Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MING DARDGA ShIFO

 2017-09-12 11:34:52    112

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimizda asal ming dardga shifo, degan ajoyib naql bor. Buning mantiqiy ijobati sifatida ulug’ bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida berilgan retsept-tavsiyalarning 500 dan ortig’i aynan asalari zahari va boshqa mahsulotlariga asoslanganligida ham ko’rinib turibdi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Farg’onaga tashriflari chog’ida birinchi navbatda viloyat asalarichilar uyushmasi faoliyati bilan tanishganliklari, bu sohada farg’onaliklar to’plagan tajribani butun respublikaga tarqatish orqali O’zbekiston asalarichiligini yuksak darajaga ko’tarish lozimligini ta’kidlaganliklari bejiz emas.

Bir vaqtlar 10-15 nafar asalarichilarni birlashtirgan uyushma safida ayni paytda 1200 nafardan ortiq malakali mutahassislar mehnat qilmoqda. Ular orasida ish tajribasi vodiyda, respublikadagina emas, xorijiy davlatlarda ham qiziqib o’rganilayotgan va yuksak baholanayotgan arichilar bor. Chimyonlik Olimjon, Bobomurod, Tursunmurod Ahmedovlar, qo’qonlik Nuriddin Ahmedov, quvasoylik G’anijon Yuldashev, farg’onalik Aleksandr Kartunov, Qo’chqor Karimov, Baxtiyor Parpiev shular jumlasidandir. Ular, oila a’zolari bilan birga 1500-2000 tagacha ona arilarni parvarish qilib, yuqori mahsulot va istiqbolli nasllar etishtirmoqdalar. Bundan 2 yil ilgari viloyat bo’yicha ming tonnaga yaqin asal etishtirilgan bo’lsa, 2017 yilda bu ko’rsatkichni 1700 tonnadan oshirish uchun kurashilmoqda.

Asosiy maqsad, aholini sifatli asal bilan ta’minlashdan tashqari, viloyatda xorijdan keltirilgan naslli asalarilarni ko’paytirish va xorijga sotish, asalari changlatishi orqali qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini keskin oshirishdan iborat, – deydi viloyat asalarichilar uyushmasi raisi, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi Sherali Suyarqulov. – Bu sohada ilmiy izlanishlarni kuchaytirish bilan birga, Ukraina, Qozog’iston, AQSh, Isroil, Rossiya, Ispaniya, Kanada, Shveytsariya singari xorijiy davlatlarning asalarichi mutaxassislari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular tajribasini o’rganish va amaliy faoliyatimizda keng qo’llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qozog’iston, Ukraina va Germaniyadan olib kelingan sermahsul ari zotlari viloyatimiz sharoitlariga moslashtirilib, yuksak natijalarga erishilmoqda. Farg’onaliklar yil davomida 30 ming ona asalarilarni xorijga eksport qilib, bundan katta daromad olayotganliklari hammani quvontirmoqda.

Shu munosabat bilan qiziq bir voqeani eslab o’tmoqchiman, – deya so’zini davom ettirdi uyushma raisi. – 2008 yilda O’zbekiston asalarichilari delegatsiyasi tarkibida tajriba almashish uchun Amerikada bo’ldik. Mamlakat poytaxtida do’stlik va hamkorlikni mustahkamlashga bag’ishlangan mitingda AQShning o’sha paytdagi prezidenti Bil Klinton ham ishtirok etdi.

Menga so’z berishganda, mamlakatimizda, xususan, Farg’ona viloyatida asalarichilikni jadal rivojlantirishda amerikalik olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlik yuksak samara berayotganligini faktlar asosida aytib berdim. Miting tugayotganda ichkariga kirib ketgan prezident kutilmaganda qaytib chiqib, men va Ahadjon Mo’ydinovning qo’limizdan ushlab, sizlar O’zbekistondanmisizlar, deb so’radi. Ha, o’zbekmiz, O’zbekistondanmiz, deya javob qaytardik. Shunda u, o’ng qo’lining bosh barmog’ini baland ko’tarib, prezidentingiz Islom Karimov zo’r odam, dedida, biz bilan xayrlashib qaytib ketdi.

Viloyat uyushmasi samarali ishlari va ilmiy izlanishlari bilan respublikamizning chinakam tajriba maktabiga aylandi. Hozirgi paytda Andijon va namanganliklargina emas, Xorazm, Jizzah, Samarqand va sirdaryoliklar ham tajriba o’rgangani Farg’onaga kelib, o’z bilim, malaka va mahoratlarini oshirib ketmoqdalar. Respublika hukumati va viloyat hokimligining amaliy yordami bilan Farg’ona shahar O’rmonchilar ko’chasida ikki qavatli muxtasham bino qurilib, asalarichilarga topshirildi. Bino atrofida ikki gektarli bog’ yaratilib, bu erda asalari yoqtiradigan va oziqlanadigan daraxt hamda o’simliklar parvarishlanmoqda. Bino ichida esa asalari uyasi ishlab chiqariladigan, mahsulot qadoqlaydigan va kandi tsexlari, naslchilik laboratoriyasi, o’simliklar bilan ishlaydigan bo’lim ishlab turibdi. Yosh asalarichilarga kasb sirlari va ilmiy asoslarni o’rgatadigan maxsus maktab ochilgan. Mashg’ulotlarni Botir Qodirov singari shu sohaning etak mutaxassislari olib bormoqdalar. Yangi binoga ko’chib o’tilishi munosabati bilan 40 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Farg’onalik mutaxassislar keyingi yillarda Isroil davlatidagi hamkasblari bilan muntazam bordi-keldi va tajriba almashishni yo’lga qo’ydilar. U erda ekinlarni changlatish orqali sifatli asal va yuqori hosil olish texnologiyasi juda rivojlangan. Bu tajriba sinchiklab o’rganilib, viloyatimiz shahar va tumanlarida keng joriy etilmoqda. Bu usulning afzalligi shundaki, asalarichi xo’jaliklar yil davomida 10 mlrd.so’mlik asal va asalari mahsulotlari etishtirsalar, paxta, g’alla va boshqa ekinlarni asalari orqali changlatish yo’li bilan 120 mlrd.so’mgacha foyda keltirmoqdalar. Shu bois amalda bu ishlar ko’lamini ilmiy asoslarda kengaytirish va mahsuldorlikni hozirgi zamon talablari darajasiga ko’tarish imkoniyatlari yaratiladi.

Farg’ona aslarichiligining kelajagi yanada yorqin va salmoqlidir.