Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BOShOQLI DONNI EKISh

 2017-09-12 11:32:10    122

PDF yuklash
Chop etish


Bu muhim agrotexnik tadbir o’z vaqtida va sifatli tashkil etilishi zarur

 

Sentyabr oyining dastlabki kunlarida viloyatimizning barcha hududlarida kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish mavsumini belgilangan agrotexnik tadbirlar talablari asosida tashkil etish maqsadida amaliy seminarlar bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan o’tkazilgan amaliy seminarlarda qishloq xo’jaligi sohasiga daxldor korxona va tashkilotlar rahbarlari, olimlar, otryadlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar va fermerlar ishtirok etishdi. Seminarlar davomida mutaxassislar tomonidan fermer xo’jaliklariga kerakli tavsiyalar berilib, boshoqli don ekish mavsumini sifatli o’tkazish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.

2018 yil hosili uchun viloyatimizda 109 ming 200 gektar maydonga “Asr”, “Yaksart”, “Zamin-1”, “Durdona”, “Bardosh”, “Tanya”, “Grom” kabi navlarni ekish rejalashtirilgan bo’lib, buning uchun etarli miqdorda urug’lik zaxirasi yaratildi,-deydi O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi Farg’ona viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Odiljon Salaydinov. – Bu navlar viloyatimizning tuproq va iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganlik darajasi hamda biologik xususiyatlariga qarab joylashtiriladi.

Boshoqli don ekinlari ochiq maydonlarda SZT-3,6, SZU-3,6 rusumli ekish seyalkalarida, g’o’za qator oralariga maxsus seyalkalar va KRX-4,2 rusumli kultivator ekish moslamasida ekiladi. Hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va navlarining biologik holatiga qarab quyidagi me’yorlarda urug’ sarflanadi:

ertagi muddatda – 220-230 kgG’ga;

o’rta muddatda – 230-240 kgG’ga;

kechki muddatda – 250 kgG’ga. Ekish chuqurligi o’rtacha 3-5 sm ni tashkil etishi lozim.

Viloyatning unumdorligi yuqori erlarida urug’ni 3-4 sm, qumli erlarda 4-5 sm chuqurlikda ekish, shamol ta’sirida bo’luvchi va qor nisbatan kam yog’adigan Qo’qon guruhi tumanlarida bug’doy urug’ini Farg’ona guruhi tumanlariga qaraganda 1 sm chuqurroq ekilsa, maysalarni qishdan betalofat, sovuq urmay chiqishi ta’minlanadi.

Urug’ ekilganidan keyin bir tekisda undirib olish uchun me’yorida sug’oriladi. Birinchi suvdan so’ng 7-8 kun o’tgach, urug’ to’liq unib chiqmasa, takroriy sug’orishni tashkil etish kerak. Sug’orish sharbat usulida amalga oshiriladi. Bu usulni qo’llash g’allani makro va mikroelementlarga bo’lgan talabini qondirish bilan birga mulcha vazifasini bajaradi hamda suvning bug’lanishini kamaytiradi va uning tuproqqa singishini yaxshilaydi.

O’z navbatida viloyatimizning Markaziy Farg’ona, Qolgandaryo massivlarining erlari sho’rlangan maydonlarini qish chillasida chilla suvi bilan qondirib sug’orish ushbu maydonlarning sho’rlanish darajasining pasayishiga va sho’r yuvilishiga xizmat qiladi. Boshoqli donni ekishda mazkur tavsiyalarga amal qilish shartnomada belgilanganidek mo’l va sifatli hosil olishga keng sharoit yaratadi.