Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 295 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MEHR-MURUVVATNING OLIJANOB NAMUNASI

×

 2017-09-12 11:29:00    88

PDF yuklash
Chop etish


ehtiyojmand oilalarga yangi uylar

 

Yurtimizda  kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga ko’mak berish, ularni uy-joylar bilan ta’minlash  yaxshi an’anaga aylandi. Ayni paytda xalqimizga xos yuksak fazilatni o’zida mujassam etgan  bunday  ezgu tadbirlar viloyatimizning barcha shahar, tumanlarida amalga oshirilyapti.

Bag’dod tumanidagi Mirishkor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan uy topshirish marosimlari ham fuqarolarimiz qalbiga bir olam hursandchilik ulashdi. Bu e’tibordan Dilbar Alijonova, Rayxona Atamatovalar bahramand bo’ldilar. 

Uy topshirish marosimlari Oltiariq tumanida ham ko’tarinki ruhda boshlandi. Tuman rahbarlari va faollari ishtirokida o’tgan tadbirda  so’z olganlar mamlakatimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasligini, ijtimoiy himoya davlat siyosatining ustuvor tamoyillardan biri ekanligini ta’kidladilar. Rustamovlar oilasiga yangi uy-joyning kaliti topshirildi.

Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar  sharofati bilan  mamlakatimizda inson manfaatlariga, xalqning tinchligi  va farovonligiga xizmat qiluvchi  islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi Sodiq Rustamov. – Turmush o’rtog’im  Gulnoza Rustamova bilan yangi xonadonga ko’chib o’tdik. Buning uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Uliver Fozilova – 1-guruh nogironi.  Yolg’iz farzandini  o’zi tarbiyalab kelmoqda. U 15 yildan buyon onasining 3 xonali uyida akasi, kelinoyisi bilan  istiqomat qilardi. Shu kuni Beshariq tumanida qurib bitkazilgan ikki qavatli arzon uyning 3 xonali xonadoni kaliti unga tantanali ravishda topshirildi.

–   Qizimning yangi uyga ko’chib o’tganligini ko’rib, qalbim cheksiz quvonchga to’ldi, – deydi Aysha Dugon. – Berilgan tikuv mashinasidan foydalanib, 4 yarim million so’mlik etak tikdi. Uyning dastlabki 16 million so’mi davlatimiz tomonidan to’lab berildi.

Imkoniyati cheklangan bo’lishiga qaramay dang’aralik G’ofurovlar oilaviy kasanachilik bilan shug’ullanishadi. Qunduzxon 2-guruh, turmush o’rtog’i Akmaljon 3-guruh nogironi. Oilaga viloyat hokimligi tomonidan berilgan tikuv mashinasida uy pardalari, ro’zg’or buyumlari tikib, aholiga etkazib beradilar. “Paxtasanot” aktsiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan shartnomaga asosan hozirda etak tikib, buyurtmani bajarib kelmoqda.

Dang’ara tumanining Navbahor mahallasida qurilib bitkazilgan 2 qavatli,16 xonadondan iborat arzon uylarni egalariga topshirish marosimi haqiqiy shodiyonaga aylanib ketdi.  Xonadon sohiblariga kalitlar topshirildi.

Davlatimizning e’tiborga muxtoj qalblarga sevinch, umid tuyg’ularini ulashayotganligi quvonarlidir, – deydi “Navbahor” MFY raisi Oliyaxon Otaqo’zieva.  –   Yangi xonadonlar topshirilishi bilan birga viloyat  xokimligi tomonidan  gilamlar, uy-ro’zg’or buyumlaridan iborat jamlanma, yotoqxona mebellari ham tortiq etildi.

Prezidentimiz qaroriga ko’ra qishloq joylarda 4 va 2 sotixli 2 va 3 xonadondan iborat uylar ham Furqat tumanining Obodon mahallasida  o’z egalarini topdi.