Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ENG NAMUNALI OILALAR SARALANDI

×

 2017-09-12 11:27:23    112

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Do’stlik uyi”da O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan  “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostidagi “Eng namunali oila” respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Xalqimizga xos eng ulug’ qadriyat – oilani ulug’lash, uning jamiyat hayotidagi, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini e’tirof etish, mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalarini targ’ib qilish, oilalarni mustahkamlashda keng jamoatchilikning o’rnini hayotiy misollar orqali ko’rsatib berish, shuningdek, ibratli oilalarni rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovning mahalla va shahar-tuman bosqichlarida 700 dan ziyod oilalar qamrab olindi.

Tanlovning viloyat bosqichida 19 nafar oilalar ishtirok etishdi.

Qatnashchilar chiqishlari oila qurish jarayoni, qaynona-kelin munosabatlari, farzandlarni go’zal axloq, ilmu ma’rifat, jismoniy va ma’naviy uyg’unlikda kamolga etkazish, nabiralar tarbiyasidagi hayotiy tajriba, oiladagi an’ana va qadriyatlar, oila a’zolarining kitobsevarligi, zamon bilan hamnafasligi, kiyinish, muomala madaniyati, dunyoqarashining kengligi kabi qator mezonlarga ko’ra adolatli baholab borildi.

- Oilalardagi ilm-u ma’rifatga oshnolik, mehnatsevarlik va ishbilarmonlik, ayniqsa, ota-ona va farzandlar, qaynona-kelin munosabatlarida o’zaro hurmat muhitining barqarorligi yuksak e’tirofga loyiqdir, -deydi hakamlar hay’ati a’zosi, “Oydin” gazetasi bosh muharriri Xadichaxon Karimova. – Mazkur tanlov ana shunday  ibratli, nafaqat o’z oilasi, mahallasi, qolaversa, jamiyat rivojiga sezilarli ulush qo’shib kelayotgan namunali oilalarni kashf etdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra 1-o’ringa Oltiariq tumanidagi Tojiboevlar, 2- o’ringa Marg’ilon shahridagi Tillaevlar, 3-o’ringa Bog’dod tumanidagi Tillaevlar oilasi munosib deb topildi. Shuningdek, “Kitobsevar oila”, “Sportchi oila”, “Ishbilarmon oila” “Mehribon qaynona”, “Ahil oila”, “Saxovatli oila”, “Ibratli kelin”, “Fayzli oila” nominatsiyalari bo’yicha sovrindorlar aniqlanib, ularga viloyat hokimligining diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

G’olib oilalar tanlovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida o’tkaziladigan respublika bosqichida ishtirok etishadi.