Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MIKROMOLIYAVIY YORDAM

 2017-09-12 11:33:58    98

PDF yuklash
Chop etish


kichik biznes va ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlashda muhim omil

 

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni mehnat munosabatlarini qayta ko’rib chiqishda muhim huquqiy hujjatga bo’ldi.

Joriy yil 22 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy yordam ko’rsatish, yangi ish o’rinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy yordam ko’rsatish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish uchun kredit berish, oilaviy hamda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Aholining, ayniqsa, qishloq joylardagi yurtdoshlarimizning bandligini ta’minlash va daromadini oshirishni ko’zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish, yangi ish o’rinlari tashkil qilayotgan korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, shu jumladan ularga texnologik jihozlash va modernizatsiyalash uchun zamonaviy uskunalar va mini-texnologiyalar xarid qilishga kreditlar berish tartibga solindi.

Abror Asqarov, «Mikrokreditbank»ning viloyat filiali boshqaruvchisi o’rinbosari:

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2017 yil 16 iyundagi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan «Mikrokreditbank» ATBni qo’shimcha kapitallashtirish maqsadida 30,0 million AQSh dollari miqdorida mablag’ o’tkazilgani qarorda qayd etildi. Hozirda viloyatimiz uchun ajratiladigan mablag’ masalasida ham daxldor idora va tashkilotlar bilan birgalikda tegishli topshiriqlar bajarilyapti.

Qaror ilovasida tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan tadbirkorlik sub’ektlariga 24 oygacha mikrokreditlar ajratish, yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlariga eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha, mikrofirmalar va dehqon xo’jaliklariga (yuridik shaxs maqomiga ega), kam ta’minlangan oilalar va o’quv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish uchun — eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha, Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yangi ish o’rinlari yaratish sharti bilan 24 oygacha eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha beriladigan mikrokreditlar hajmini ko’paytirish belgilab qo’yildi. Shuningdek, oliy o’quv muassasalari va kollejlar bitiruvchilari — «Start-up haftaliklari» dasturi doirasida taqdim etilgan hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «bisnes.mehnat.uz.» saytida joylashtirilgan istiqbolli loyihalar mualliflari uchun mikrokreditlar ajratish masalasi yoshlar bandligini ta’minlashda keng imkoniyat bo’lib xizmat qiladi.

Ilg’or jahon tajribasiga muvofiq birgalikdagi javobgarlik asosida mikrokreditlar ajratish, jumladan, 3-5 kishidan iborat guruh tashkil etilganidan qat’iy nazar, birgalikdagi javobgarlik asosida kafolat ta’minotisiz kredit ajratish, guruhning har bir a’zosiga bir yilgacha eng kam oylik ish haqining 15 baravarigacha bir xil miqdorda mikrokredit ajratish belgilandi. Shuningdek, o’z xonadonida kasanachilik asosida mehnat qiladigan yurtdoshlarimiz uchun ham bir qator imtiyozlar shakllantirildi.

Baxtiyor Elchiev, viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi  raisi:

– Hozirda viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularning ro’yxatini shakllantirish ishlarini tashkil etdik. Tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalar a’zolarining tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun moliyaviy yordamni maqsadli taqsimlash ishlari ham e’tiborga olindi. Mazkur qarorda tadbirkorlik sohasidagi sharoitlar va qonunchilikni, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lganlar uchun tijorat banklarining mikrokreditlarini olish shartlari va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo’yicha seminarlar tashkil qilish belgilab berilgani aholining qiziqishini oshiradi. Negaki, bugun o’zi ehtiyojmand bo’lsada, yurtimga nafim tegsin, degan vatandoshlarimiz ko’p. Ularni birozgina moliyaviy-ma’naviy qo’llab-quvvatlansa kifoya. Samarali natijalarga erishiladi. Qaror ijrosi ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish, bandlikni ta’minlash va aholining farovon turmushida muhim ahamiyatga egadir.

Qabul qilingan qarorning yana bir afzalligi kam ta’minlangan oilalarni mikrokreditlar bilan kafolatli ta’minlash tizimining yaratilganligidir. Ayni shu toifadagi oilalar uchun beriladigan sug’urta polislari bo’yicha 1 foizgacha sug’urta mukofoti undirishni amaliyotga joriy qilish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashda iste’mol, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish uchun ham mikrokreditlar ajratiladi. Unda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirish, jumladan, qishloq joylardagi olis aholi punktlarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo’shatilgan, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va zararli ta’sirlarga berilmagan fuqarolar manfaati ham inobatga olingani katta qiziqish bilan kutib olindi.