Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DON EKILGAN MAYDONLARNI SIFATLI SUG’ORAYLIK

 2017-10-05 09:49:58    90

PDF yuklash
Chop etish


Urug’ ekilgandan so’ng erning nishabligiga, tuproqning holatiga qarab, 50-60 m.masofada o’qariqlar olinib, dalani sug’orishga tayyorlanadi.

Don ekilgan maydonlar zudlik bilan sug’orilishi shart, chunki o’z vaqtida sug’orilmasa donga turli hasharotlar va parrandalar tomonidan talofat etkazilishi natijasida ko’chatlar siyrak unib chiqadi. G’allani sug’orishda har 10-15 lG’s. suvga 1 tadan tajribali suvchilar biriktirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi va suvdan samarali foydalaniladi.

Urug’ ekilgandan keyin bir tekisda undirib olish maqsadida gektariga 700-800 m.kub me’yorida sug’orish; birinchi suvdan keyin 8-10 kun o’tgach, urug’ to’liq unib chiqmasa, takroriy sug’orish tashkil qilinadi. O’zbekiston, Rishton, Oltiariq, Farg’ona, Quva tumanlarining nishabligi yuqori, erroziyaga moyil dasht hududlaridagi erlarda sug’orish uchun uzunligi 40-50 metr o’qariqlar olinib, suv kichik, 500-600 kub.metr me’yorlarda oqiziladi.

Egatlar uzunligini qisqartirish yo’li bilan paykallar bir tekis namlanishiga va suvni tejashga erishish mumkin, g’allaga suv emas, balki nam kerakligi dehqonlarning eslarida bo’lishi lozim. Shuni inobatga olib, suvni yaxshi o’tkazadigan o’tloq va engil qumoq tuproqlarda g’o’za qator oralari 60 santimetr bo’lgan maydonlarda egatlar uzunligi 60-70 metrdan, suvni sust shimadigan, og’ir tuproqli erlarda esa 70-90, qator oralari 90 santimetr bo’lgan maydonlarda esa tegishli ravishda 80-90 va 90-100 metrdan oshmasligi lozim. Qiyali, irrigatsiya erroziyasi ro’y beradigan hududlarda egatlar uzunligi 50-60 metrdan oshmasligi kerak.

Sug’orish “sharbat” usulida amalga oshiriladi. Buning uchun don ekilishi bilan maydonning suv kirish joylariga har 4-5 gektar g’alla maydoni uchun bittadan 5x3x1,5 hajmlarda “chuqurlar” kavlanib, go’ng bilan to’ldiriladi. Chirigan go’ng har bir sug’orishda gektariga 3-4 tonnadan miqdorda oqiziladi. “Sharbat” usuli qo’llanilganda chirigan go’ng g’allaning makro va mikroelementlarga bo’lgan talabini qondirishi bilan birgalikda mulcha vazifasini bajaradi, suvning bug’lanishini kamaytiradi, uning tuproqqa singishini yaxshilaydi.

Markaziy Farg’ona, Qolgandaryo massivlarining erlari sho’rlangan maydonlarini qish chillasida chilla suvi bilan qondirib sug’orish bunday maydonlarning sho’rlanish darajasini pasayishiga, sho’r yuvilishiga xizmat qiladi.