Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KO’RKAM UYLAR QULAY IMKONIYATLARI BILAN

×

 2017-10-05 09:53:30    101

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida jismonan sog’lom, ma’nan etuk, mustaqil fikrlaydigan va intellektual salohiyatli avlodni voyaga etkazishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

 

2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilayotir.  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida esa viloyatimizdagi ko’plab yosh oilalar ham yangi xonadonlarga ega bo’lishmoqda.

         Yaqinda Farg’ona shahrining “Yangi yo’l” mahalla fuqarolar yig’inida barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va milliy me’morchilik an’analarini o’zida uyg’unlashtirgan, ko’rkam yoshlar uyi foydalanishga topshirildi.

“Farg’ona taraqqiyot  qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 5 milliard so’m mablag’ evaziga qurib bitkazilgan, 2 va 3 xonadan iborat 48 ta xonadonda ayni vaqtda iste’dodli, turli yo’nalishlardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga ibrat bo’layotgan yosh oila vakillari istiqomat qilayotir.

– Shinam uylarning imtiyozli shartlar asosida taqdim etilayotgani yoshlarni qo’llab-quvvatlash va oila mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ezgu maqsadlarga xizmat qiladi, – deydi “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni sohibasi, yosh shoira Go’zal Ohunova – Xonadonimiz mustaqilligimizning 26 yillik bayrami kunlarida topshirilgani bir umr yodimizda qoladi. Bir xonadonda sport ustasi, yana birida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari, umuman havasga loyiq bu uylarda iqtidorli, bilimdon oila vakillarining istiqomat qilayotgani yurtimizda yoshlarning izlanish va tashabbuslari yana bir karra taqdirlanganidan dalolat beradi.

Ana shunday samimiy fikrlarni yangi xonadon egalaridan bo’lgan, sportning muay-tay turi bo’yicha xalqaro musobaqalar g’olibi Iqboljon Asqarov, ona tili va adabiyot fanidan respublika fan olimpiadasida faxrli o’rinni qo’lga kiritgan In’omjon Nishonovlar ham ta’kidlashdi.

– Yangi xonadonga ko’chib o’tganimizda qizalog’im dunyoga kelgan edi, – deydi In’omjon Nishonov. – Prezidentimizga rahmat, bu yuksak g’amxo’rlik o’zimizga bo’lgan ishonchimizni yanada oshirdi. Kelajakda ham bor bilim va iste’dodimni Vatanimiz taraqqiyotiga bag’ishlayman.

Yangi uylar mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan iqtidorli, tashabbuskor yosh oilalarga tijorat banklarining ipoteka krediti asosida yigirma yil muddatga, boshlang’ich to’lovlarsiz taqdim etilayotgani diqqatga sazovordir. Xonalar keng va yorug’, shinam, eng muhimi, sifatli barpo etilayotgani navqiron avlod vakillarini kelajakda yanada katta g’oyalarga, muvaffiyatlarga ruhlantiradi.