Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUYUK INSON BOSHLAB BERGAN YO’L

×

 2017-09-05 09:29:58    81

PDF yuklash
Chop etish


Prezident I A Karimov davlat rahbarlarining yangi avlodini o’zida boshqalardan ko’ra to’laroq mujassam etgan mintaqaning buyuk siyosiy arbobidir.

 Frants Vranitski

 

Qaysi davlat tarixiga nazar tashlamaylik, xalqning dardi, millatning qayg’usi, uning orzu-intilishlari, o’z elini mustaqillik degan bir ulug’ ne’matga olib borishga qodir bo’lgan buyuk shaxslarni tabiatning o’zi in’om etadi.

Albatta, buning bevosita asosi sifatida o’rta asrlarda diyorimizda mo’g’illar iskanjasi avjiga chiqqan bir zamonda Amir Temurning, Shayboniylar va boshqa hukmron tabaqalar o’rtasida Zahiriddin Muhammad Boburning, Sho’rolarning amalga oshirgan turli zulmlariga qarshi jadid ulamolarimizning vatan, xalq, ozodlik yo’lida haqiqiy qalqon bo’lib maydonga chiqishganini misol tariqasida keltirib o’tish mumkin. Zamonamizning ana shunday buyuk shaxslaridan biri sifatida Islom Karimovni yuqorida keltirib o’tilgan buyuk shaxslarga, ulug’ siymolarga qiyoslasak mubolag’a bo’lmaydi.

Haqiqatdan ham, Islom Karimov ma’nan yuksak fazilatlarga ega bo’lgan, mashhur davlat va siyosat arbobi, iqtisodchi, talantli notiq, ruhshunos, shu bilan birga el – yurtini, fuqarolarini ayniqsa, biz yoshlarni sevgan va o’z yurtini xalqaro xamjamiyatga tanitgan inson sifatida yodimizda qoladi. Mana shunday buyuk shaxsning qiyinchilik va tashvishlar bilan to’lib toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada mukammal darajada bayon qilish murakkab albatta. Lekin, uning buyuk shaxs, erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat asoschisi va bunyodkori sifatidagi hayoti va serqirra faoliyatini yoritishda ko’p jildlik kitoblar yozishga arzidi.

Davlat arbobining O’zbekiston Respublikasini yangidan tashkil topgan mustaqil mamlakat sifatida bozor iqtisodiyoti, mukammal infrastruktura, zamonaviy boshqaruv apparatini yaratishda, mamlakatda hal etilishi jumboq bo’lgan muammolarni to’g’ri qarorlar bilan echishda amalga oshirgan ishlari tahsinga loyiqdir. U Farg’ona voqealari, Qo’qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo’ka va Namanganda yuzaga kelgan qonli to’qnashuvlar, turli ziddiyatlar avjiga chiqqan bir paytda Respublikani jar yoqasidan qaytara oladigan inson sifatida maydonga chiqdi. Uning bu nizolarni oldini olishdagi xizmatlari butun xalqimiz, xorijiy davlat rahbarlaridan tortib oddiy xalqigacha yuksak baholangani barchamizcha ayon albatta.

Birinchidan, Prezident nafaqat siyosat borasida balki, o’z mamlakati istiqboli, turli xil iqstisodiy inqirozlardan tortib, mulk borasida, hokimiyat borasida, inson huquqlari va erkinliklari xususidagi masalalarda ham haqiqiy qahramonliklar ko’rsatib o’z oldiga qo’ygan masalalarni mukammal darajada amalga oshira oldi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida tinchlik va barqarorlikni saqlashda, aholini ijtimoiy muhofaza qilishda, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishda, millatlararo hamjihatlikni asrashda, milliy armiyani shakllantirishda, sud – huquq sohasini yangi asosda vujudga keltirishda, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularning manfaatlarini himoyalash kabi masalalarni yo’lga qo’yish, rivojlantirishdagi xizmatlari benihoya katta bo’ldi.

Mustaqillik me’mori nafaqat mamlakatimizda balki, qo’shni va xorijiy mintaqalarda yuzaga kelgan turli mojarolar, millatlararo kelishmovchiliklarni bartaraf etishda, osoyishtalikni yuzaga keltirishda qo’shgan hissasini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Tojikiston, Qirg’izistondagi mojarolarni, Afg’oniston muammosini hal etishda, millatlararo muammolarni echishda strategik oldindan ko’ra bilish iste’dodi, yangi kontseptsiyalarni yaratishdagi o’ziga xos bo’lgan jihatlari bunga misol bo’la oladi. Xavfsizlik borasida bugungi kunda butun insoniyat uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarayotgan global muammolarga: diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, mintaqaviy mojarolar masalasiga alohida etibor berib, xalqaro xamjamiyatni xam ushbu masalalarga jiddiy yondashishga chorlab, BMT, EXXT, MDX kabi bir necha xalqaro tashkilotlardagi chiqishlarini ta’kidlash mumkin. Xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda davlat arboblarining fikrlariga ko’ra “I.A.Karimov Prezident sifatida o’z amolini o’z mamlakati O’zbekistonga ham, dunyoga ham takror – takror bayon qila oldi”.

Birinchi Prezidentimiz “O’zbekiston Qahramoni” (1994-y), “Mustaqillik” (1996-y), “Amir Temur” (1998-y) ordenlari sohibi, xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli xissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y), nufuzli xalqaro akademiyalarning faxriy a’zosi hisoblanadi. Yozgan asarlari ingliz, frantsuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o’nlab turli xorijiy tillarga bir necha bor tarjima qilingan.