Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHSULOTLAR SIFAT NAZORATI KUChAYTIRILADI

 2017-09-12 11:33:05    106

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’simliklar karantini davlat inspektsiyasini tashkil etish to’g’risida” 2017 yil 30 avgustdagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo’llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan qarorlari bo’yicha endilikda mahsulotlarimiz chet elda raqobatdoshligini ta’minlash asosiy o’rinda turadi. Xalqaro talablardan kelib chiqqan holda Prezidentimiz qarori bo’yicha o’simliklar karantini to’g’risidagi qonunga qator o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad eksport qiluvchilarga keng ko’lamda yordam berish va mas’uliyatini oshirishdan iboratdir.

Qarorga asosan endilikda har bir viloyatda 2017-2019 yillarda karantin laboratoriyalarini ishga tushurish va maxsus jihozlangan ko’chma laboratoriyalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Natijada tadbirkorlarga katta qulayliklar yaratiladi. Chunki chet elga chiqariluvchi o’simliklar mahsulotlari har tomonlama sifatli va zararlanmagan bo’lishi talab etilmoqda. Buning uchun laboratoriya tahlillari, ekspertizalarini aniqligi va kechikmasdan o’z vaqtida bajarilishiga mahsulotlar eksporti sifati va nazoratini kuchaytirilishiga katta ehtiyoj bor. Natijada respublikamizda fitosanitariya holati yaxshilanadi va chet elga zararlanmagan mahsulotlar eksport qilinishi ta’minlanadi.

Viloyat hokimining 2017 yil 31 avgustdagi 447-sonli qarori bilan o’simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya normalarining bajarilishini nazorat qilish hamda maqbul fitosanitariya sharoitlarini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Respublika Davlat inspektsiyasi huzurida sohani tizimli jadal rivojlantirish Jamg’armasi tashkil etiladi. Uni shakllantirish uchun manbalar ko’rsatib o’tilgan.

Qarorda har bir tuman va shaharlardagi bozorlarda karantin inspektorlari uchun alohida xonalar ajratilishi ko’zda tutilgan. Zararlangan mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) uchun 3 m.kubli maxsus fumigatsiya kameralari joylashtiriladi. Bundan maqsad sotilayotgan qishloq xo’jaligi va o’simlik mahsulotlarini saqlash davrida zararli karantin organizmlar bilan zararlanishi va tarqalishining oldini olish, aholini sifatli va zararlanmagan mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayadi.

Shuningdek, o’simlik mahsulotlarini o’tkazadigan asosiy davlatlararo chegara hududlari yaqinida hamda viloyatlararo yo’l-patrul xizmatining nazorat o’tish joylarida ham maxsus zararsizlantiruvchi (fumigatsiya) kameralarini bosqichma-bosqich qurish rejalashtirilgan. Bu kabi izchil sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda dunyoda mavjud 335 turdagi karantin ob’ektlarining mamlakatimizga kirib kelishining oldi olinadi.

Viloyatimizda ham paxta tolasini eksportga jo’natuvchi Farg’ona va Qo’qon shaharlaridagi paxta terminallarida bosqichma-bosqich zararsizlantiruvchi fumigatsiya kameralari quriladi. Binokorlik materiallari va boshqa karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish maqsadida davlat inspektsiyasining hududiy tuzilmalarida termik ishlov beruvchi maxsus kameralar barpo etiladi. Kelajakda qarorda ko’rsatib o’tilganidek tarmoq mutaxassislarini kasbga yo’naltirilgan xorijiy muassasalarda o’qitish va malakasini oshirish mo’ljallanmoqda.

Mazkur qaror bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar o’simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining eksportini yanada oshiradi. Tadbirkorlar, dehqon va fermer xo’jaliklarining tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, er resurslaridan samarali foydalanish, takroriy ekinlar ekish hisobiga qishloq xo’jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishga rag’batlantiradi. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan o’simlik mahsulotlarining narxi va sifati bo’yicha tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshiradi. Dehqon va fermerlarga mustaqil eksport qilish, daromadlarini oshirish, oilasining moddiy farovonligini ko’tarish imkoniyatini yaratadi. Sifatli eksport qilingan mahsulotlar evaziga qo’shimcha valyuta tushumlarini ko’paytiradi. Shuningdek, ularni o’zimizda qayta ishlash bo’yicha yangi loyihalarni investitsiyalash uchun imkoniyatni kengaytiradi. Chet ellik xaridorlarning bizga bo’lgan qiziqishini oshiradi va mahsulotlarimizning jahonda qabul qilingan me’yor va standartlarga muvofiqligini ta’minlashni tizimli amalga oshirishni yo’lga qo’yadi.

Bir so’z bilan aytganda, o’simliklar karantini bo’yicha qabul qilingan yangi qaror xalqimizning moddiy farovonligini ko’tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.