Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


USTOZ “ShUHRAT”I

×

 2017-10-05 09:51:04    89

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi Farmoniga asosan Farg’ona shahridagi 40-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Igor Yan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Igor Yan olijanob vazifani o’z zimmasiga olgan, yosh avlodga ilmu fan va hayot sirlarini o’rgatishdek mas’uliyatli ishni ado etib kelayotgan ustozlardan. O’quvchilarning o’zaro hurmat va hamjihatlikda ta’lim tarbiya olishlarida bu muallimning hissasi katta.

Har bir ustoz yosh avlodga  ta’lim berar ekan,   o’quvchi timsolida kelajak kishisini shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi. Ana shu maqsad yo’lida izlanishdan, imkoniyatlar qidirishdan charchamaydi. O’quvchilarga bilim berishdan, izlanishdan tinmaydigan ushbu xalq ta’limi xodimining mehnatlari e’tiborsiz qolmadi, albatta. Samarali mehnatlari tufayli ustoz 2015 yili “Yilning eng yaxshi o’qituvchisi” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi g’olibi bo’lib, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

– Albatta, o’quvchi qalbiga yo’l topa olish, uni ilm olishga, fanga bo’lgan qiziqishini uyg’ota bilish ustoz, murabbiydan yoniq qalbni, kasbiga bo’lgan sadoqatni, sabr va matonatni talab etadi, – deydi uning hamkasblaridan biri Evgeniy Kim. – Hamkasbim dars davomida har bir o’quvchini rag’batlantirib, fanga bo’lgan qiziqishini oshirishga intiladi. Bu yo’lda esa qator metodik usullarni kashf qiladi.

– Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi va murabbiylarga bog’liq. Shu sababli mamlakatimizda o’kituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda, – deydi “Shuhrat” medali sohibi Igor Yan.