Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ELDA E’ZOZ TOPGAN USTOZ

×

 2017-10-05 09:52:18    94

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning 2017 yil 27 sentyabrdagi “O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida Toshloq tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o’qituvchisi Ikromjon Marahimov ham bor. Ustoz muallim «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

I. Marahimov fizika fani bo’yicha viloyatimizda ko’zga ko’ringan mutaxassislardan. Muallim yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarga chuqur bilim berib kelmoqda. Aniq fanlarga ixtisoslashgan mazkur ta’lim maskanida fizika fanini o’qitishda o’ziga xos maktab yaratilgan. Bunda albatta ustozning xizmati beqiyos. Mana, 35 yildirki, I. Marahimov doimo izlanishda.

Ustoz  tomonidan 50 dan ziyod o’quv-metodik qo’llanmalar va elektron dars ishlanmalari, yuzdan ortiq ko’rgazmali vositalar ishlab chiqilgan. 2013-2016 yillarda uning «Fizika darslarida masalalar echishda geometriya qoidalaridan foydalanish», «Fizika darslarida ko’rgazma vositalari sifatida mahalliy materiallardan foydalanish» kabi mavzularidagi uslubiy qo’llanmalari viloyat miqyosida ommalashtirilgan.

I. Marahimovning o’quvchilari fizika fanidan har yili bilimlar bellashuvi va fanlar olimpidasida viloyatda faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda. E’tiborli jihati, bugungi kunda u o’qitgan o’quvchilar orasida 25 nafari fizika fani o’qituvchisi kasbini tanlab, ta’lim maskanlarida mehnat qilmoqda. Ustoz 2006 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

...Ikromjon Marahimovning «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangani haqidagi xushxabar bir zumda butun viloyatga yoyildi. Muallimning Zarkent qishlog’idagi mo’’jazgina hovlisi farzandlari, hamkasblari, sobiq o’quvchilari, shogirdlari, qo’ni-qo’shni, mahalla-kuy, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar bilan to’ldi. Pedagog mehnatining bunday yuksak sharaflangani har bir mehmonning ko’nglini tog’dek ko’tardi. Ta’limga e’tibor – millat kelajagiga e’tibor ekanini barcha yakdillik bilan ta’kidladi.

Ha, bu yuksak faxriy unvon Ikromjon Marahimov yaratgan va o’z mehnati bilan parvarishlab kelayotgan saxovatli bog’ning totli mevasidir.