Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VODIY JURNALISTLARI MALAKASI OShIRILDI

×

 2017-09-21 09:22:25    73

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’ona haqiqati” gazetasi majlislar zalida Xitoyning “Huawei” kompaniyasining  mamlakatimizdagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida  Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari jurnalistlari  uchun  seminar-trening  tashkil etildi. 

Korxona matbuot kotibi Davron Azizov axborot kommunikatsiya tizimida olib borilayotgan yangiliklar, aholiga taqdim etilayotgan texnologiyalarning sifati va taklifi, korxona innovatsion loyihalari  va tadqiqotlari haqida atroflicha tushuncha berdi.

 Ta’kidlanganidek, kompaniya iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda.  Yoshlar  o’rtasida “Elektron ta’lim”, “Smart Class”  loyihalari o’quvchilarning yangicha yondoshuvda bilim olishlari, kompyuter bilan ishlash tizimini puxta o’zlashtirish,  ta’lim  samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. “Kelajak nihollari” loyihasi doirasida oliy o’quv yurtidagi  dastur yaratayotgan, texnologiyalar sohasida yangiliklarga qo’l urayotgan eng iqtidorli talabalar kompaniya stipendiyalari bilan taqdirlanmoqdalar.

 Kompaniya   O’zbekistonda salkam 20 yildan buyon  faoliyat ko’rsatib kelmoqda.   Bu vaqt davomida   poytaxtdagi barcha matbuot va bosma ommaviy axborot vositalari bilan  hamkorlikda ish olib borildi. Ular ko’magida tushuntirish-targ’ibot ishlari amalga oshirildi. Respublikaning chekka hududlari,  shahar, tumanlarda ham faoliyat ko’rsatayotgan jurnalistlar bilan  hamkorlik  asosida  aholiga  korxona yangilik va axborotlarini etkazish maqsadidamiz,  – deydi matbuot kotibi D.Azizov.

 Tadbir davomida “Maslov PR Tashkent”  agentligi  direktori Barno Nazarzoda, mutaxassis Sevil Sakaeva tomonidan PRning jurnalistikadagi ahamiyati,   tashkilot matbuot kotiblari bilan ishlash tizimi,  o’zaro hamkorlikda  sohalarda bo’layotgan o’zgarishlarni  ommaviy axborot vositalarida keng yoritish  masalalari muhokama qilindi.  Jurnalistlarning zamonaviy axborot texnologiyalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, tahririyatlarda internet tizimini rivojlantirish, saytlarda  xalqaro tillarda axborot uzatish sharoitini yaratish kerakligi ta’kidlandi. Shu bilan birga  ayrim jurnalistlar tomonidan  mavzuga ijodkorona yondoshmay faqatgina press-reliz  bilan cheklanib qolinayotgani ko’chirmakashlik oqibatlari,  mavzular bir xilligi jiddiy tanqid qilindi.

Trening so’ngida  kompaniya tomonidan “Telekommunikatsiya va mobil texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi material” tanlovi e’lon qilindi.

Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.