Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BEKTEMIRNING GERMANIYADAGI G’ALABASI

×

 2017-09-12 11:31:04    81

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimiz sportchi yoshlarining jahon arenalarida  ulkan yutuqlarni qo’lga kiritayotganligi mamlakatimiz dovrug’ini  taratmoqda.

Germaniyaning Gamburg shahrida bo’lib o’tgan boks bo’yicha jahon chempionatida ham yurtimizning kuchli charm qo’lqop ustalari umumjamoa hisobida faxrli 2 o’ringa sazovor bo’lishdi. Terma jamoa safida viloyatimiz vakili, furqatlik Bektemir Meliqo’ziev ham muvaffaqiyatli qatnashib, bronza medali sohibi bo’lganligi quvonarlidir.

Ta’kidlash joizki, Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionati  boks ishqibozlariga unutilmas taassurotlarni tortiq etdi.  O’zbekiston sportchilari o’z imkoniyatlari yuqori ekanligini amalda ko’rsatdilar. Bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medallariga sazovor bo’lishdi. Bektemir Meliqo’zievning murosasiz o’tkazgan bellashuvlari nafaqat mamlakatimiz, balki xorijlik muxlislarning ham diqqat-e’tiboriga sazovor bo’ldi.

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi  Shuhrat G’aniev  sportchining yutug’i bilan yaqinlarini qutlash maqsadida xonadoniga tashrif buyurdi. Farg’ona farzandining muvaffaqiyati mustaqilligimizning 26 yilligiga munosib tuhfa bo’lganligini ta’kidladi.  Ota-onasiga esdalik sovg’alari topshirildi.

O’g’lim sportda erishgan yutuqlari bilan  Vatanimiz rivojiga  hissa qo’shayotganligidan faxrlanaman, – deydi Navro’za Sulaymonova. – Uning chiqishlarini otasi ikkimiz hayajon bilan kuzatib boramiz.   Doimo zafar qozonishini tilab, duo qilamiz. Mahallamizda kimdir Bektemirga o’xshashi yoxud shogird bo’lishi haqida so’z yuritsa, onalik mehrim yanada jo’shib ketadi.   Farzandim kamolidan cheksiz shodlanaman.