lozimki, xalqaro tajribada tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha mas’ul vakil instituti tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yuzaga keladigan ko’plab byurokratik muammolarni xal etishning samarali vositasi sifatida o’zining amaliy natijasini berdi. Joriy etilayotgan ushbu vakil instituti mamlakatimizda tadbirkorlarni samarali faoliyat yuritishi, investitsiya kiritish jarayonini yanada faollashuvi, iqtisodiyotning izchil taraqqiy etishiga, pirovardida xalq farovonligining yanada oshishiga xizmat qiladi.