Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VIRUSLI GEPATITDAN SAQLANING!

 2017-09-21 09:21:06    264

PDF yuklash
Chop etish


Xalq tilida “sariq kasalligi” nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit - o’tkir yuqumli jigar xastaligi  ko’proq tozalikka rioya qilinmasligi oqibatida kelib chiqadi.

Dunyoda har yili o’n millionga yaqin odam ushbu kasallikka chalinadi. Mutaxassislarning fikricha, kasallanishga moyil bo’lgan aholi guruhlarining to’planib qolishi natijasida har 3-5 yilda avj oladi. Havoning keskin beqarorlashuvi, kasallikning  mavsumiyligi, tabiatdagi o’zgarishlar bu yuqumli kasallikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.

Virusli gepatit yuqumli kasallik hisoblanib, asosan, A, V , S, D, E turlariga bo’linadi. Viloyatimizda aholi o’rtasida A, V, S virusli gepatitlar qayd etilgan bo’lib,  asosan, virusli gepatit A turi ruyxatga olingan. Bu kasallik kuz oylarida ko’proq uchraydi. Kasallikni qanday virus chaqirishidan qat’iy nazar, viruslar jigarni zararlaydi va uning hujayralarini emira boshlaydi.

Virusli gepatit (turiga qarab) yuqadi. V, S, D gepatitlari qon va qon preparatlari quyilganda, jarohatlangan teri va shilliq qavat orqali, jinsiy aloqa;  A, E gepatitlari esa suv hamda oziq-ovqatlar va ifloslangan qo’l, bemor bilan muloqat orqali  yuqadi.

Kasallikning ilk alomatlarida bemor ko’zining oqi, og’iz bo’shlig’i, til osti shilliq qavatlari va tana terisida sarg’ayish alomatlari kuzatiladi. Ko’p hollarda kasallik, sarg’ayish belgilarisiz ham  kechishi mumkin. Bunda o’ng qovurg’a osti sohasida og’riq, siydik rangining to’q bo’lishi, najasning oqarishi, ishtahaning yo’qligi, darmonsizlik, ko’ngil aynishi kabi holatlar kuzatiladi. Ayrim hollarda kasallik o’tkir boshlanib, tana harorati 37-38 gradusgacha ko’tariladi. Virusli gepatitning A turi bilan kasallanish boshqa turlarga nisbatan ko’proq uchraydi va bemor 90,0 foiz holatlarda asoratsiz tuzaladi. Bundan tashqari, gepatit V viruslari onadan bolaga homila rivojlanayotgan paytda va tug’ish jarayonida o’tishi ham mumkin. Virusli gepatit V kasalligini oldni olish maqsadida respublikamizda 2000 yildan boshlab “Milliy emlash kalendari”ga virusli gepatitning bu turiga karshi emlash tadbirlari  kiritilgan.

Viloyatimizda  virusli gepatit kasalliklarini oldini olish bo’yicha bir qator profilaktik va epidemiyaga karshi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bo’g’ma, qoqshol, virusli gepatit V va gemofil infektsiyasiga karshi, ya’ni pentavalent vaktsina bilan 2017 yil 7 oy davomida 44110 nafar rejali bolalar, 32788 nafar chaqaloqlar virusli gepatit V ga karshi emlandi. O’tgan davr mobaynida profilaktika maqsadida 3681 ta belgilangan xududlarda zararsizlantirish ishlari o’tkazildi.

Virusli gepatit A turiga karshi kurashning samarali usullardan biri emlash xisoblanadi.

Virusli gepatit A ga karshi profilaktik emlash tadbirlari xozirda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining “Milliy emlash kalendari”ga kiritilmagan,  shu sababli bolalarni virusli gepatit A turiga qarshi emlash epidemiologik ko’rsatmaga asosan ota-onalar, korxona, tashkilotlarning xomiyligi xisobidan amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Hozirgi kungacha  viloyatimizda 35 mingdan ortiq emlanganlar o’rtasida virusli gepatit kasalligi, og’ir reaktsiya va asoratlar qayd etilmadi.   

 Aholi o’rtasida, ayniqsa uyushgan bolalar o’rtasida virusli gepatit A kasalligini oldini olish maqsadida viloyat sog’liqni saqlash, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari va viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi o’rtasida “Bolalar o’rtasida  virusli gepatit kasalligining A turiga qarshi emlash va oldini olish” to’g’risida qo’shma buyruq ishlab chiqilgan. Unga ko’ra, viloyatimizda 2014 yilning iyun oyidan 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalar o’rtasida virusli gepatit A turiga qarshi emlash tadbirlari boshlangan.

Virusli gepatitlarni oldini olish bo’yicha 1500 ta eslatma, 400 ta bukletlar tarqatilgan. Bundan tashqari tibbiyot xodimlari tomonidan 32 ta ma’ruza, 2000 dan ortiq suhbatlar o’tkazilgan.

Virusli gepatitni yuqtirmaslik uchun birinchi navbatda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish lozim. Har bir uy va hovlini ozoda tutish, axlat va chiqindilarni o’z vaqtida chiqarib tashlash, hojatxonalarni dezinfektsiya qilib turish, pashshani barcha vositalar bilan qirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanishdan saqlash shart. Zero, har kim o’z sog’ligining kurashchisidir.