Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TINChLIK VA HAMKORLIK SAMARALARI

×

 2017-09-21 09:19:03    98

PDF yuklash
Chop etish


 

Ilgari xabar qilganimizdek Marg’ilon shahrida YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi, YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, DiViVI (DVV) xalqaro kompaniyasi, «Hunarmand» uyushmasi, YuSEL kompaniyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida o’tkazilayotgan «Atlas bayrami» uchinchi milliy matolar  festivali yakuniga etdi.

Festival doirasidagi tadbirlarda horijlik sayyohlar va mamlakatimizning har bir hududidan hunar ustalari ishtirok etib, rang-barang loyihalarga guvoh bo’ldilar. Jumladan, “Yoshlik” xiyobonida ikki tonnaga yaqin devzira guruchida osh tayyorlanishini ishtirokchilar katta hayajon bilan kuzatishdi. Mazkur palovni marg’ilonlik 23 yoshli oshpaz Muhammadali Hayitboev tayyorladi. Unga 20 nafardan ziyod yoshlar ko’makchi bo’ldilar

Xiyobonda hunarmandchilik namunalaridan iborat ko’rgazma ham namoyish etildi. Har bir viloyatning eng iste’dodli hunarmandlari tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar yarmarkasi barhayot an’analarimizni o’zida ifoda etdi.

– Bugun yurtimizda pichoqchilik ham boshqa hunar turlari qatorida rivojlanib bormoqda. Bunda Chust pichoqlari qadimiyligi bilan ajralib turadi, – dedi namanganlik hunarmand Rahimjon Ubaydullaev – Ko’rgazmaga eng sara mahsulotlarimizdan namunalar olib kelganmiz. Chet ellik mehmonlarning pichoqlarimizga bo’lgan qiziqishi va e’tirofidan juda mamnun bo’ldik.

Marg’ilondagi "Yodgorlik" fabrikasida O’zbekiston gilamdo’zligiga bag’ishlangan ijodiy ko’rgazmaning ochilishi ham soha vakillarining o’zaro tajriba almashishlariga yo’l ochdi. Tarix muzeyida o’tkazilgan "Markaziy Osiyo to’qimachilik dunyosi: XXI asr" deb nomlangan an’anaviy to’qimachilik ko’rgazmasida esa Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston davlatlari va mamlakatimizning shu yo’nalishdagi tarixiy va zamonaviy yutuqlari e’tirof etildi.

– Festivalda ikkinchi marotaba ishtirok etyapman. O’tgan yilgi festivallardan farqli ravishda horijiy hamkorlarning soni ortgani tadbirning qamrovi yanada kengayganidan dalolat beradi, – deydi biz bilan suhbatda DiViVI (DVV) kompaniyasi mintaqaviy direktori Levant Kvatchadze – Dizaynerlarning bangladeshlik san’at arbobi Bibi Rassel xonim boshchiligida taqdim etilgan g’oyalari hech kimni befarq qoldirmadi. Hunarmand va dizaynerlarning o’z yo’nalishlari bo’yicha saboq va mahorat o’rgangani esa ularni kelajakda katta maqsadlarga ruhlantiradi.

– Adabiyotshunos bo’lganim sabab Alisher Navoiy haqida juda ko’p o’qiganman. Navoiy davrining tarixiy jihatlari men uchun hamisha qiziq. Olis masofani bosib kelib anjumanda qatnashayotganim ham shundan, – deydi AQShlik sayyoh Linda Vudbridje. – Amerikada ham atlas matoingiz haqida juda yaxshi bilishadi. Uning ajoyib naqshlari va rang-barangligi bizni doimo o’ziga jalb etgan. “Atlas bayrami” haqida eshitib, unda ishtirok etishga ahd qilgan edim va bundan juda xursandman. Turli-tuman bejirim va yorqin atlas matolaridan xarid qildim, ularni yaqinlarimga ham ko’rsatib, taassurotlarimni so’zlab bermoqchiman.

“Atlas bayrami”ning yopilish marosimi ham ko’tarinki ruhda kechdi. Tadbir avvalida Marg’ilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullaev so’zga chiqib, an’anaviy festivalning  bu yilgi xususiyatlari haqida so’z yuritdi. Ushbu bayram xalq amaliy san’atining bebaho ifodasi sifatida millatlararo totuvlikka xizmat qilayotgani, yangi tajribalarga asos bo’lgani, vatandoshlarimiz va sayyohlarning xalq badiiy hunarmandchiligiga bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratganini e’tirof etdi.

Tantanali marosimda Markaziy Osiyoning taniqli dizaynerlari defile-ko’rgazmasi namoyish etildi. O’zbekiston, Qozog’iston va Tojikistondan tashrif buyurgan dizaynerlarning atlas, adras, beqasam, bo’z va boshqa matolardan tayyorlangan liboslari namoyishda olqishlar bilan kutib olindi.

– Tashkilotimiz vataningizda ilk faoliyatini boshlaganida birinchi galda tarixiy ob’ektlarga diqqatimizni qaratgan edik. Vaqt o’tgan sayin milliy an’analaringiz ham e’tiborimizni tortdi, –  deydi YuNESKOning faxriy a’zosi Mayl Barrilayn. –  Eng ommalashgan matoingiz atlas O’zbekistonda azaldan e’zozlab kelingan. Hozirgi kunda jahonda ham atlasning alohida o’rni bor. Nafaqat dizaynerlik yo’nalishida balki, kollektsiyalarda va mebellarni yaratishda ham atlas, beqasam matolaridan keng foydalanilmoqda. Festival bu boradagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi.

Anjumanda nomoddiy-madaniy meros sifatida YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan milliy maqom taronalari ijro etildi. Maftunkor raqslarga mehmonlar ham jo’r bo’lishdi.

Hamkor tashkilot rahbarlari va homiylar ishtirokida festivalda ikki tonnalik hayriya oshi tayyorlagan Muhammadali Hayitboev hamda yosh va mahoratli oshpazlarga, ko’rgazmalarda faol qatnashgan hunarmand va dizaynerlarga sertifikat, esdalik sovg’alari tantanali topshirildi.