Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUYUK VA BETIMSOL VATANIMIZNING ULUG’ BAYRAMI

×

 2017-09-05 09:27:32    98

PDF yuklash
Chop etish


Islom Karimov nomidagi Teatr-kontsert saroyida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasi bo’lib o’tdi

 

Mustaqillik xalqimiz  hayotining ma’no-mazmunini butunlay o’zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo’lib, avvalo, milliy demokratik davlat qurish, dunyo mamlakatlari bilan teng bo’lib, farovon hayot barpo etishga zamin yaratgani bilan qadrli va mo’’tabar bo’lsa, o’zligimizni anglash, xalqimizning orzu-intilishlari,  milliy manfaatlariga javob beradigan kelajagimizni qurish yo’lini ochib bergani bilan abadiyatga daxldordir. Bugun mard va olijanob xalqimiz, barkamol yigit-qizlarimiz erishayotgan olamshumul marralar, bunyodkor va yurtsevarlik qudrati bilan qad rostlagan muhtasham binolar, obodlik nashidasi kirib borgan shaharu qishloqlar, yuksak islohotlar zamirida ulug’vor tashabbuslar mujassamdir.

 

 Muhtaram Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq,  viloyatimizda amalga oshirilgan ezgu ishlar, avvalo, xalqimiz va yoshlarimiz qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, ularni yangi-yangi muvaffaqiyatlar, ezgu tashabbuslar sari  ruhlantirishga xizmat qilayotgani bilan ham alohida ahamiyatlidir.

Ayni kunlarda “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida yurtimiz bo’ylab o’tkazilayotgan istiqlol bayrami viloyatimizda ham jo’shqin kayfiyat, ko’tarinki ruh bilan shodiyona qilinayotir.

2017 yil 29 avgust. Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-kontsert saroyi, unga tutash xiyobonlar, yo’llar va binolar bayramona bezatilgan. Bunda gullar tarovati, chiroqlar shu’lasi, rangin va naqshinkor bayroqchalar tebranishlari, sho’x-shodon bolalar, xushkayfiyat va xushsurat odamlar tabassumi bayram shukuhi bilan hamohangdir.

Qutlug’ tantanaga viloyatimizning barcha hududlaridan taklif etilgan nuroniylar, mehnat faxriylari, fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari va vakillari, faol va iqtidorli yoshlardan iborat hamyurtlarimiz tashrif buyurdilar. Barcha bir-birini bayram bilan tabriklab, tinch va osoyishta hayot, obodlik va farovonlik shukronasidan so’z ochdilar.

19:00. Chorlov musiqasi bayram tantanasi boshlanganidan darak berdi.

So’z viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’anievga berildi.

Viloyatimiz rahbari shodiyonada hozir bo’lganlar va ular orqali barcha farg’onaliklarni eng ulug’ va eng aziz bayram –O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi  bilan samimiy qutladi.

-2017 yilni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinlari, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo’lidagi islohotlarni yangi bosqichga ko’tardi. Zero, inson qadri ulug’langan, xalq rozi bo’lgan yurtda fayzu baraka, tinchlik-ooyishtalik hukmron bo’ladi, -dedi viloyat rahbari o’z so’zida. –Istiqlol bayrami arafasida davlatimiz rahbari tomonidan  bir guruh farg’onaliklarning davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlanganliklari Vatan va uning istiqboli yo’lidagi fidoyilik va chinakam  mehnatning munosib e’tirofi bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.

Bayram qatnashchilari madhiyaga  jo’r bo’ldilar. Millat g’ururi, uning shon-shavkati, buyuk ajdodlar va qaddi baland avlodlar iftixori ayni shu ulug’vor lahzalarda yuraklarni to’lqinlantirdi.

Shundan so’ng “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostidagi teatrlashtirilgan kontsert dasturi namoyish etildi.

Bayram sahnasiga joylashtirilgan katta monitorda yurtimiz, xususan, viloyatimizda istiqlol yillarida erishilgan marra va muvaffaqiyatlar, obod go’shalar, ulkan bunyodkorlik ishlari, inson manfaatlari yo’lidagi islohotlarning ezgu samaralari ifodalangan tasvirlar aks etdi.

O’zbekiston xalq xofizi Ilhom Ibrohimovning

 “Buyuklikka etdi bugun oshib dovon,

O’zbekiston derlar uni, O’zbekiston!” -deya baralla kuylagan qo’shig’i bilan bayram dasturining eng tantanavor lahzalari boshlandi. San’at ustalari ijrosida milliy mumtoz qo’shiqlar yangradi.

-O’z erkimizga erishilgan, azaliy qadriyatlarimiz, milliy boyliklarimiz qadr topgan kunlarga etganimizga ming shukur, -deydi quvalik mehnat fayriysi, 80 yoshli Komiljon ota Boltaxo’jaev. –Mustaqilligimizning qutlug’ bayramida qatnashib, yurtimizdagi dorilomon kunlarning qimmatini yana bir bor anglayapmiz. Yurtimiz hamisha tinch, yurtga bosh bo’lib turgan Prezidentimizning boshi omon bo’lsin! 

Xalqimiz faxru iftixoriga aylangan ulug’ siymolar safida buyuk tariximizning etuk timsoli Ahmad al-Farg’oniy siymosi gavdalandi. Shu onda buyuk istiqbolga yuz tutgan Vatani, o’z vorislariga doimo madadkor bo’layotgan ajdodlarimizning ruhi pokidan duolar yo’llanganday bo’ldi.

Bolalar – xalqimiz murodi, qutlug’ kunlarning guli. Dilbandlarimiz tomonidan ijro etilgan shodon kuy-qo’shiqlar shodiyonaga beg’ubor lahzalarni tuhfa etdi.

Sahnaga viloyatimiz sharafi sanalgan bir guruh sportchi yoshlarning taklif etilishi, jamiyatning turli sohalarida mehnat va ijod qilayotgan faol va iqtidorli yoshlar, davlat mukofotlari sovrindorlari, nomdor stipendiatlar, xalqaro musobaqa va tanlovlar g’oliblari bo’lgan yoshlarning chiqishlari ertamiz egalariga bo’lgan cheksiz mehr va e’tibordan minnatdor yuraklarning yolqini bo’ldi. Yoshlar:

“Kelajak –bizniki, davron –bizniki,

Azmu shijoatli Sarbon – bizniki!”, “Biz Prezidentning komandasidamiz!” – deya jo’shib kuyladilar.

Shodiyona dasturida jarang sochgan “Shunchamidi”, “Mustahzod” singari  durdona qo’shiqlar bayram qatnashchilari, ayniqsa, nuroniy otaxonu onaxonlar qalbiga rohatu surur berdi.

Sahnada Vatan himoyachilari saf tortdilar. Xalq ozod el o’g’lonlarini sharafladi. Mustaqilligimiz posbonlarining harbiy orkestr jo’rligidagi “Vatan, erking asraguvchi po’lat qalqonmiz!” deya nomlangan mardonavor qo’shiqlar yangradi.

-O’zbekiston farzandi ekanligimizning o’zi katta baxt, – deydi  mustaqillik tengdoshi, Farg’ona shahar IIB Yong’in xavfsizligi bo’limi 1-harbiylashtirilgan yong’in xavfsizligi qismi inspektori Farruh Meliboev. – Shu bois har birimiz, ayniqsa, Vatan o’g’lonlari yurt himoyasi yo’lida fidoyilik ko’rsatmog’imiz yuksak sharaf, muqaddas burchdir.

Xalqimizga xos bo’lgan bag’rikenglik, millatlararo totuvlik, o’zaro do’stlik va birdamlik fazilatlari koreys, rus, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik, ukrain va boshqa xalqlarning milliy kuy-qo’shiqlarida yanada yorqin namoyon bo’ldi. Dunyoning turli qit’alaridan tashrif buyurgan mehmonlar bayram shodiyonasining aziz mehmoni bo’lishdi.

-O’zbekistonda uchinchi bor bo’lishim, har safar olamshumul o’zgarishlardan hayratga tushaman, – deydi italiyalik sayyoh Grenoviliau Vinsent. – Bugun shunday suyukli bayram ishtirokchisi bo’lganim bir umr yoqimli xotira bo’lib qoladi. Farg’ona ahli juda ham xushmuomala, samimiy ekan. Bir davrada miriqib raqsga tushdik. Viloyatning tabiati ham o’ziga xos, betakrorligi juda yoqdi.

Bayram tadbirida poytaxtimizdan tashrif buyurgan va viloyatimizning taniqli estrada yulduzlari, yosh ijrochilar ishtirokidagi musiqiy dastur dillarga qutlug’ ayyom shukuhi va o’ziga xos jo’shqinlik olib kirdi.

Bu hurriyat tantanasida xalqimizning shodumon kayfiyati to’la namoyon bo’ldi. Dilbar kuylar, sho’x taronalarga yayrab raqs tushayotgan yosh-u qari qalbidagi xursandchilik, dorilomon kunlar shukronasi, davlatimiz va Prezidentimizga bo’lgan cheksiz mehri va tashakkuri tillarga ko’chdi. Tinchlik va ezgulik ramzi bo’lgan rangin sharlar uchirildi, bayram mushaklari otilib,  beg’ubor osmon uzra zarrin nurlar yog’ildi.  Kuy-qo’shiqlar jarangi uzoq-uzoqlarda aks sado berdi. Tantanalarning rasmiy qismi tugaganidan so’ng ham bayram kayfiyati davomli taronalarga ulandi.

Zotan, o’z hayotidan rozi, ertangi kunidan behavotir insongina bayramni bayramdek o’tkazadi. Tinch va farovon elning esa mana shunday qutlug’ ayyomlari bardavom bo’ladi.

Eng ulug’, eng aziz bayram tantanalari viloyatimizning shahar-tumanlari bo’ylab davom etmoqda.