Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KITOBSEVAR BOLALARNING YORUG’ IQBOLI

×

 2017-09-21 09:31:35    118

PDF yuklash
Chop etish


“Bolalar kitobi”  III respublika festivalining viloyatimizdagi tadbirlari yosh avlod o’rtasidagi kitobxonlik muhitini yanada mustahkamladi

Bugun mamlakatimiz bo’ylab keng targ’ib etilayotgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini bolalar dunyosiga olib kirish va tom ma’noda kitobsevar avlodni shakllantirish orqali millat egalarining nurli istiqbolini ta’minlash behad xayrlidir.

Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat madaniyat va istirohat bog’ida  “Sog’lom va ma’naviy etuk avlod –yurt kelajagi!” shiori ostida  o’tkazilgan “Bolalar kitobi” III respublika festivali ham ana shunday ezgu maqsadlarni ko’zda tutdi.

Viloyat hokimligi, Matbuot va axborot boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limlari, xalq ta’limi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, viloyat axborot-kutubxona markazi, “Farg’ona kitob olami” MChJ va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda minglab o’g’il-qizlar jam bo’lishdi.

Maydonchalar bo’ylab bolalar nashrlari, so’nggi yillarda chop etilgan eng sara kitoblar taqdimoti va ko’rgazmasi  namoyish etilib, ularning arzonlashtirilgan savdosi  yo’lga qo’yildi.

Eng yaxshi badiiy kitob namunalari yuzlab  yosh kitobxonlarga  bepul tarqatildi. Joylarda “Eng yaxshi sovg’a – kitob”, “Mening chin do’stim”,  “Sakkizinchi mo’jiza” nomli intellektual o’yin va viktorinalar, “Jajji kitobxon”, “Eng kitobxon o’quvchi”, “Eng ko’p xorijiy tildagi kitoblar o’quvchisi”, “Eng faol bolalar kutubxonachisi”, “Eng ko’p kitob sotib olgan ota-ona” nominatsiyalari bo’yicha tanlovlar  tashkil etilib, g’oliblar va faol ishtirokchilar taqdirlanishdi.

-Sakkiz yoshimda buvijonim “Oltin beshik” nomli o’zbek xalq ertaklari to’plamini sovg’a qilganlar. O’shandan beri har bir bayram va tug’ilgan kunimda yangi kitob kutaman, ertak va hikoyalar, bolalar she’riyatini qiziqib o’qiyman, -deydi Farg’ona shahridagi 4-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi Anvarbek Subhiddinov. –Bugungi festivalda ham faol ishtirok etib, sevimli bolalar adibi Xudoyberdi To’xtaboevning sara asarlari egasi bo’ldim.

Istirohat bog’ining amfiteatrida viloyatimizning yosh iqtidorli ijrochilari, bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari ishtirokidagi musiqiy-madaniy dastur namoyish etildi. Hududlardan taklif etilgan bir guruh jajji kitobxonlar, shuningdek, o’qish va o’rganishga ishtiyoqmand, biroq imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga o’zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasi hamda zamonaviy o’quv qurollari festival sovg’asi sifatida taqdim etildi.

-Festivalga Quvasoy shahridan keldim, -deydi 14 yoshli Madinaxon Abdujalilova. – Bu erda tashkil etilgan yangi-yangi kitoblar ko’rgazmasi, ijodiy suhbatlarda qatnashib, qo’lida kitob tutgan tengdoshlarimning mamnun qiyofasini ko’rib,  zavqlandim va kitobxonlik bizni yorqin kelajakka etaklovchi kuch ekanligiga yanada ishonch hosil qildim.

Tadbirda kitobning yosh avlod ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlar, xususan, bolalarning sog’lom va ma’naviy barkamol bo’lib kamolga etishining asosiy omili ekanligi e’tirof etilib, Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi hamda joriy yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qarori farzandlarimizni bolalikdan bu bebaho boylikka oshno etish, oila va ta’lim muassasalarida kitobxonlikka chorlovning yangi va samarali an’analarini joriy etishga katta amaliy asos bo’lishi ta’kidlandi.

Festival doirasidagi barcha tadbirlar o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda kitobning o’rni va ahamiyatini kengaytirish, yurtimizda bolalar uchun mo’ljallangan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-badiiy jihatdan etuk asarlar salmog’ini oshirish, bolalar  adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlar faoliyatini qo’llab-quvvatlashga doir salmoqli ishlarning targ’iboti bo’lib xizmat qildi.  Shu kuni jajji yuraklarga kitob deb atalmish ma’naviyat quyoshining zarrin nurlari olib kirildi, festivalda o’z kitobxonini topgan durdona asarlar kitobsevar bolalarning yorug’ istiqboliga yo’l ochishiga ishonch bildirildi.