Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YUKSAK TARAQQIYOT ODIMLARI

 2017-09-05 09:28:48    340

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda butun mamlakatimizda bo’lgani kabi viloyatimizda ham Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash yo’lida keng ko’lamli hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi maxsus sahifa orqali birgina 2016 va 2017 yilning o’tgan davrida viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar va ularning samaralari xususida ayrim raqamlarni e’tiboringizga havola etamiz. Birgina ana shu ko’rsatkichlarning o’zi ham yurt gavhari va marvaridi bo’lgan Farg’ona viloyati yuksak taraqqiyot yo’lidan nechog’li dadil odimlayotganidan dalolat beradi.

2016 yilgi Investitsiya dasturiga ko’ra viloyat bo’yicha 11 ta yirik korxonalarga 148,4 mlrd. so’m, shundan korxonaning o’z mablag’lari hisobidan 21 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari evaziga 8,8 mlrd. so’m va 41,1 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 250 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

***

Hududiy investitsiya dasturiga asosan o’tgan yili viloyat bo’yicha 138 ta loyihalarga 225,9 mlrd. so’m investitsiyalar jalb etilishi natijasida 3641 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ta’minlandi.

2017 yilgi hududiy investitsiya dasturiga muvofiq viloyat bo’yicha 138 ta loyihalar kiritilgan bo’lib, 357,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirilishi hamda 4361 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

***

2017 yilda umumiy qiymati 25,7 mln. dollarlik 24 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalashiga topshirish ko’zda tutilgan. Shundan qiymati 4 mln. dollar bo’lgan 8 ta loyiha meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash; qiymati 537 ming dollarga teng 11 ta loyiha tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish; 20,3 mln. dollarga teng 4 ta loyiha tayyor to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun o’zlashtirilishi rejalashtirilyapti.

***

2017 yilning o’tgan davrida viloyatda 360 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi, 120 dan ziyod mahsulotlarning eksport qilinishi o’zlashtiildi, tayyor to’qimachilik mahsluotlari, mineral o’g’itlar, engil avtomobillar va tashqi bozorda talab yuqori bo’lgan boshqa mahsluotlarning eksport hajmi sezilarli darajada ortdi.

***

Viloyatda kelgusi besh yil ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,5 baravarga, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 19 dan 21 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushini 27,8 foizdan 40 foizga o’sishiga erishish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

***

2017 yilda viloyatda 20 dan ortiq yangi turdagi raqobatbardosh tayyor mahsulotlar o’zlashtirilishi ko’zda tutilmoqda.

***

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 21 ta korxonada 28 ta loyihani amalga oshirish hisobiga joriy yilning oxiriga qadar viloyatda mahalliylashtirish darajasi qariyb 70 foizga etkaziladi.

***

Viloyatda qishloq xo’jaligi tarmoqlarini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 22-23 iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chog’ida Farg’ona tumanidagi uzumchilikka ixtisoslashgan “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasi hamda Quva tumanidagi anorchilikni rivojlantirish bo’yicha loyihalar istiqbolli ekanligi ta’kidlandi.

***

TIF “Milliy bank” tomonidan 2017-2018 yillarda viloyatda qishloq qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash sohasida qiymati 64,4 mln. dollar bo’lgan o’nlab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilyapti. Bu loyihalarni amalga oshirilishi natijasida yaqin ikki yil ichida viloyatda 68 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot qayta ishlanib, 25,7 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

***

Viloyatda joriy yilning o’tgan davrida yangilangan loyihalar asosida qurilgan 600 dan ko’proq uy foydalanishga topshirildi. Istiqlolimizning yigirma olti yilligi bayrami kunlari viloyatimiz shahar-tumanlarida yana yuzlab oilalar ana shunday uylarda hovli to’ylarini nishonlaydilar.

***

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma olti yilligi arafasida Farg’ona shahrida yosh oilalarga mo’ljallangan 48 xonadondan iborat to’rt qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi. Bu uylarda fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar istiqomat qiladi.

***

 2017 yilning 1 yanvar holatiga viloyatda ro’yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari 18 ming 783 tani tashkil etdi. 2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 63,4 foizi (2015 yil yanvar-dekbarda 63,2 foiz) kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

***

2016 yilda viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1416,4 mln. AQSh dollarini, jumladan 470,6 mln. AQSh dollarini eksport tashkil etdi. Eksport tarkibi asosan  paxta tolasi, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar, energiya manbalari va neft mahsulotlari, qora va rangli metallar, mashina va uskunalar hamda boshqa xizmatlar hissasiga to’g’ri keldi.

***

2016 yilda viloyatda sanoat mahsulotlari hajmi 8103,2 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 106,3 foizni tashkil etdi. Hisobot davrida 3274,0 mlrd. so’mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2015 yilga nisbatan 109,2 foiz o’sish ta’minlandi.

***

O’tgan yili viloyatda qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning umumiy hajmi 4032,4 mlrd. so’mni tashkil etdi yoki 2015 yilga nisbatan o’sish 105,9 foizga etishiga erishildi. Xususan, o’sish chorvachilikda 106,7 foiz, baliqchilikda 129,3 foiz, o’rmonchilikda 103,8 foizga etdi.

***

2016 yili viloyatda fermer xo’jaliklari tomonidan 58 ming tonnadan ziyod kartoshka (2015 yilga nisbatan o’sish 101,7 foiz), 166 ming tonnadan ko’proq sabzavot (2015 yilga nisbatan o’sish 109,7 foiz), 45 ming tonnadan ortiq poliz mahsulotlari (2015 yilga nisbatan o’sish 107,4 foiz), 305,5 ming tonnaga yaqin meva (2015 yilga nisbatan o’sish 112 foiz), qariyb 20 ming tonna uzum (2015 yilga nisbatan 110,3 foiz) etishtirishga muvaffaq bo’lindi.

***

2016 yilda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 2346,8 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritilib, 2015 yilga nisbatan o’sish sur’ati 103,2 foizni tashkil etgani e’tiborga sazovordir.

***

O’tgan yili kommunal qurilish sohasida 217,7 km uzunlikdagi ichimlik suvi, 79,4 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi. O’sish 2015 yilga qaraganda mos ravishda 105,9 va 115,5 foizni tashkil etdi.

***

2016 yili viloyatda 1968,4 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning tegishli davriga nisbatan o’sish sur’ati 111 foizni tashkil etganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlab o’tish joiz.

***

2014-2016 yillarda Farg’ona viloyatining sanoat salohiyatini oshirish dasturi doirasida 1678 ta loyihalar amalga oshirildi va bu maqsadlar uchun jami 813,8 mlrd. so’m hamda 83,2 mln. dollar investitsiya mablag’lari o’zlashtirildi. Natijada 34,5 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

***

2016 yilda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturi doirasida viloyatda 1156 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari tashkil etilishiga erishildi. Dasturda belgilangan prognoz parametrlari ijrosi ta’minlanishi hisobiga yil yakuni bo’yicha sohaning viloyat yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 51 foizga to’g’ri keldi.

***

Hududiy eksport dasturiga asosan viloyatdagi eksportyor korxonalar tomonidan 2016 yilda 154,5 mln. dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilinib, belgilangan prognoz 114,3 foizga yoki 2015 yilga nisbatan 10 mln. dollar ortig’i bilan bajarildi.

***

Farg’ona viloyatini 2017-2019 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga asosan joriy yil davomida 1645,2 mlrd. so’m miqdorida mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 2077 ta loyihalarni (sanoat sohasida 664 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 958 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 455 ta) ishga tushirib, 25 ming 500 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan.